2. Хavf samaradorligi asoslangan innovatsion loyiha misol


Investitsion bitimlarni tuzish


Download 33.77 Kb.
bet4/4
Sana04.05.2023
Hajmi33.77 Kb.
#1424751
1   2   3   4

5. Investitsion bitimlarni tuzish


Investitsiyalar obekti tanlab bo‘lingach, investor va tadbirkorlar o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olishga qaratilgan investitsion bitimlarning asosiy qoidalarini belgilash borasidagi ularning birgalikdagi ishi boshlanadi. Tomonlardan birining kompaniyaning bozordagi istiqbollari o‘zgarishi holatidagi opportunistik xulqi uning daromadlarini taqsimlashda tomonlarning kelisha olmasligi, minoritar aktsionerlarning vujudga kelish ehtimoli kabilar nizolarning asosiy manbai hisoblanadi.
Mazkur nizolarni minimallashtirish uchun tuzilayotgan bitimlarda bo‘lg‘usi daromad shunday taqsimlanishi kerakki, bu bir tomondan investorlar o‘zlari talab qilayotgan daromadga ega bo‘lishlarini, boshqa bir tomondan esa tadbirkorni kompaniya daromadini oshirishga eng yuqori darajada motivatsiyalash va shu
bilan birgalikda kompaniyaga shunchaki investitsiyalar emas, balki keragidan ham ko‘proq ulush qo‘shishga manfaatdor bo‘lgan investorga aylantirishi lozim.
Shunday qilib, investitsiya bitimining tuzilishi bu yangi kompaniyalarga sarmoya kiritadigan turli tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilovchi va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish tizimi hisoblanadi. Bunda ishtirokchilarning (venchur investorlar, biznes asoschilari, menedjerlarning boshqaruv jamoasi, biznes-farishtalar) har birining manfaatlari va maqsadlari turlicha bo‘lishi mumkin.
Boshlang‘ich hujjatlarda tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazishning asosiy obbyekti bo‘lgan investitsion bitimning barcha shartlari aks ettiriladi. Investitsion bitimlar tuzishda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi:

  • asosiy xodimlarning ishlash tartibi;

  • dividendlarni to‘lash siyosati, dividendlar to‘lash bo‘yicha cheklashlar;

  • tugatish borasidagi imtiyozlar;

  • menejerlarning hatti-harakatlari va aktsiyalarni sotish borasidagi cheklashlar;

  • investitsiyalardan chiqishning asosiy yo‘llari;

  • ma’lumotga egalik qilish huquqi;

  • bitimni amalga oshrish shartlari va xarajatlari.

Har qanday investitsiyaviy bitim uchun birdek muhim bo‘lgan hujjatlarning to‘liq ro‘yxatini tuzish mumkin emas. Yuridik shaxs faoliyat ko‘rsatuvchi va pul mablag‘lari investitsiyalanuvchi huquqiy makon ushbu ishda eng muhim omil hisoblanadi. Shunga ko‘ra, muayyan hududning qonunchiligi ko‘p jihatdan investitsiya hujjatlari tuzilishi borasidagi cheklovlarni belgilab beradi.
Bitimlarni tuzishda foydalaniladigan asosiy vositalar quyidagilardan iborat:

    • kompaniyaning investitsiyadan oldingi va investitsiyalashdan keyingi qiymatini aniqlash usullari;

  • kompaniyaning o‘z kapitalidagi aktsiyalarning turli tiplari va ko‘rinishlari;

  • optsionlar;

• qarz vositalari;

  • kapitalni tarqoqlanishdan himoya qilish usullari.

Kompaniyaning investitsiyalashgacha bo‘lgan qiymati-“qiymatni birlamchi baholash” bu bevosita venchurli investitsiya kiritilishidan oldin aniqlanuvchi va mavjud mulk egalari va yangi investorlar o‘rtasida o‘zaro kelishiluvchi kompaniya qiymatidir. Ya’ni, bu kapitalning yangi qismini investitsiyalashdan oldingi kompaniya aktsionerlik kapitalining qiymati hisoblanadi. Kompaniyaning investitsiyalashacha bo‘lgan va investitsiyalashdan keyingi qiymati o‘rtasidagi farq investitsiyalarga teng bo‘ladi. Kompaniyaning dastlabki qiymati baholanayotgan kompaniyaning qimmatli qog‘ozlariga investitsiyalar kiritishning maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi, ya’ni u investor uchun jozibadorlik nuqtai nazaridan hisoblab chiqiladi. Investorda kompaniya to‘g‘risida ijobiy qarashlar paydo qilish katta foyda keltiradi, shuning uchun ham menejerlar kompaniya qiymatini oshirishga harakat qiladilar..
Kompaniya qiymatini dastlabki baholash quyidagilarga bog‘liq:

  • tarmoq va kompaniyaning umumiy xususiyatlari (uning hajmi, ishlab chiqarayotgan mahsuloti), hamkorlari, raqobatchilari va mijozlari;

    • moliyaviy barqarorlik, likvidlik va rentabellik koeffitsientlari hisoblash, tezkor tahlilni amalga oshirish kabi vositalar yordamida o‘rganiluvchi kompaniyaning moliyaviy holati to‘g‘risidagi hujjatlar to‘plami (ustav, ta’sis hujjatlari, buxgalteriya balansi, foyda va zarar to‘g‘risidagi hisobot va boshqalar).

Dastlabki qiymatni hisoblash bitimlarning tarkibini aniqlashtirish, ya’ni jalb qilinayotgan mablag‘lar miqdorini, chiqarilayotgan aktsiyalar narxi va ularning sonini bilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jalb qilinayotgan mablag‘lar miqdori asosli bo‘lishi va kompaniya ehtiyojlariga javob berishini lozimligini inobatga olsak, investitsiyalarning miqdori ham kompaniyaning dastlabki qiymatiga mutanosib bo‘lishi kerak.
Kompaniyaning “investitsiya kiritilgandan keyingi qiymati”- investitsiyalangan mablag‘larni hisobga olgan holda moliyalashtirishning navbatdagi bosqichidan so‘ng darhol amalga oshirilgan baholash natijasidagi kompaniya qiymatidir.
Ya’ni, sarmoya kiritilgandan so‘ng kompaniyaning ustav kapitalining qiymati. Kompaniyaning sarmoyalashdan keyingi qiymati sarmoyadorlar uchun muhimdir, chunki u bozorning mazkur biznesni yaxlit tarzda qanday baholashini ko‘rsatib beradi. Shu tariqa, kompaniyaning dastlabki va investitsiyalashdan keyingi qiymatlari quyidagilarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi:

  • venchurli moliyalashtirish yo‘li bilan jalb qilingan mablag‘lar miqdori;

  • investitsiyalardan chiqish;

  • har bir aktsiyaning narxini aniqlash,

  • investorning mulkiy ulushi.

Venchurli moliyalashtirishda qimmatli qog‘ozlarning turli sinflarini yaratish orqali aktsionerlik kompaniyasi kapitali tuzilmasini shakllantirishda uchta samarali yondashuv mavjud: qimmatli qog‘ozlarning turli toifalarini yaratish. Birinchi eng oddiy yondashuvga ko‘ra, kapital tuzilmasini shakllantirishda investorlarning barcha toifalari uchun bir bo‘lgan oddiy aktsiyalardan foydalaniladi.
Professional venchurli investorlar orasida bugungi kunda eng keng tarqalgan ikkinchi yondashuvga ko‘ra, kompaniyaning kapitali tuzilmasini shakllantirishda institutsional va venchur investorlar uchun konvertatsiya qilinadigan imtiyozli aktsiyalardan foydalaniladi, kompaniya asoschilari va venchurli investitsiyalashgacha bo‘lgan paytdagi investorlar uchun oddiy aktsiyalardan foydalaniladi. Uchinchi yangicha yondashuvga ko‘ra, venchur investorlar oddiy aktsiyalar va konvertatsiya qilinmaydigan aktsiyalardan tashkil topgan o‘ziga xos “to‘plam”dan foydalanadilar.
Garchi venchur kapitali o‘z tabiatiga ko‘ra investitsion va aktsionerlik kapitali bo‘lsa-da, mazkur kapitalning bir qismi uzoq muddatli garovsiz kredit ko‘rinishida ham taqdim etilishi mumkin. Bunday yondashuv investorlarga
imtiyozli aktsiyalar berishdan uncha ham farq qilmaydi va bir qator holatlarda (masalan, kapitalning tarqoqlanishi xavfining yuzaga kelishi sharoitida soliqni optimallashtirish) ikkala tomon uchun ham manfaatli hisoblanadi. Odatda barcha investitsiyalar ham qarz shaklida taqdim etilavermaydi, faqat ularning ma’lum bir qismigina qarz shaklida taqdim etilishi mumkin xolos. Ko‘pincha bunday qarz konvertatsiya qilinishi va kompaniyaning aktsiyalariga aylantirilishi mumkin. Bu investorning kompaniyadagi “haqiqiy” ulushi u kompaniyaga taqdim etgan kreditidan (foizlarini hisobga olgan holda) sezilarli darajada ortiq bo‘lganda yuz beradi.Kompaniya muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda, sarmoyadorlar “investitsiya” yondashuviga rioya qilganliklari sababli, kredit va foizlar ko‘p hollarda hisobdan chiqariladi va talab qilinmaydi.
Download 33.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling