2-joriy topshiriq
Soyibjonov Jamshidbek 730.22
Taqriz
Sadriddin Ayniy – yozuvchi, olim va o‘zbek hamda tojik adabiyotining XX asr jamoat arbobi
hisoblanadi.
Haddan ziyod xudbinlik, bu ochko’zlikdir.
Biz bugunda muhokama qiladigan asar “Sudxo’rning o’limi” asari adibni eng mashhur asarlaridan
biri bo’lib, unda insoniy hislarga zid bo’lgan hayvoniy o’chko’zlik va uning oqibatlari haqida so’z
boradi.
Hayotingizda qanday inson uchramasin, uni yomon ko’rib, u bilan tanishganingizga afsuslanmang!
Chunki yaxshi insonlar sizga “baxt-saodat” bersa yomonlari “tajriba” beradi. Ularning eng
yomonlari “dars” bo’lsa, eng yaxshilari esa “xotira” bo’ladi.
Afsuski qissamiz qahramoni haqida bunday deyaolmaymiz.
Chunki asar qahramoni nomigagina qori bo’lgan Qori Ishkanba laqabli sudxo’r bo’lib, uning barcha
ishlari mehnatkashlarni talash, qayerdan bo’lmasin foyda undirishdan iborat bo’ladi. Hayotida ikki
bora dars bo’lishga arzigulik holatda ham u topayotgan pullari yomon yo’llar bilan ekanligini
tushuna olmadi. Oxir oqibatda Qori Ishkanbaning bu kabi qabix ishlari natijasi uning o’zi uchun
nihoyatda ayanchli bo’ldi. Bu kabi hodisalar xalq tilidan olganda
“Yema ichma bo’l bahil,
Boy bo’lmasang man kafil” yana
“Bahilning bog’i ko’karmas” kabi ma’qollarga qiyos qilib olingan.
Qissadan ko’rinib turibdiki bu kabi talonchi va sudxo’rlarning qilmishlari jazosiz qolmaydi.
Sudxo’r – bu kabi insonlar o’z yaqini hattoki, ota onasidan ham foyda undiradigan insondir.
Balki hamma sudxo’rlar ham bunday emasdir. Lekin qissadan bizga ma’lumki boshqalarni talash
orqali topgan boyligi hech o’ziga buyurmaydi. Azal azaldan shunday bo’lib kelgan.
Sudxo’rning och ko’zlarini endi tuproq to’ydirar bo’ldi.
Hamma ham bir kun bu olamdan ko’z yumadi. Lekin hayot bu qancha yashashlik bilan emas,
qanday yashab o’tishlik bilan baholanadi.
“Hayot bu bir eshikdan kirib ikkinchi eshikdan chiqib ketishdir. Kimdir shu eshiklar orasida bitta
bo’lsa ham gisht qo’yib obod qilib ketar ekan. Kimdir esa shu qo’yilgan bitta g’ishtni ham olib
vayron qilib ketar ekan.
(O’tkir Hoshimov “Ikki eshik orasida” asaridan)
Asardan parcha. Kunlardan bir kuni doʻstim bilan Buxoroning Labi hovuzi Devonbegisida sayohat
qilib yurib edik, doʻstim sartaroshxonaga kirayotgan bir odamni menga koʻrsatib:
— Ana shu odam «Qori-Ishkamba», — dedi.
Men uning faqat orqasidan koʻrib qoldim afti basharasiga koʻzim tushmadi.
— Unday boʻlsa men shu yerda qolaman, agar oʻnqovi kelsa tanishib, hujra soʻrayman,
boʻlmasa aftini tanib olib, kelajak uchun yoʻl hozirlayman, — deb doʻstimdan ajraldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |