2. Hisob qismi
Download 0.71 Mb.
|
QurbonovD
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1.Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari.......................................................................................... 1.2. Zmeevikli issi q
- 4. Spetsifikatsiya.................................................................................
Kirish ................................................................................................ 1. Issiqlik almashinish qurilmalari to’g’risida adabiyotlar sharhi.............................................................................. 1.1.Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari.......................................................................................... 1.2. Zmeevikli issiqlik almashinish qurilmalari.......................................................................................... 1.3."Truba ichida truba" tipidagi issiqlik almashinish qurilmai............................................................................................... 1.4. Plastinali issiqlik almashinish qurilmasi.............................................................................................. 1.5. G’ilofli issiqlik almashinish qurilmasi.............................................................................................. 2. Hisob qismi...................................................................................... 3. Xulosa.............................................................................................. 4. Spetsifikatsiya................................................................................. 5. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati............................................. Kirish Temperaturasi yuqori bo`lgan jismdan temperaturasi past jismga issiqlikning o`z-o`zidan, qaytmas o`tish jarayoniga issiqlik almashinish deyiladi. Jarayonni harakatga keltiruvchi kuchi, bu har xil temperaturali bo`lgan jismlarning temperaturalar farqidir. Termodinamikaning 2-qonuniga binoan, issiqlik har doim temperaturasi yuqori jismdan temperaturasi past jismga o`tadi. Issiqlik (issiqlik miqdori) – bu issiqlik almashinish jarayonining energetik xarakteristikasi bo`lib, jarayon mobaynida uzatilgan yoki olingan energiya miqdori bilan belgilanadi. Issiqlik almashinish jarayonida ishtirok etuvchi jismlar issiqlik tashuvchi eltkich yoki issiqlik eltkich deb nomlanadi. Issiqlik o`tkazish – issiqlik energiyasining tarqalish jarayonlari to`g`risidagi fan. Issiqlik almashinish jarayonlariga isitish, sovitish, kondensastiyalash, bug`lanish va bug`latishlar kiradi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirish uchun mo`ljallangan qurilmalar issiqlik almashinish qurilmalari deb ataladi. Ma’lumki, issiqlik almashinish jarayonlarida kamida 2 ta turli temperaturali muhitlar ishtirok etadi. O’z issiqlik energiyasini uzatuvchi, yuqori temperaturali muhit - issiqlik eltkich deb atalsa, issiqlik energiyasini qabul qiluvchi past temperaturali muhit esa-sovuqlik eltkich deb ataladi. Issiqlik va sovuqlik eltkichlar kimyoviy bardoshli bo`lishi, qurilmalarini emirmasligi va uning devorlarida qattiq, g`ovak, quyqa hosil qilmasligi kerak. Shuning uchun, issiqlik yoki sovuqlik eltkichlarni tanlashda jarayon temperaturasi, narxi va ularni qo`llanish sohalari kabi ko`rsatgichlarga katta ahamiyat berish kerak. Temperaturasi turli bo`lgan muhitlar orasida issiqlik o`tkazish turg`un va noturg`un sharoitlarda amalga oshishi mumkin. Turg`un jarayonlarda qurilmaning temperatura maydoni vaqt o`tishi bilan o`zgarmaydi. Noturg`un jarayonlarda esa, vaqt o`tishi bilan temperatura o`zgaradi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda jarayonlar turg`un boradi, uzlukli (davriy) ishlaydigan qurilmalarda esa – jarayonlar noturg`un bo`ladi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling