2 I. Bob. Iqtisodiy о‘sish shariotida urbanizatsiya masalalar


Download 20.27 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi20.27 Kb.
#1517339
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
urbanizatsiya iq o\'s


Mundarija
Kirish................................................................................................................2
I. Bob. Iqtisodiy о‘sish shariotida urbanizatsiya masalalari..........................3
1.1. Urbanizatsiyaning mazmun, mohiyati va ahamiyati.................................3
1.2. Urbanizatsiyaning iqtisodiy o'sishga ta'siri............................................... 6
1.3. Urbanizatsiyaning ijobiy va salbiy ta'siri..................................................12
Xulosa va takliflar........................................................................................15
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati................................................................. 18

Kirish
Referat ishining dolzarbligi. Urbanizatsiya jarayoni shaharlar soni va shahar aholisining miqdori hamda ulushining o‘sishini, shaharlar bilan bog‘liq murakkab tarmoqlar va tizimlarning shakllanishi va rivojlanishini anglatadi. Demak, urbanizatsiya inson hayotida shaharlar ahamiyatining beqiyos oshishini, jamiyatda aholining mehnat qilish xususiyati, turmush tarzi va madaniyatini, ishlab chiqarishni joylashtirish bo‘yicha shaharlashishni o‘zida aks ettiruvchi tarixiy jarayondir. Urbanizatsiya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Zamonaviy urbanizatsiya umumjahon jarayoni sifatida ko‘pchilik mamlakatlarga xos bo‘lgan uchta umumiy jihat bilan ifodalanadi. Shulardan birinchi jihat kam rivojlangan mamlakatlarda shahar aholisi sonining yuqori sur’atlarda o‘sishini bildiradi
Referat ishining maqsadi. Barqaror rivojlanishni ta'minlashning yangi omili sifatida mavjud nomutanosibliklar va tizimli muammolarni bartaraf etish, urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida mamlakatimizda urbanizatsiya darajasini 2030-yilgacha 60 foizga yetkazish vazifasini strategik maqsad sifatida belgilab berdilar. Ushbu vazifani bajarish uchun mamlakatda davlat tomonidan urbanizatsiyani maqsadli tartibga solish va shaharlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar va kompleks chora-tadbirlarni ko‘zda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi (2019-yil 10-yanvar).
urbanizatsiya siyosatini samarali qo‘llash uchun uning aniq mexanizmlari va amalga oshirish yo‘llari ishlab chiqilishi zarur. Bunda eng avvalo, ushbu yo‘nalishda yangi me'yoriy-huquqiy hujjatlarni (“Noqishloq xo‘jalik ahamiyatidagi yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi) ishlab chiqish hamda Yer, Shaharsozlik, Uy-joy Kodekslari va boshqa mavjud qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali amalga oshiriladi.

Download 20.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling