2-joriy nazorat. O‘zingiz o‘qigan badiiy asaringiz asosida taqriz yozing


Download 20.69 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi20.69 Kb.
#1496746
1   2   3
Bog'liq
2.2-topshirq. 810-22 Umaraliyev Q.A.

Odat yaqqol boʻlishi kerak
Asosiy tamoyillarda aytilganidek odatni amalga oshirish uchun stimul kerak. Xususan, Vyetnam urushi vaqtidagi tadqiqotlarga koʻra, 35 foiz Vyetnamdagi AQSh harbiylari hech boʻlmaganda bir marta geroin qabul qilib koʻrgani, 20 foiz harbiy xizmatchilarning geroinga berilib ketganini koʻrsatadi. Oʻsha vaqtdagi AQSh prezidenti boʻlgan Richard Nixon narkotikni „birinchi raqamli dushman“ deb eʼtirof eʼtib, askarlar urushdan qaytganida nazorat qilish va davolash maqsadida „Giyohvandlikning oldini olish maxsus choralari“ idorasi tashkil etiladi. Tadqiqot markazi bosh tadqiqotchilaridan biri Lee Robinsning tekshiruvlar oʻsha vaqtdagi giyohvandlik odati haqidagi qarashlarni oʻzgartirib yuboradi. Aniqlanishicha, AQShga qaytganlarning 5 foizi ushbu illatni davom ettirayotganligi, 3 yil ichida qiyohvandlikka qayta chalinganlar 12 foizdan oshmaydi. Yaʼni 10 ta askardan 9 tasida giyohvandlik oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketgan. Bunga sabab qilib Lee Vyetnamdagi askarlar kun davomida geroin isteʼmol qilishga turtki beradigan signallarga duch kelishini sabab qilib koʻrsatadi: geroinni topish oson, atrofda urush dahshatlari, askarlar vatandan minglab kilometr uzoqda, sheriklar esa geroin qabul qilishadi. Lekin AQSh ga qaytganda bu signallar yoʻqoladi. Aynan shu sababli reabilitatsion markazlardan qaytgan bemorlar yana avvalgi odatlarini boshlashadi, chunki ular yana oʻsha eski odatlarini qoʻzgʻatuvchi joyga qaytishadi. Shu sababli muallif maʼlum shakllangan odatlarga qoʻshimcha odatlar qoʻshishni taklif qiladi: ishdan kelgach oyoq kiyimimni yechish odati yoniga sport kiyimini kiyish, muzlatkichni ochganida yonidagi vazn oʻlchovchiga chiqish, ovqatlanganida kunning qaysi jarayoni uchun minnatdor boʻlishni aniqlash.

Odat jozibali boʻlishi kerak


Bu qoidada muallif yangi odatlarga jozibalilik berish kerak deydi. Masalan, Netflixda podkast koʻrish uchun mashq qilish, darsni qilganda musiqa qoʻyish va uy yigʻishtirishda televizor koʻrish. Bu qilinmayotgan yaxshi odatlarni baribir amalga oshiruvchi, foydasiz ammo jozibali odatlar bilan birga amalga oshirishga undaydi. Inson sotsial mavjudot boʻlganligi sababli, boshqalar bilan aloqalar ham jozibali koʻriladi. 1950-yillarda psixolog Solomon Asch tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar buni isbotlaydi. Tadqiqotga koʻra 1 odam aktyorlar toʻla xonaga joylashtiriladi va ularga chiziqlar orasidan eng uzun chiziqni tanlash kabi oodiy vazifa beriladi. Dastlab barcha bir xil javobni aytadi, ammo vaqt oʻtgani sari barcha katyorlar xato variantni tanlay boshlaydi. Katyorlar orasidagi yagona ishtirokchi esa bosim ostida ular koʻrsatgan notoʻgʻri variantni tanlashga majbur boʻladi. Unga koʻra, inson toʻgʻri javobni bilsa-da, koʻpchilikni taʼsirida fikrini oʻzgatiradi degan xulosaga kelinadi.


Download 20.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling