2. “Kamolot kutubxonasi” rukni bu gal atoqli rus yozuvchisi Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” romanini taqdim etadi


Download 16.26 Kb.
Sana26.03.2023
Hajmi16.26 Kb.
#1297490
Bog'liq
ozbek tili1


  1. Qo’shtirnoq:

    1. Alber Kamyu fransuz adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, “Vabo”, “Isyonkor odam”, “Kaligula” kabi asarlar muallifi hisoblanadi. 2. “Kamolot kutubxonasi” rukni bu gal atoqli rus yozuvchisi Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” romanini taqdim etadi. 3. Mashhur rus yozuvchisi I.S. Turgenovning o’z davrida katta shuhrat qozongan ushbu “Otalar va bolalar” romani rus adabiyotshunosligida yozuvchi ijodining choqqisi sifatida qaraladi. 4. Uning kitobxonlarni ham, mutaxassislarni ham hayratga solib kelayotgan she’riy dahosi “Yevgeniy Onegin” asarida o’zining, ayniqsa porloq badiiy tajassumini topgan. 5. “Boburnoma”- o’zbek mumtoz adabiyotidagi bebaho asarlar qatoridan munosib o’rin egallab turgan asar sifatida e’tirof etiladi.

  2. So’roq:

    1. -Nechi yoshda edilar?

Men aytaman… Aytaman-u o’ylayman: onaning yosh-qarisi bo’ladimi? Mehrning yosh-qarisi bo’ladimi? Shafqatning-chi? Sadoqatning-chi? 2. Qorong’i osmonda yana ham qoraroq soyadek qilt etmay turgan bu qoyalar bizga o’xshaganlarning necha-nechasini ko’rdi ekan?.. Faqat ularning tili yo’q… 3. -Sandiq qatta, bolam?- deb kuldi onam.- Qarzlarim bor. O’shanga beraman-da. 4. -Qarz? Hali birovdan qarz ham olasizmi? 5. Mening ishimga aralashib nima qilasan?

  1. Tire:

    1. - Sovuq yegani yo’q, - dedi sekin. - Qaytaga isib ketdi. Qorda o’zi isib ketarkan. 2. - Bugun qaytasizmi?- so’radi yigit. 3. - Bordimi? -Bordi. 4. Qozoqstonning poytaxti - Ostona. 5. Bularning barchasini amalga oshiradigan – siz.

4.Chiziqcha:
1. Yozin-qishin, 2. Ishlay-ishlay, 3. Kecha-yu kunduz, 4. Unter-ofitser, 5. Uyma-uy.
Download 16.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling