2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi
Doimiy rivojlanib va yuksalib boruvchi iqtisodiyot salohiyatini yuksaltirish
Download 78.51 Kb.
|
2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi
3. Doimiy rivojlanib va yuksalib boruvchi iqtisodiyot salohiyatini yuksaltirish
O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti yaratgan bozor iqtisodiyotiga o'tish ilmiy ta'limoti boshqa iqtisodiy qarashlar, g'oyalar, ta'limotlardan tubdan farq qiladi. Bu haqda muallif shunday dedi: «Mustaqil rivojlanishning o'tgan davrini umumlashtirish va tahlil etish isloh qilishning O'zbekiston model asosli va to'g'ri bo'lib chiqdi. deb aytish uchun to'la asos beradi. bugun uni obro'li xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, jahonning ko'pgina mamlakatlari tan olmoqda. Eng asosiysi-hayotning o'zi uni tasdiqlamoqda» Birinchi Prezidentimiz O'zbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirish ilmiy konsepsiyasini mamlakatimizda olib borgan keng qamrovli islohotlar natijalari asosida yangi-yangi qoidalar bilan boyitib borayotir. U yuqorida qayd qilingan asarida o'z konsepsiyasi ro'yobga chiqishining vositalarini ham aniqlashtirib berdi. Bular quyidagilardir: birinchidan, inson manfaatlarini ro'yobga chiqaruvchi shart-sharoit yaratish orqaligina islohotlar amalga oshadi; hozirgi sharoitda «har bir oila boy bo'lsa, davlat boy bo'ladi» degan qoidaga rioya qilinsa, islohotlar tezroq samara beradi; ikkinchidan, «mamlakatda chinakam o'rta mulkdorlar sinfi shakllangan taqdirdagina islohotlar sezilarli samara beradi, mulkchilik masalalari hal bo'ladi»; uchinchidan, «biz ko'p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish vazifasini qo'ymoqdamiz. Bunda ustuvorlik xususiy mulkka —kichik va o'rta biznesga beriladi»; to'rtinchidan, qimmatbaho qog'ozlar bozorini rivojlantirish, pulmablag'larini qimmatbaho qog'ozlar bozoriga jalb etish, aksiyalashtirish, fondbozorida faol qatnashish; beshinchidan, «Ishlab chiqarishni, iqtislodiyotda vujudga keltirilayotgan huquqiy doirada o'zgartirib borish». Asosiysi, «bunday o'zgarishlar islohotlarning o'ziga kafolat beradi»; oltinchidan, nodavlat sektordagi o'zgarishlarga doimo katta ahamiyat berib borish, qishloqda bozor mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohibkorlik hissini uyg'otish; yettinchidan, iqtisodiyotning hududiy tuzilishini takomillashtirib borish, hududiy imkoniyatlardan samarali foydalanish; sakkizinchidan, respublikani hayotiy muhim tovarlar bilan o'z milliy imkoniyati hisobiga ta'minlashga ustuvorlik berib borish va boshqalar. Birinchi Perezidentimiz tomonidan ishlab chiqarilgan bu besh tamoyil hayot sinovidan o'tdi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan, XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanishi strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyatimizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning 1-chaqiriq XIV sessiyasida quyidagi oltita ustuvor yo'nalish bilan to'ldirildi: 1. Mamlakat siyosati, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish. 2. Jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish. 3. Kadrlar masalasini muvaffaqiyatli hal qilish. 4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o'sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish. 5. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni ta'minlash. 6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlas Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi tamoyili. Sobiq sotsialistik jamiyatda butun ijtimoiy hayot, xo'jalik faoliyati ham «Siyosat iqtisodiyotidan ustun bo'ladi, ustun bo'lmasligi ham mumkin emas» degan qoidaga asoslangan edi. Mamlakat iqtisodiyotining tuzilishi, milliy daromadning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, iqtisodiy siyosat ana shu shiorning talablariga bo'ysundirilgan edi. Bu siyosat qanday oqibatlarga olib kelganligi hammaga ayon. Ana shu holatni chuqur tahlil etib, undan kerakli xulosa chiqarganbirinchi Predizentimiz iqtisodiyot va siyosat alohida-alohida ijtimoiy munosabatlar ekani, ularning har bin o'z qonunlari bilan rivojlanishi, bular o'rtasidagi nisbatda iqtisodiyotning ustuvorlik qilishi kerakligi haqidagi xulosaga keldi. Bu qoida iqtisodiyot hayotning asosi ekanligi to'g'risidagi umumbashariy qonuniyatga asoslanadi. Zero, kuchli zamonaviy tarkibiy tuzilishga, moddiy, ilmiy va ijtimoiy asosga suyangan iqtisodiyot bo'lmasa, mamlakat xalqining farovonligi ham, milliy xavfsizligi va tinchligi, xalqaro nufuzi ham bo'lishi mumkin emas. Shuning uchun ham mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish, uning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish uchun harakat boshlandi. Albatta, amalda iqtisodiyotning ustuvorligini ta'minlash oson kechmaydi, bu juda chuqur o'ylangan iqtisodiy siyosat o'tkazishni taqozo etadi. I. Karimov bu siyosatni izohlab quyidagilarni yozgan edi: «Biz esa yengil yo'lni qidirmadik. Isloh qilishning dastlabki bosqichlarida iste'mol bozorini bir qadar cheklashga majbur bo'ldik. Ayni chog'da. mablag' va zaxiralarni iqtisodivotdagi tarkibiv o'zgarishlarga sarflab. xorijga mahsulot tayyorlavdigan. ilg'or texnologiva bazasi bilan iihozlangan zamonaviy korxonalar barpo etib. ichki bozorni o'z mollarimiz bilan to'ldirish yo'lidan bordik. Shu maqsadlardan kelib chiqib, o'z mablag'larimiz va olgan qarzlarimizning asosiy qismi investitsiyalarga respublika yangi texnologiya va texnika keltirishga sarflanmoqda. Iste'molni emas balki investitsiyalarni ko'paytirdik. Bugunga kelib bu siyosat o'z samarasini bermoqda». Xalqimiz va butun dunyo ko'z oldida milliy iqtisodiyotimizning moddiy tayanchi bo'lgan ulkan korxonalar qurildi va qurilmoqda, hatto ilgari bo'lmagan iqtisodiyot sohalari qad ko'tarmoqda. Bu O'zbekiston dunyoga tanilishi, hamkorlik va jahon iqtisodiga qo'shilishi uchun zamin yaratish demakdir, bu iqtisodiyot haqiqatan ham siyosatga nisbatan ustuvor munosabat ekanini amalda isbotlanishi demakdir. Download 78.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling