Kuch mashqlarini bajarish vaqtida mushaklar uch xil tartibda ishlashi mumkin:
Kuch mashqlarini bajarish vaqtida mushaklar uch xil tartibda ishlashi mumkin:
1. O`z uzunliklarini o`zgartirmay (statik, izometrik tartib).
2. O`z uzunliklarini kamaytirib (qarshiliklarni yenguvchi, miometrik tartib).
3. Uzayib (yon beruvchi, pliometrik tartib).
Masalan, oyoqlar to`g`ri ko`tarilgan vaqtdan to to`g`ri burchak hosil bo`lgunicha mushaklar faoliyatining uchala tartibi uchrashadi. Oyoqlar ko`tarilganda – mushak ishi uzunligining kamayishi, oyoqlarni 90 gradus burchak ostida ushlab turishda – statik ish; dastlabki holatga qaytib oyoqlarni tushirishda – mushaklarning uzayishi.
Qarshiliklarni yenguvchi va ularga yon beruvchi tartiblarning birlashuvi “dinamik tartib” deyiladi.
O`quvchilar jismoniy tarbiyasida umumiy va maxsus kuch tayyorgarligi amalga oshiriladi.
Umumiy kuch tayyorgarligi insonning mehnat faoliyatiga tayyorligi va jismoniy rivojlanishi uchun ahamiyatga ega bo`lgan barcha asosiy mushak guruhlarining uyg`un rivojlanishiga qaratilgan.
Maxsus kuch tayyorgarligining maqsadi faoliyatning tanlangan turiga tatbiqan musobaqalashuvchi harakat texnikasi bilan muvofiq mushak guruhlari kuchining qo`shilib yuzaga chiqishi – jismoniy sifatlarning rivojlanishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |