2. Хavf samaradorligi asoslangan innovatsion loyiha misol


Venchur fondlarining tashkil etilishi. Innovatsion


Download 33.77 Kb.
bet3/4
Sana04.05.2023
Hajmi33.77 Kb.
#1424751
1   2   3   4

Venchur fondlarining tashkil etilishi. Innovatsion


Jahon amaliyotida innovatsion loyihalarni va korxonalarni moliyalashtirish usuli, o‘z xususiyatlariga va infratuzilmasiga ega bo‘lgan venchur kapitali bozori yaratilgan. Aynan venchur kapitali g‘arb mamlakatlarida innovatsion loyihalarni investitsiyalash jarayonidagi, ichki manbalar chegaralangan vaziyatda va boshqa tashqi manbalar qo‘llash imkoniyati yo‘qligida, ilmiy yangiliklarni moliyaviy negizi bo‘lib xizmat qildi. Venchur kapitali yoki venchurli moliyalashtirish atamalari inglizcha “venture” so‘zidan olingan bo‘lib “yuqori riskli yangi korxona, faoliyat turi” ma’nosini anglatadi (4). Venchurli korxona deb kichik 3-5ta yuqori malakali mutaxassislardan (olimlar, kashfiyotchilar va menedjerlardan) iborat ilmiy-izlanish korxonasi tushuniladi. Venchurli investor sifatida ushbu kichik venchur korxonasini aktsiyadorlik kapitaliga (aktsiyalarni sotib olish yo‘li bilan yoki investitsion kredit berish orqali) o‘z investitsiyalarini uzoq muddatga, kelajakda yuqori daromad olish maqsadida kiritadigan investorlar tushuniladi. Ular maxsus venchur fondlari, yirik korporatsiyalar, banklar yoki o‘z jamg‘armalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar ham bo‘lishi mumkin. Venchur loyihalari asosan yuqori texnologik tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib (kompyuter texnologiyalari, telekommunikatsiya va aloqa sohalari, bio- va nanotexnologiyalar, energetika, farmatsevtika va boshqa tarmoqlar) yangi texnologiyalarni, innovatsion loyihalarni joriy etish faoliyati sifatida ham talqin etiladi. Mamlakatimiz iqtisodchi-olimlari venchurli moliyalashtirishga quyidagi ta’rif berib o‘tgan «Venchurli moliyalashtirish – bu moliyalashtirishning shunday turiki, bunda venchur kapitali egalari va kompaniya egalari yuqori riskli (xatarli) va yuqori daromadli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha xamkorlik qiladilar. Bu xolatda loyihaning xatari tashqi xolat (boshqaruvning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, bozor infratuzilmasining rivojlanmaganligi kabilar) bilan emas, balki yangi texnologiyaning rejalashtirilayotgan maxsulotni ishlab chiqara olish qobiliyati va bozorda bu mahsulotni tan olinishi bilan bog‘lik bo‘ladi”23. Shunday qilib, venchurli moliyalashtirish aktsiyalarga egalik qilish shaklida yoki investitsion kredit berish orqali innovatsion loyihani investitsiyalab, ma’lum korxonani moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda, boshqa manbalardan foydalanish mumkin bo‘lmagan sharoitda innovatsiyalarga xayotiylik baxsh etadigan moliyalashtirish usulidir. Venchurli investor o‘z mablag‘larini fond birjasida aktsiyalari erkin savdoda bo‘lgan korxonalarga emas, balki barcha aktsiyalar ma’lum yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida taqsimlangan korxonalarga kiritishni afzal ko‘radi. Mablag‘ beg‘araz va foizsiz beriladi, undan tashqari bank kreditlari kabi ta’minot talab qilinmaydi (ta’minot sifatida venchur investorning qo‘lida faqat sotib olingan aktsiyalar bo‘ladi). Berilgan mablag‘lar shartnoma muddati tugaguncha venchur firmasidan qaytarib olinmaydi. Loyiha muvaffaqiyatli bo‘lgan holda kompaniya yuqori daromad oladi va uni aktsionerlar va investorlar o‘rtasida bo‘lishadi. Olinadigan daromad esa aktsiya daromadining taqsimoti kabi bo‘ladi va investorlarning ulushi 80% gacha kelishib olinadi. Investorlarning maqsadi korxona boshqaruvini egallash emas, shuning uchun aktsiyalarni aksariyat qismi kichik korxona rahbariyatida qoladi, venchurli investor esa ushbu innovatsiyalarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish jarayonida faol qatnashadi va ta’sischi sifatida foydadan ulushini oladi. Keyinchalik, investitsiya loyihasi amalga oshirilgach, investor o‘ziga tegishli aktsiyalarni fond birjasida yoki korxona raxbariyatiga olgan narxidan yuqorirok narxga sotadi (chunki korxonaning umumiy qiymati ushbu davrga qadar oshgan bo‘ladi) va shu tariqa «o‘yindan» chiqadi. Venchur moliyalashtirishning asosiy afzalligi o‘rtacha daromadlilik darajasining yuqoriligi bo‘lib, mamlakat iqtisodiyoti bo‘yicha ko‘riladigan daromaddan 2-3 barobar ko‘p miqdorni tashkil etadi. Masalan, AQSh iqtisodiyoti bo‘yicha 20 asrning oxirgi o‘n yilligida o‘rtacha daromad darajasi 8% bo‘lsa, venchur kompaniyalarining daromadlilik darajasi o‘rtacha 20%ni tashkil etgan.
Shunday qilib, investitsiya loyihalarini venchur kapitali hisobiga moliyalashtirishning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
-Investitsiya loyihasini dastlabki bosqichidan boshlab noaniqlik va risk darajasini yuqoriligi;
-Venchur kapitali egalari foiz va ta’minot shartlarini qo‘ymaydilar va uzoq muddatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aktsiyadorlik kapitaliga investitsiyalar kiritadilar;
Investitsiyalar yuqori ilmiy-texnologik loyihalarga kiritilishi va Venchurli investorlar faqat mablag‘ ajratish bilan chegaralanib qolmaydilar, ular korxona boshqaruvida faol qatnashib, o‘z tajribalari, malakalari, biznes hamkorlari bilan yordam berib, keragicha imkoniyatlar yaratib, venchur kichik korxonasiga «ilm – ishlab chiqarish» jarayonidagi barcha sharoitlar yaratib beradi.
Umumiy qilib aytganda, investitsiya loyihalarini venchur kapital hisobiga moliyalashtirish – bu yuqori texnologik tarmoqlardagi korxonalarning oyoqga turishi, rivojlanishi va innovatsion mahsuloti bilan tanilishini ta’minlaydigan investitsiyalashni noan’anaviy yuqori riskli turi. Venchurli moliyalashtirishni qo‘llash oqibatida rivojlangan davlatlar bir qancha makroiqtisodiy yutuqlarga erishdilar, xususan:
-Investorlar risk darajasi balandligiga qaramay investitsiyalash to‘g‘risida qarorlar qabul qilishlari, iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni samarali taqsimlanishiga olib keldi;
-Yangi innovatsion korxonalar yaratilishi yuqori texnologik tarmoqlarni rivojlantirishga, mamlakatni raqobatbardoshligini oshirishga zamin yaratadi;



  • Yangi ish o‘rinlar yaratilishi, ayniqsa yuqori intellektual boylik egalari yangi innovatsion sohalarda salohiyatlarini namoyon etishga moliyaviy imkoniyatlar barpo etiladi;

  • Mamlakatda daromadni o‘rtacha darajasi o‘sishi. Chunki venchurli moliyalashtirishda u nisbatan baland bo‘ladi va boshqalar.

Zamonaviy venchur industriyasi-bu yaxshi rivojlangan va keng quloch yoygan biznesdir. Bugungi kunda dunyoda yillik aylanmasi bir necha yuz milliard dollar bo‘lgan minglab venchur fondlari faoliyat ko‘rsatadi.
Venchur industriyasi - bu serdaromad soha bo‘lib, o‘rtacha daromadlilik yiliga salkam 30 foizni tashkil etadi. Statistika va tajribaning guvohlik berishicha, innovatsiyalarni moliyalashtirishda venchur fondlarining o‘rni beqiyos bo‘lib, venchurli investitsiyalashdan innovatsion jarayonning barcha ishtirokchilari birdek navf ko‘radilar. Xususan, venchurli moliyalashtirish hisobiga innovator- tadbirkorlar o‘z ishlanmalarini moliyalashtirish imkoniga ega bo‘lsalar, investorlar investitsiya kiritilgan kompaniyalar kapitalining o‘sishi hisobiga katta foyda ko‘radilar, davlat soliq tushumlarining oshishi va yangi ish o‘rinlarining yaratilishi evaziga katta natijalarni qo‘lga kiritsa, iqtisodiyot esa umumiy holatda yangi texnologiyalarni o‘z vaqtida amaliyotga joriy etish imkoniga ega bo‘ladi.
Venchurli fond tavakkalchilikni diversifikatsiyalash maqsadida bir nechta investorlarning mablag‘larini jamlaydi. Ushbu mablag‘larni professional boshqaruv kompaniyasi boshqaradi. Boshqaruv kompaniyasi investorlar bilan retsipient-kompaniyalar o‘rtasida vositalik vazifasini bajaradi. Odatda boshqaruvchi kompaniya fondga mablag‘larni jalb etish bilan shug‘ullanadi. Venchur industriyasida boshqaruvchi kompaniyaning rahbari yoki etakchi menejeri “venchurli kapitalist”-deb, ataladi.
Venchur fondi 5-10 yil muddatga tashkil etiladi. Venchur fondi qo‘yilmalarining asosiy obbyekti- startap bosqichidagi kompaniyalardagi ulushlar hisoblanadi. Fondning maqsadi- investitsiya kiritilgan kompaniyalarning kapitallashuvini o‘stirish va shu orqali kompaniyadan “chiqishda” kompaniyadagi
ulushini sotish orqali foyda ko‘rishdan iboratdir. Kompaniyadan “chiqish” undagi uch usul orqali amalga oshadi:

  • investitsiya kiritilgan kompaniyalarning aktsiyalarini birlamchi ommaviy taklif qilish (IPO)-sotish vositasida fond bozori orqali;

  • venchurli investorning ulushini boshqa investorga (to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondlari yoki strategik investorga) sotish orqali;

  • investorning ulushini turli vosita va usullar yordamida sotib olish orqali.

Tavakkalchiliklarni taqsimlash maqsadida venchur fondlari jamlangan mablag‘larni etarlicha ko‘p sonli loyihalarga (10 tadan 30 tagacha bo‘lgan loyihalar) investitsiya qiladilar. Bu tabiiy hol, chunki loyihalarning ancha katta qismi zarar keltiruvchi yoki daromadlilik darajasi past loyihalar hisoblanadi, biroq investitsiya kiritilgan loyihalarning ma’lum bir qismi yuz foiz va hatto ming foizgacha daromad keltirishi mumkin (“3-3-3-1” qoidasi). Buxgalteriya hisobini soddalashtirish yoki mablag‘larning muayyan qismini maqbullashtirish maqsadida retsipient-kompaniyalarga venchur fondlar tomonidan berilayotgan mablag‘lar uzoq muddatli garovsiz kredit sifatida rasmiylashtiriladi. Bunday qo‘yilmalarga ikkala tomon ham investitsiya sifatida qaraydilar, loyiha barbod bo‘lgan vaziyatda kreditlar qaytarilmasligi ham mumkin. Venchur fondlarining samarali faoliyat yuritishida boshqaruvchi kompaniyaning o‘rni juda katta.
Shunday qilib, taraqqiy etgan davlatlarning venchurli moliyalashtirishni tashkil etish borasidagi tajribalarini umumlashtirgan holda, investor uchun venchurli moliyalashtirishning quyidagi avfzalliklarini keltirib o‘tishimiz mumkin:

  1. Yaxshi moliyaviy xavfsizlik yostiqchasi, katta miqdordagi investitsiyalarni kiritish imkoniyati;

  2. Investorlar va qo‘yilmalar obbyektlarini ikki tomonlama maqbul tarzda diversifikatsiyalash hisobiga tavakkalchilikni pasaytirish;

  3. Tahlilchilar, ekspertlar va loyiha menejerlaridan iborat o‘z jamoasiga ega bo‘lish;

  4. Obbyektlarni tanlash va tahlil qilish borasida qat’iy ishlab chiqilgan tartibilar;

  5. Loyihani amalga oshirish jarayonlarining qat’iy nazoratga olinganligi;

  6. Fondlar ilk muvaffaqiyatsizlikni boshidan kechirayotgan loyihalarni o‘z holicha tashlab qo‘ymaydilar, imkoniyat darajasida loyihani oxirigacha etkazishga harakat qiladilar.

Shu bilan bir qatorda, venchurli moliyalashtirish bir qator o‘ziga xos kamchiliklarga ham egaligini unutmasligimiz lozim. Bunday kamchiliklar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Boshqaruvchilarga etarlicha katta komission to‘lovlar to‘lash. Muvaffaqiyatga erishilgan chog‘da foyda ulushining kamayishi.

  2. Bir paytning o‘zida va uzoq muddatga sezilarli darajada katta summani investitsiya qilish.

  3. Loyihani amalga oshirish jarayonlarining borishiga investorlarning etarlicha ta’sir ko‘rsata olmasligi. Bu kamchilik ko‘pchilik potentsial investorlarni cho‘chitadi.

Download 33.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling