2. Ilk o’rta asrlarda qishloqning dehqonlarga qaram aholisi qanday atalgan?


Download 20.8 Kb.
Sana06.10.2023
Hajmi20.8 Kb.
#1693798
Bog'liq
7-синф узб тарих 2023 йил 1-чорак


3.10.2023 o’zb tarixi nazorat ishi 1
1.Ilk o‘rta asrlarda “qishloq hokimi’ deb atalgan katta yer egasi?
A) Kashovarz B) Kadivar S) Chokar D) Dehqon
2. Ilk o’rta asrlarda qishloqning dehqonlarga qaram aholisi qanday atalgan?
A) Kadivar B) Kashovarz C) Chokar D) Dehqon
3.O’rta asrlar tarixi necha davrga bo’linadi.
A)1 B)2 C)3 D)4
4. III asr o’rtalarda Xorazm davlatini qaysi sulolaga mansub xorazmshohlar idora qiladi?
A) Anushteginlar B) Ma’muniylar C) Oltintoshlar D) Afrig’iylar
5. Qadimgi Tuproqqal’a shahar xarobasi qayerda joylashgan?
A) Qoraqalpog’istonning Beruniy tumanida.
B) Qoraqalpog’istonning To’rtko’l tumanida.
C) Qoraqalpog’istonning Qo’ng’irot tumanida.
D) Qoraqalpog’istonning Ellikqal’a tumanida.
6. Qachon xorazmshoh o’z qarorgohini Xorazmning qadimgi Kat shahriga ko’chiradi?
A) 305-yil B) 306-yil C) 307-yil D) 308-yil
7. Quyidagi qaysi davlatda betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushiriligan kumush tangalar zarb qilingan?
A) Somoniylar davlatida B) Eftaliylar davlatida
C) Turk xoqonligida D) Afrig’iylar davlatida
8. Qaysi davrda O’rta Osiyoda Xioniylar hukmdorlik qilishgan?
A) IV asr 70 yillaridan V asr 2-yarmi
B) V asr boshidan VI asr o’rtalarigacha
C) IV asr o’rtalaridan V asr boshigacha
D) IV asr 50-yillaridan V asr o’rtalarigacha


9. Xioniylar davlati O’rta Osiyoda necha yildan oshiqroq hukmdorlik qiladi?
A) 110 yil B) 120 yil. C)130 yil. D) 140 yil.
10. Kimlar kidariylar nomi bilan tilga olinadi?
A) Toxarlar B) Xioniylar C) Jurjonlar D) Eftallar
11. Kidariylar davlatining poytaxti?
A) Marv B) KobuI C) Balx D) Hirot
12 “Eftal” degan nom aslida “Eftalon” deb yuritilgan...?
A) Tog’ nomidan olingan. B) Daryo nomidan olingan.
C) Shoh nomidan olingan. D) Shahar nomidan olingan.
13 “Eftalon”ni yana nima deb ataganlar?
A) Mihirakula. B) Kidar. C) Vaxshunvar. D) Grumbat
14. Eftallar davlatining dastlabki poytaxti bu ...?
1. Varaxsha 2. Vardona 3. Marv 4. Poykant
A) 1,2 B) 2,3 C) 1,4 D) 2,4
15. Eftallar davlatiga uyushgan mulklar hukmdor - kimga tobe sulolalar tomonidan boshqarilgan.
A) Sho (shoh)ga B) Vasilevsga C) Qoonga D) Hadivga
16. Ipak yo’li savdosida sosoniy savdogarlari bilan raqobatda asosan kimlar vositachilik rolini o’ynardi?
A) Sug’diylar. B) Uyg’urlar.
C) Manjurlar. D) Xorazmiylar.
17. Eftallar qaysi davlatlar bilan bo’lgan xalqaro savdoda faol qatnashgan?
A) Xitoy, G‘arbiy Rim imperiyasi, Eron va Misr bilan
B) Misr, Hindiston, Eron va Yunoniston bilan
C) Xitoy, Hindiston, Arabiston va Misr bilan
D) Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya bilan


18. Ichki va tashqi savdo munosabatlarida eftallar dastavval kimlarning kumush tangalaridan keng foydalanadilar?
A) Turkiya sultonlarining. B) Sosoniy hukmdorlarining
C) Bulg'or xoqonlarining. D)Vizantiya imperatorlarining
19. Ilk o’rta asrlarda o’troq aholining bir qismi sug’d tilida, ikkinchi qismi qaysi tilda so’zlashgan?
A) Turkiy. B) Xorazm. C) Forsiy. D) Arab.
20. V-VI asrlarda qaysi yozuv tarqalgan edi?
A) Sug’d B) Xorazm C) Eftal D) A,B,C.
21. O’rta Osiyo shishasi rangdorligi, yarqiroqligi va tiniqligi jihatidan qaysi davlat shishasidan ustun turgan?
A) Xitoy. B) Vizantiya. C) Eron. D) Hindiston.
22. Qaysi davlat hukmdorlari o’z saroylarini bezashda O’rta Osiyodan keltirilgan rangli shishadan foydalanganlar?
A) Xitoy. B) Vizantiya. C) Eron. D) Hindiston.
Download 20.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling