Yoritilganlikni vazifasiga qarab ishchi va nazorat turlaridan tashqari yana favqulodda zarur holatlarda xizmat qiladigan ikki turi ham mavjud. Ularni avariya va evakuatsiya yoritilganliklari deyiladi hamda miqdorlari 0,5 -2,0 lyuks bo’ladi.

Agar tabiiy yorug’lik binolarni yoritish uchun yetarli bo’lmasa, bunday hollarda, sun’iy yorug’lik bilan to’ldiriladi.
Sun’iy yorug’likni me’yorlashdan maqsad biror bir yuzani yoritish uchun gigiena nuqtai nazaridan eng kamida ruxsat etilgan minimal yorug’lik miqdori bilan ta’minlashdir.
Yoritilganlikka bo’lgan sanitar-gigieniktalablar
Yoritilganlikka bo’lgan sanitar-gigieniktalablar
Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik, ishchi-xodimlar salomatligiga zarar yetkazmasligi uchun u ko’zni zo’riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan bo’lishi talab qilinadi. Korxonalarda yoritishga doir talablar quyidagilardan iborat:
yoritish qurilmasi yorug’ligining spektral tarkibi quyosh yorug’liginikiga yaqin bo’lishi;
bajariladigan ishlarning turi va aniqligiga qarab, yoritilganlik darajasi yetarlicha bo’lishi hamda gigiena talablariga mos kelishi;
ish joyida to’g’ri tushadigan va qaytgan yorug’liklar bo’lmasligi;
me’yorlarga muvofiq, korxona binolariga avariya yoritgichlari o’rnatilishi;
me’yorlarga muvofiq, korxona binolariga avariya yoritgichlari o’rnatilishi;
xavfli ish o’rinlari yuqori darajada yoritilgan bo’lishi;
yoritish qurilmalari xavfli hamda zararli omillar hisoblangan, ya’ni shovqin, elektr quvvati, issiqlik chiqarish va yong’in chiqarish manbalari bo’lmasligi;
nazorat o’lchash asboblari, xavfsizlik signalizatsiyasi ishonchli va uzluksiz yoritilishi;
yoritilish bir tekis va turg’un bo’lishi, soyalar hosil qilmasligi darkor. Aks holda inson ko’zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o’zgarib turishi natijasida, ko’rish organlarining toliqish holati ro’y beradi
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |