2. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]


Download 0.49 Mb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1579452
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
592 13.10.2022

Ishlar nomi

Lavozimlar nomi

I. Respublika, viloyat va shaharlar patologoanatomiya byurolarining umumiy, bolalar va yuqumli kasalliklar patologiyasi bo‘limlari, shahar, tuman, tumanlararo va markazlashtirilgan bo‘limlar

Murdani patologoanatomik yorish hamda operatsiyalar va biopsiyalar paytida olib tashlangan murda materialini, organlar va to‘qimalarni gistologik tadqiq qilish

Patologoanatom vrachlar

Murdani patologoanatomik yorishda ishtirok etish, namuna uchun olingan materiallarga va murdaga ishlov berish

O‘rta va kichik tibbiyot xodimlari

II. Sud-tibbiyot ekspertizasi byurosining tuman, tumanlararo va shahar bo‘limlari

Murdani va murda materialini sud-tibbiyot maqsadlarida yorib ko‘rish va tadqiq qilish

Sud-tibbiyot ekspertizasi vrachlari

Murdani sud-tibbiyot maqsadlarida yorishda ishtirok etish va murda materialiga ishlov berish

O‘rta va kichik tibbiyot xodimlari, vrach-laborant

Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Uchuvchilar va sinovchi uchuvchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarga pensiya tayinlash uchun belgilangan ish stajini hisoblash
TARTIBI
1. Uchuvchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarga pensiya tayinlash uchun belgilangan xizmat muddatini hisoblashda quyidagilar hisobga olinadi:
1.1. Samolyotlarda uchishlarning har 20 soati (mazkur bandning 1.2, 1.3, 1.4-kichik bandlarida nazarda tutilgan ishlar va uchishlardan tashqari) — belgilangan xizmat muddatining bir oyiga o‘tadi.
1.2. Vertolyotlarda, maxsus qo‘llaniladigan aviatsiyadagi (sanitariya parvozlari, aviakimyo ishlari, aerofotos’yomkalar, patrullik qilish, atmosferani tekshirish va ishlarning boshqa turlari), chet el havo kemalarini kuzatib boruvchi guruh tarkibidagi lavozimlarda (boshlovchi sifatida), komandirlik-uchuvchi va instruktorlik tarkibidagi lavozimlarda, shu jumladan, aviatsiyaning uchuvchilar tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida uchishlarning har 12 soati — belgilangan xizmat muddatining bir oyiga o‘tadi.
1.3. Avariya-qutqaruv (qidiruv-qutqaruv) havo kemalari ekipaji tarkibida bir yil ishlash — belgilangan xizmat muddatining bir yarim yiliga o‘tadi.
1.4. “Vatanparvar” o‘quv va sport aviatsiyasi tashkilotlarining uchuvchilar tarkibidagi lavozimlarda bir yil ishlash, tayyorgarlikning o‘quv-uchish rejasini bajargan taqdirda — belgilangan xizmat muddatining bir yarim yiliga, murakkab va oliy pilotaj elementlarini bajargan taqdirda esa — 2 yiliga o‘tadi.
1.5. Yoshi tufayli imtiyozli pensiyaga chiqish huquqini beradigan parashyutchilar (barcha nomlardagi), qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchi-desantchilar (barcha nomlardagi), avia o‘t o‘chirish xizmati instruktorlari, parashyut (parashyutchi-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv) bo‘linmalari rahbarlari, parashyutchi-desant guruhlarining shtatdagi va shtatdan tashqari xodimlari sifatida bir yil ishlash, porshenli samolyotlardan, vertolyotlardan, dirijabllardan va aerostatlardan sakrashning, balandligi 10 metrdan kam bo‘lmagan balandlikda vertolyotdan osilib turib, maxsus tushish va ko‘tarilish moslamalarida ish bajarishning yillik normalari bajarilgan taqdirda — belgilangan xizmat muddatining bir yarim yiliga, reaktiv samolyotlar va vertolyotlardan sakrashning yillik normasi bajarilganda esa — 2 yiliga o‘tadi.
1.6. 1.4 va 1.5-kichik bandlarda nazarda tutilganlarga muvofiq belgilangan xizmat muddatlarini imtiyozli hisobga olish huquqini beruvchi shartlar bajarilmagan taqdirda bir yil xizmat — belgilangan xizmat muddatining bir yiliga o‘tadi.
2. 1.1 va 1.2-kichik bandlarga muvofiq belgilangan xizmat muddatlarini hisoblash uchuvchilar tarkibi lavozimlaridagi barcha parvoz etgan davrdagi haqiqiy uchgan soatlarni tegishli ravishda 20 va 12 soatlarga bo‘lish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Belgilangan xizmat muddatining yillik hisobi belgilangan xizmat muddatining to‘liq oylar sonini 12 ga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
3. Yil davomida 1.1 — 1.5-kichik bandlarda ko‘rsatilgan turli ishlar bajarilgan taqdirda xizmat muddatlari har bir ishda mutanosib ravishda uchish soatlarining qancha davom etganligi (band bo‘lganlik)ga qarab hisoblanadi.
4. Sinovchi-uchuvchilar tarkibidagi xodimlarga pensiya tayinlash uchun belgilangan xizmat muddatini hisoblashda quyidagilar hisobga olinadi:
4.1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan 1-ro‘yxatning III qismi 2-bandining 1-kichik bandida (keyingi o‘rinlarda — 1-ro‘yxat) ko‘rsatilgan lavozimlarda bir yil ishlash — sinov uchishlari mazkur yil davomida o‘tkazilgan bo‘lsa, ikki yilga o‘tadi.
4.2. 1-ro‘yxatning III qismi 2-bandining 2-kichik bandida ko‘rsatilgan lavozimlarda bir yil ishlab, yiliga 120 va undan ortiq soat uchilgan bo‘lsa — ikki yilga, 50 soatdan 120 soatgacha uchilgan bo‘lsa — bir yarim yilga, 50 soatdan kam bo‘lganda — bir yilga o‘tadi. Ko‘rsatib o‘tilgan uchishlarning kamida 50 foizi manyovrli aviatsiya kemalarida va vertolyotlarda bajarilgan bo‘lsa, belgilangan xizmat muddati shu tariqa hisoblanadi.
4.3. 1-ro‘yxatning III qismi 2-bandining 3-kichik bandida ko‘rsatilgan lavozimlarda bir yil ishlash, uchish soatlarining belgilangan normalari bajarilgan taqdirda, ikki yilga o‘tadi.
5. Agar sinovchi-uchuvchilar tarkibiga kiruvchi xodim bir yil davomida sinov uchishlarida ishtirok etmagan bo‘lsa, ammo boshqa turdagi (transport aviatsiyasida, uchishga tayyorgarlik tartibida va hokazo) uchishlarda ishtirok etgan bo‘lsa, belgilangan xizmat muddati fuqaro aviatsiyasi uchuvchilari tarkibiga kiruvchilarga pensiya tayinlash uchun belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi.
6. Sinovchi-uchuvchilar tarkibidagi xodimda yil davomida uchish soatlari umuman bo‘lmasa, mazkur yil belgilangan xizmat muddatiga kirmaydi. Biroq ushbu yil umumiy mehnat stajiga qo‘shiladi.
Uchishlarda ishtirok etmaslik sinov parvozlarini bajarishdagi mehnat shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lsa, belgilangan xizmat muddati haqiqiy uchish davri bo‘yicha hisobga olinadi.
7. Quyidagilar uchuvchilar va sinovchi-uchuvchilarning belgilangan xizmat muddatiga kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining uchuvchilar tarkibi lavozimlaridagi xizmat vaqtlari, aviatsiyaning sinovchi-uchuvchilar va uchuvchilar tarkibida bo‘lgan lavozimlarda ishlash davri — pensiya tayinlashda tegishli ravishda harbiy xizmatchilar, aviatsiyaning sinovchi-uchuvchilari tarkibiga va uchuvchilar tarkibiga kiruvchilar uchun belgilangan xizmat muddatlarini hisoblash tartibiga muvofiq amalga oshiriladi;
1992-yilning 1-yanvaridan boshlab chet ellarda xorijiy aviatsiya uchuvchilari tarkibidagi lavozimlarda ishlash vaqti — bunda xizmat muddati Pensiya jamg‘armasiga 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — sug‘urta badallari;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda, uchish ishlarining turiga qarab ushbu Tartibning 1-bandida belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi;
uchuvchilar tarkibidagi xodimlar uchun — aviatsiya oliy ta’lim muassasalarida o‘qish vaqti (haqiqiy o‘qish vaqti bo‘yicha) — agar o‘qishga kirishdan oldin uchish lavozimlarida ishlagan bo‘lsa.
Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
To‘liq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o‘tadigan mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari
RO‘YXATI
1. Paxta tozalash sanoati korxonalaridagi ishlar:
a) paxtani quritish;
b) paxtani tozalash;
v) paxtani yuklash, tushirish;
g) paxtani pnevmotransportga ortish;
d) quritish-tozalash sexini yig‘ishtirish va isitish, ishlab chiqarish chiqindilarini chiqarib tashlash.
2. Sanoatning qand-shakar va konserva ishlab chiqarish tarmoqlari korxonalaridagi ishlar.
3. Ipakchilik tarmog‘i korxonalari va fermer ho‘jaliklaridagi ishlar:
a) tut urug‘i tayyorlash;
b) tut nihollari va tut ko‘chatlari yetishtirish;
v) tut ipak qurti urug‘larini inkubatoriyalarda jonlantirish;
g) tut ipak qurtini parvarishlash;
d) tirik va quruq pillani saralash;
e) tirik pillani quritish;
j) pillani qo‘l kuchi yordamida tashish;
z) pilladan namunalar olish (laboratoriyada saralash uchun);
i) urug‘chilik korxonalarida kapalaklarni jinslarga ajratish;
k) tut ipak qurti urug‘larini mikrotahlildan o‘tkazish;
l) tut ipak qurti urug‘lariga ishlov berish;
m) tut ipak qurti urug‘larini qishlash davridagi ishlar;
n) tut ipak qurti urug‘larini qadoqlash va yorliqlash.
Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling