Kuchlilikning rivojlantruvchi mashqlar
Reja:
1.Kuch qobiliyatini tarbiyalash
2.Jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik) tarbiyalash metodikasi 3.Tezlik-kuch qobiliyatlari. Portlash kuchi. Kuch qobiliyatlarini rivojlantirish usuliyati.
JISMONIY (HARAKAT) SIFATLAR
Tarixan mavjud bo‘lgan jismoniy tarbiya tizimlariga insonning jismoniy (harakat) sifatlarini tarbiyalay olishiga qarab baho berilgan. Insonning organizmida turli darajada shakllangan kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, tana bo‘ginlari harakatchanligi va muskullar egiluvchanligini jis-moniy sifatlar deb atash qabul qilingan. Inson organiz-mining shu sifatlarini qanday namoyon qila olishiga qarab individga kuchli, chaqqon, tezkor va h.k. deb baho berganlar. Bu sifatlar o‘lchovga ega, uning ko‘rsatkichlari jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari deb ataladi va ko‘rsatkichlar orqali individning ijodiy mehnatga va vatan mudofaasiga tayyorligi aniqlanadi.
“Jismoniy sifatlar” va “jismoniy tayyorgarlik” atamalari maxsus adabiyotlarda qismlarga bo`lib ko`rsatilgan. Bular insonning harakat imkoniyatlariga xos ayrim jihatlarni aniqlaydi. Jismoniy sifatlar dinamikasiga tatbiqan “rivojlanish” va “tarbiya” atamalari qo`llaniladi. “Rivojlanish” atamasi sifatning sog`lomlashtiruvchi o`zgarishlarini tavsiflaydi. “Tarbiya” esa harakatlantiruvchi sifat ko`rsatkichlarining o`sishiga ta’sir o`tkazishning faolligi va yo`naltirilganligini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |