2. izozarrachalar [3-47]


Download 29.29 Kb.
bet1/3
Sana10.02.2023
Hajmi29.29 Kb.
#1183375
  1   2   3
Bog'liq
2) IZOZARRACHALAR


Mahmudov Otabek 94-280-43-77

2. IZOZARRACHALAR [3-47]
1. Izotoplarning qaysi xususiyatlari bir xil bo’ladi ? 1) protonlar soni; 2) neytronlar soni; 3) elektronlar soni; 4) yadro zaryadlari; 5) atomlarning massa soni A) 1, 3, 4 B) 2, 5 C) 1, 2, 5 D) 1, 3, 5

2. Quyidagi ifodaning yetmagan qismini toping. Izotoplarning fizik xossalari qisman farq qiladi, ularning kimyoviy xossalari esa bir xil, chunki ularning kimyoviy xossalari … bilan ifodalanadi. A) neytronlar soni va elektron tuzilishi bilan B) atom massasi va elektron tuzilishi bilan C) yadro zaryadi va elektron tuzilishi bilan D) nuklonlar yig’indisi va elektronlar soni bilan


3. Izotonlar keltirilgan qatorni toping. A) 136Xe, 138Ba, 139La, 141Ce B) 131Xe, 137Ba, 138La, 201Hg C) 40Ar, 40K, 40Ca, 40Cl D) 49Sc, 50Ti, 51V, 52Cr


4. Izooelektronli zarrachalarni toping. 1) metan; 2) ammiak; 3) vodorod ftorid;


4) ammoniy ioni; 5) ftor atomi; 6) ftor anioni A) 1, 2, 3, 4 B) 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 6

5. Izotop tushunchasini fanga kim kiritgan ? A) Berselius B) Butlerov C) Rezerford D) Soddi


6. X3+, Y2-, Z4- ionlaridagi elektronlar soni teng. Z elementning protonlari soni 32 ta bo’lsa, X va Y ning neytronlari yig’indisini aniqlang. A) 85 B) 72 C) 95 D) 105


7. X3-, Y2+, Z4+ ionlaridagi elektronlar soni teng. Z elementning protonlari soni 22 ta bo’lsa, X va Y ning neytronlari yig’indisini aniqlang. A) 51 B) 62 C) 35 D) 36


8. X2+, Y-, Z4+ ionlaridagi elektronlar soni teng. Z elementning protonlari soni 40 ta bo’lsa, X , Y va Z ning neytronlari yig’indisini aniqlang. A) 97 B) 148 C) 145 D) 146


9. Temir atomida elektronlar umumiy zarrachalarning 32,5 % ini tashkil etadi. Temir atomining massasini aniqlang. A) 54 B) 55 C) 56 D) 57


10. Marganes atomida elektronlar umumiy zarrachalarning 30,864 % ini tashkil etadi. Marganes atomining neytronlar sonini aniqlang. A) 29 B) 30 C) 31 D) 32


11. Xrom atomida neytronlar umumiy zarrachalarning 40 % ini tashkil etadi. Xrom atomining massasini aniqlang. A) 54 B) 55 C) 56 D) 57

12. Umumiy zarrachalarining 31,95 % ini elektronlar tashkil qiladigan fosfor atomiga izoton bo’lgan xlor atomining massasini aniqlang. A) 34 B) 35 C) 36 D) 37


13. Umumiy zarrachalarining 31,579 % ini protonlar tashkil qiladigan magniy atomiga izobar bo’lgan alyuminiy atomidagi neytronlar sonini aniqlang. A) 12 B) 13 C) 14 D) 15


14. Umumiy zarrachalarining 36,67 % ini neytronlar tashkil qiladigan kaliy atomiga izobar bo’lgan kalsiy atomidagi neytronlar sonini aniqlang. A) 20 B) 21 C) 22 D) 23


15. Umumiy zarrachalarining 32 % ini elektronlar tashkil qiladigan oltingugurt atomiga izobar bo’lgan fosfor atomidagi neytronlar sonini aniqlang. A) 16 B) 17 C) 18 D) 19


16. Umumiy zarrachalarining 38,46 % ini neytronlar tashkil qiladigan kislorod atomiga izoton bo’lgan natriy atomining massasini aniqlang. A) 21 B) 22 C) 23 D) 24


17. Umumiy zarrachalarining 35 % ini neytronlar tashkil qiladigan temir atomiga izobar bo’lgan marganes atomining neytronlari sonini aniqlang. A) 26 B) 27 C) 28 D) 29


18. Xrom atomida elektronlar barcha zarrachalarining 30 % ini tashkil etadi. Ushbu atomning qanday zaryadli ionida elektronlar barcha zarrachalarning 28,2 % ini tashkil etadi ? A) +6 B) +2 C) +3 D) +4


19. Marganes atomida neytronlar barcha zarrachalarining 37,5 % ini tashkil etadi. Ushbu atomning qanday zaryadli ionida elektronlar barcha zarrachalarning 27,63 % ini tashkil etadi ? A) +6 B) +2 C) +3 D) +4


20. Marganes atomida neytronlar barcha zarrachalarining 39 % ini tashkil etadi. Ushbu atomning qanday zaryadli ionida elektronlar barcha zarrachalarning 25 % ini tashkil etadi ? A) +6 B) +2 C) +3 D) +4


21. Umumiy zarrachalarining 32,43 % ini protonlar tashkil qiladigan xrom atomining qanday zaryadli ionida elektronlar barcha zarrachalarning 29,577 % ini tashkil qiladi ? A) +2 B) +3. C) +4 D) +6


22. Umumiy zarrachalarining 31,25 % ini protonlar tashkil qiladigan marganes atomining qanday zaryadli ionida elektronlar barcha zarrachalarning 25,675 % ini tashkil qiladi? A) +2 B) +7 C) +4 D) +6.

23. Umumiy zarrachalarining 30,864 % ini elektronlar tashkil qiladigan marganes atomining qanday zaryadli ionida neytronlar barcha zarrachalarning 39,24 % ini tashkil qiladi? A) +2. B) +3 C) +4 D) +6


24. Tabiiy borning atom massasi 10,81 ga teng bo’lib, massalari 10 va 11 bo’lgan izotoplari aralashmasidir. Tabiiy bordagi izotoplar foiz miqdorini hisoblang. A) 26; 74 B) 33; 67 C) 19; 81 D) 22; 78


25. Tabiiy xlorning atom massasi 35,45 ga teng bo’lib, massalari 35 va 37 bo’lgan izotoplari aralashmasidir. Tabiiy xlordagi izotoplar foiz miqdorini hisoblang. A) 77,5; 22,5 B) 75; 25 C) 79; 21 D) 78,5; 21,5


26. Tabiiy kaliy 93% 39K va 7% 40K izotoplari aralashmasidan iborat. Tabiiy kaliyning o’rtacha nisbiy atom massasini hisoblang. A) 39,12 B) 39,07 C) 39,28 D) 39,00


27. Tabiiy rubidiy 76,5% 85Rb va 23,5% 87Rb izotoplari aralashmasidan iborat. Tabiiy rubidiyning o’rtacha nisbiy atom massasini hisoblang. A) 85,47 B) 86,07 C) 86,34 D) 85,13


28. Tabiiy argonning o’rtacha nisbiy atom massasi 39,974 bo’lib, u massasi 36, 38, 40 bo’lgan izotoplar aralashmasidan iboratdir. Bunda 40Ar 99% tarqalganligini bilgan holda qolgan izotoplar tarqalish foizini toping. A) 0,3; 0,7 B) 0,2; 0,8 C) 0,4; 0,6 D) 0,5; 0,5


29. Tabiiy kremniyning o’rtacha nisbiy atom massasi 28,107 bo’lib, u massasi 28, 29, 30 bo’lgan izotoplar aralashmasidan iboratdir. Bunda 28Si 92,3% tarqalganligini bilgan holda qolgan izotoplar tarqalish foizini toping. A) 3,7; 4,0 B) 4,3; 3,4 C) 2,1; 5,6 D) 4,7; 3,0


30. Tabiiy kislorodning o’rtacha nisbiy atom massasi 16,09 bo’lib, u massasi 16, 17, 18 bo’lgan izotoplar aralashmasidan iboratdir. Bunda 16O 95% tarqalganligini bilgan holda qolgan izotoplar tarqalish foizini toping.



Download 29.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling