Tarbiya mazmuni deganda, qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan bog‘liqlikda ta’lim oluvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi. - Tarbiya mazmuni deganda, qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan bog‘liqlikda ta’lim oluvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi.
- Tarbiyaning maqsadi - har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish.
- Tarbiyaning umumiy vazifalari:
- jamiyat a’zolarining maqsadga yo‘naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;
- jamiyat rivoji uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy madaniyatga mos etarlicha hajmdagi “inson kapitali”ni tayyorlash;
- madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash;
- ma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish.
Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
maqsadga yo‘naltirilganligi;
ko‘p qirrali jarayon;
uzoq muddat davom etishi;
uzluksizligi;
yaxlitligi;
natijalarning oldindan aniqlanmasligi;
ikki tomonlamalilik;
Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud: - ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bog‘liqligi;
- tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o‘zaro bog‘liqligi;
- faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai;
- tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’siri, o‘zaro munosabatlari hamda faol faoliyati o‘rtasidagi bog‘lanish;
- tarbiya va o‘zini-o‘zi tarbiyalashning intensivligi;
- tarbiyalanuvchining “ichki olami”ga ta’sir etishning intensivligi;
- tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish darajasi va pedagogik ta’sirni hisobga olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |