2. Kurash trenirofkasi vositalari. Kurash trenirofkasi uslublari
Download 44.04 Kb.
|
kurah 2
4. Kurash trenirovkasi tamoyillari
Pedagogik jarayon sifatida tashkil kilinadigan Kurashchilarning sport trenirovkasida jismoniy tarbiya tamoyillari va didaktik tamoyillar amalga oshiriladi (4-bob). Sport trenirovkasining bu tamoyillari bilan bir katorda boshka tarbiya shakllarida yo`k bo`lgan o`ziga xos konuniyatlar mavjuddir. Ular sport 8 trenirovkasining kuyidagi tamoyillarida o`z aksini topadi: mumkin kadar maksimal natijaga yo`naltirish, ixtisoslashish va individuallashtirishni chukurlashtirish, sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligi birligi, trenirovka jarayonining o`ziga xos uzluksizligi, trenirovka nagruzkalarini oshirib borishda ketma-ketlik xamda chegaralilik birligi, nagruzkalar dinamikasining o`ziga xos betakror to`lkinsimonligi, trenirovka jarayonining musobaka-nisbatlashgan siklliligi (L.P. Matveev, 1991). a) Mumkin kadar maksimal natijalarga yo`naltirish, ixtisoslashish va individuallashtirishni chukurlashtirish tamoyili Sportchining sport faoliyati mumkin kadar maksimal natijalarga erishishga karatilgan. Sport Kurashida bu malaka razryadlarining (1 razryad, sport ustasi, xalkaro toifadagi sport ustasi) bajarilishida, turli musobakalarda galabaga eishishda namoyon bo`ladi. Bunday yo`nalish sport trenirovkasi asosi xisoblanadi. U vositalar va uslublardan foydalanish, trenirovka nagruzkalari dinamikasi, trenirovka jarayonini tashkil etish xususiyatlarini belgilab beradi. Mumkin kadar maksimal natijalarga yo`naltirish tamoyili sportchining o`z kuchi va imkoniyatlarini to`lik namoyon kilishga bo`lgan intilishida xamda ularning maksimal rivojlanishi uchun sharoitlarning ta`minlanishida namoyon bo`ladi. Chukurlashtirilgan sport ixtisoslashishi uchun sharoitlarni yaratmasdan turib, sport Kurashida yukori natijalarga erishib bo`lmaydi. Shunday sharoitlardan biri - bu sport faoliyati jarayonida sportchining tanlangan Kurash turida takomillashishi uchun uning vakti va kuchini yanada kulay taksimlash xisoblanadi. Agar nisbatan yakin paytlarda ayrim Kurashchilar bir vaktning o`zida ikkita Kurash turida (masalan, sambo va dzyudo, yunon-rum xamda erkin Kurashda) yukori natijalarga erishishga xarakat kilgan bo`lsalar, xozirgi sharoitlarda bu umuman mum Download 44.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling