- Shaxs VA O’ZARO TA’SIR MUAMMOSI
- Ijtimoiy psixologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Reja: - Shaxs va u haqida
- Shaxs va o’zaro ta’sir muammolari
Odam ongli, aqlli mavjudot sifatidagi jihatlarini namoyon qila boshlaydiki, bu jihatlar faqatgina tabiatning odamzot deb atalmish qismining vakili bo‘lgan insongagina xosdir. Har bir alohida odam – bu individ. U ayol yoki erkak, yosh yoki qari, baland yoki past bo‘yli, oriq yoki semiz deb tavsiflanadigan umumiy xususiyatlarga, ovqat, suv, boshpana, kiyim kabi umumiy ehtiyojlarga, ota-onaga, o‘z uyiga bog‘liqlik, sog‘inch, muhabbat kabi tuyg‘ularda namoyon bo‘ladigan his hayajonga ega. Shaxs ham, albatta odam, inson, individ. Lekin unda tabiiy xususiyatlar, ehtiyojlar, his-hayajon, tuyg‘ulardan tashqari bir qadar ahamiyatliroq bo‘lgan jihatlar mavjud. Shaxs uchun qator qadriyatlar muhim. - Bu qadriyatlarga misol qilib o‘z uyi – oilasi, mamlakati – vatani, mahallasi – qo‘ni-qo‘shnilari, o‘quv dargohi – sinfdoshlari yoki kursdoshlari, ishxonasi – hamkasblari kabilarni keltirish mumkin.
Shaxsga yashash prinsiplari, atrofdagilar bilan munosabat qonun qoidalari, o‘zi yashayotgan, faoliyat yuritayotgan muhitda obro‘-e’tiborga, nufuzga ega bo‘lish istagi kabilar xosdir. Shaxs o‘z his-hayajon va ehtiyojlarini jilovlay oladi. Unda ong va iroda kuchli. Shaxs o‘z ichki dunyosini biladi, tushunadi va ma’lum tizimga sola oladi. Shaxs faqat o‘z-o‘zi bilan ovora emas. U atrofdagilar, hayot, mahalla, mamlakat, vatan haqida doimo o‘ylaydi, qayg‘uradi, g‘amxo‘rlik qiladi. Biz Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ajdodlarimizni tilga olganimizda ularni buyuk shaxslar deb ulug‘lashimiz ham shaxs tushunchasining naqadar salobatli ekanligini bildiradi. Shaxs sifatida shakllangan kishi yetarli darajadagi aql-idrok, bilim, zakovat, kuch-quvvat, tajriba, kasbiy mahorat, ilmiy salohiyat, jismoniy va ma’naviy salomatlikka, ya’ni inson kapitali deb atalmish boylikka ega bo‘lishi lozim. - Birinchidan, ijtimoiy muhitdagi turli xodisalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilibg unda chuqur iz qoldiradi. Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muhit ta’sirining chuqurroq va mustahkamroq bo‘lishiga odamning o‘zi yordam beradi. Ma’lumki, bolalar o‘z tabiatlariga ko‘ra, ilk yoshlik chog‘laridan boshlab nihoyat darajada taqlidchan bo‘ladilar. Bolalar katta odamlarning barcha xatti-harakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu xatti-harakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni o‘zlariga singdirib boradilar. Shuning uchun bolalar oilada, ko‘cha - kuyda katta odamlarning har bir harakatlarini, o‘zaro munosabatlarini zimdan kuzatib turadilar.
- Shaxs va uning psixologiyasiga ta’sir etuvchi ikkinchi omil -ta’lim - tarbiyaning ta’siridir. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya inson ongini shakllantiradi, uni dunyoqarashi, e’tiqodi, hayotta bo‘lgan munosabatini tarkib toptiradi. Agar bolalarning ruhiy taraqqiyotlari va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi faqat tashqi ijtimoiy muhit bilan ta’lim tarbiyaning o‘zigagina bog‘liq bulganda edi, unday paytda biz bir xilda sun’iy va aynan bir xil ta’lim tarbiya sistemasini tashkil qilib, har tomondan bab -baravar tarakqiy etgan va deyarli bir xil shaxsiy xususiyatlarga ega kishilarni yetishtirib chiqarar edik. Baholanki, bunday bo‘lishi mumkin emas. Shuni aytib o‘tish kerakki, bola shaxsining tarkib topishiga ta’lim-tarbiyaning ta’siri deganda albatta birinchi navbatda tarbiya muassasalarida, ya’ni bogcha, maktab, internat, litsey va kollejlarda beriladigan ta’lim tarbiya tushuniladi
- Yuqorida aytib o‘tilgan ikkita omildan tashqari uchinchi omil ham mavjud - bu nasliy xususiyatlardir. Odamga nimalar nasliy beriladi? Odamga nasliy yo‘l bilan ayrim anotomik va biologik xususiyatlari beriladi. Masalan, tana tuzilishi, sochi va ko‘zlarini rangi, ovozi, gapirish uslublari, ayrim harkatlari tugma berilishi mumkin. Lekin shunr! hech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, odamga hech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari bilan bogliq bo‘lgan sifatlari nasliy yo‘l bilan, ya’ni tugma ravishda berilmaydi. Nihoyatda nodir hollarda ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqa, matematik qobiliyatlariga nasliy yo‘l bilan berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |