2. Jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik) tarbiyalash metodikasi
Download 21.85 Kb.
|
Kuchlilikning rivojlantruvchi mashqlar
Kuch va tezlik aloqadorligi.Agar qo`ldan uchib chiqish tezligini ham, bunda namoyon bo`lgan mexanik kuchni ham har xil qilib, turli og`irlikdagi yadrolar itqitilsa, u holda kuch va tezlik o`zaro teskari nisbatda bo`ladi: tezlik qanchalik yuqori bo`lsa, namoyon bo`lgan kuch shunchalik kam bo`ladi va aksincha. Tezlik-kuch (dinamik kuch) qobiliyatlari – tezkor harakatlarda. Tezlik-kuch qobiliyatlari qarshilikni yenguvchi va yon beruvchi (amortizasion) kuch turlariga bo`linadi. Portlovchi kuch – qisqa vaqt ichida katta miqdordagi kuchni namoyon qilish qobiliyati muhim turlardan hisoblanadi. Masalan, sport ustalari va sport bilan endigina shug`ullana boshlaganlarning turgan joyidan balandlikka sakrashdagi depsinishlarini taqqoslasak, sport ustalari qisqa vaqt ichida katta miqdordagi kuchni namoyon etishlariga ishonch hosil qilamiz. Mushak kuchi va sportchining vazni. Turli vazndagi kishilarning kuchini taqqoslash uchun nisbiy kuch deb ataladigan tushunchadan foydalaniladi. Nisbiy kuch deganda kishi vaznining bir kilogrammiga to`g`ri keladigan kuch miqdori tushuniladi. Kishi biror-bir harakatda o`z og`irligidan qat’i nazar namoyon qilgan kuchni ba’zan mutlaq kuch deb ataydilar. Mutlaq kuch, masalan, dinamometr ko`rsatkichlari, ko`tarilgan shtanganing chegara darajasidagi og`irligi va boshqalar bilan tavsiflanishi mumkin. Mashqlanganlik darajasi taxminan bir xil, lekin vazni har xil kishilarning vazni og`irlashib borishi bilan mutlaq kuchi ortadi, nisbiy kuchi esa kamayadi. Nisbiy kuch kamayishining sababi shundaki, sportchining vazni gavdasining hajmiga, ya’ni uning chiziqli o`lchamlari kubiga to`g`ri nisbatda bo`ladi; kuch esa fiziologik ko`ndalang kesim, ya’ni chiziqli o`lchamlar kvadratiga to`g`ri nisbatdadir. Gavda o`lchamlari oshib borishi bilan kishining vazni uning mushak kuchiga qaraganda tezroq ortib boradi. Download 21.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling