2. Ko'p partiyaviylik Partiyalar raqobatining vujudga kelishi Xulosa Siyosiy partiyalar faoliyatini rivojlantirishning ba'zi masalalari
Partiyalar raqobatining vujudga kelishi
Download 19.32 Kb.
|
Siyosiy partiyalar insho
Partiyalar raqobatining vujudga kelishi
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda siyosiy partiyalar faoliyati, ularning elektorat bilan muloqoti haqida koʻplab fikr-mulohazalar bildirilyapti. Albatta, bu keng jamoatchilikni mushohadaga chorlamoqda. Mutaxassis, ekspertlarning fikricha, siyosiy partiyalar oʻzlariga berilgan vakolat va imkoniyatdan toʻla foydalana olmayapti. Zamonning oʻzi ularning ish uslubini tubdan oʻzgartirishni talab etayotgan boʻlsa-da, bu boradagi amaliy harakatlar sustligicha qolmoqda. Kelgusi yilda parlament saylovi boʻlib oʻtishini nazarda tutgan holda aytish mumkinki, ulardagi natijalar siyosiy partiyalarning bugungi tayyorgarligiga va ularning jamiyatdagi nufuziga berilgan baho boʻladi. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan “Siyosiy raqobat: amaliyot va xalqaro tajriba” mavzusida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy seminarda shu haqda batafsil soʻz yuritildi. Ishtirokchilarning qayd etishicha, keyingi vaqtlarda siyosiy partiyalar faoliyatida oʻzgarishlar koʻzga tashlanayotgan, xalqimiz tomonidan eʼtirof etilayotgan boʻlsa-da, bu ularning faoliyatini yetarlicha samarali deyishga asos boʻlmaydi. Shundan kelib chiqib, tadbirda xorijiy tajribani ham muttasil oʻrganib borish, ilgʻor tajribalarni qoʻllash orqali partiyalar oʻrtasida sogʻlom va konstruktiv raqobatni yuzaga keltirish masalalariga toʻxtalib oʻtildi. Seminarda davlat va jamiyat qurilishini rivojlantirish, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda siyosiy partiyalarning rolini, jumladan, qonunchilik va hokimiyatning vakillik organlariga saylovlarda siyosiy partiyalar ishtirokini kengaytirish orqali saylov jarayonining demokratligini taʼminlashda rivojlangan mamlakatlar tajribasi toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etildi. Bularning barchasi yurtimizdagi siyosiy partiyalar oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, ularning oʻz vakolatidan samarali foydalanishlarini kafolatlashda muhim oʻrin tutadi. 5 Xulosa Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, O'zbekistonda siyosiy tizimi zamonaviy siyosiy munosabatlar shart-sharoitlari va omillariga moslashish hamda uyg'unlashish sifatlariga ega bo'lib bormoqda. Siyosiy partiyalarning islohatlar jarayonidagi jamiyatni yangilash va modernizasiya qilish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdagi roli va ahamiyati kuchaytirish, ijro hokimiyati ustidan jamoatchilik, saylab qo'yiladigan hamda vakolatli organlar nazoratini kuchaytirish, taraqqiy topgan demokratik davlatlar tajribasi asosida yurtimizda haqiqiy ko'ppartiyaviylik muhitini qaror toptirishga qaratilgan hayotiy zarur huquqiy qoidalar o'z aksini topdi. Bularning barchasi siyosiy partiyalarning keng ko'lamda ijtimoiy-siyosiy faoliyat yuritishini ta'minlaydigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratilishiga va ularning jamiyatimizdagi o'rni va nufuzi va mavqeini, vakolatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Bizga ma'lumki, yangi qonun loyihalarini tayyorlash tashabbusi deputatlarning to'g'ridan-to'g'ri birlamchi vazifalaridan biridir. Zamon talablari, jamiyatimiz shartsharoitlari, aholimiz tub ehtiyojlarining mazmunidan kelib chiqqan qonun loyihalari borasida tashabbuslar siyosiy partiyalar fraksiyalari vakillari tomonidan muntazam ravishda ilgari surilishi zarur. Siyosiy partiyalar mamlakat fuqarolarining eng faol, dunyoqarashi, maqsadi, fikrlari mushtarak boʻlgan muayyan qismini oʻz safida birlashtirgan va umumxalq manfaatlari yoʻlida siyosiy hokimiyat uchun kurashadigan siyosiy tashkilot boʻlgani bois fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan ajralib turadi. 6 Download 19.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling