2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Bakalavr bosqichida o‘qitiladigan fanlar
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magistratura bosqichida o‘qitiladigan fanlar
- Kafedra a’zolarining chop etgan darslik, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy maqola va kitoblari
Bakalavr bosqichida o‘qitiladigan fanlar:
Asosiy o‘rganilayotgan (xitoy) til Sharqshunoslikka kirish Maxsus (xitoy tili ) filologiyaga kirish Asosiy o‘rganilayotgan til (xitoy tili) leksikologiyasi Asosiy sharq (xitoy) tilini o‘qitish metodikasi Asosiy sharq tilidan maxsus kurs (xitoy tili diplomatik terminologiyasi) Asosiy sharq tilining (xitoy) nazariy grammatikasi Magistratura bosqichida o‘qitiladigan fanlar: Mutaxasislikning nazariy masalalari Chet tilidagi matnni o‘qish va uni talqin qilish masalalari O‘rganilayotgan mamlakatda til vaziyati Tanlov fan (xitoy tili qiyosiy grammatikasi) Tanlov fan (xitoy tilshunosligi tarixi) Tanlov fan (xitoy tili tarixiy fonologiyasi) Xitoy tilida hisob so‘zlarning o‘qitilishi Asosiy chet tilidagi maxsus adabiyot bo‘yicha praktikum Tanlov fan (xitoy tili stilistikasi) Tanlov fan (xitoy tilida ish yuritish hujjatlari) Tanlov fan (xitoy matbuot tili xususiyatlari) Tanlov fan (xitoy tili siyosiy matnlari tarjimasi) Kafedra a’zolarining chop etgan darslik, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy maqola va kitoblari: Shu davr ichida A.A. Karimovning “Xitoy tilidagi hisob so‘zlar”; M.X.Mahmudxo‘jaevning “Xitoy tilshunosligi tarixi”; M.X.Mahmudxo‘jaev, J.T.Ziyamuhammedov va D.M.Qodirovalarning hamkorlikdagi “Sharq adabiyoti janrlari (Xitoy xalq masallari)”; Bekmuratov I.N. va N.R.Raxmetovalarning “Xitoy bayramlari”; T.Akimov va N.A.Zaitovalar tomonidan tuzilgan litsey talabalari uchun “Xitoy tili xrestomatiyasi” (2005); J.T.Ziyamuhamedovning “O‘rta asr xitoy novellalari” (2010y.) monografiyasi; L.A.Sultanova, J.T.Ziyamuhammedov va M.Turatovalarning “Xitoy tili” o‘quv qo‘llanmalari (2009); A.A.Karimov, Sh.Xidoyatova va E.Aminovlar hamkorligidagi “Xitoy tili grammatikasi” darsliklari; Sh.Shozamonov va I.Bekmuratovlarning “Xitoyda til vaziyati va siyosati” (2010); I.N.Bekmuratov, L.A.Sultanova ishtirokida XXR Lanchjoy universiteti xitoyshunos olimlari tomonidan tuzilgan va 2009 yilda XXRda nashr etilgan “Xrestomatiya publikasiy v sovremennoy kitayskoy presse” kabi o‘quv qo‘llanmalari; Sh.Shazamanov va I.N.Bekmuratovlar tomonidan “Xitoy matbuot tili” o‘quv qo‘llanmasi (2011); S.A.Nosirovaning “Xitoy tili ijtimoiy-siyosiy va diplomatik terminologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi (2011)chop etildi. Bundan tashqari: T.Akimov va J.A.Kiraubaevlarning “Xitoycha-o‘zbekcha-ruscha frazeologik lug‘ati” (2002); S.A.Nosirova va A.A.Karimovlarning “Xitoycha-o‘zbekcha-ruscha diplomatik terminlar lug‘ati” (2004); S.A.Nosirova va S.A.Xashimovalarning “Xitoycha-o‘zbekcha so‘zlashgich”i (2010); J.Yakubovning “Xitoy tili sport atamalari lug‘ati” (2010); N.A.Zaitovaning “Sung Yao hikoyalari to‘plami” (2010)nashr etildi. Kafedra o‘qituvchilarining barchasi muntazam ravishda turli xil xalqaro va respublika ilmiy - amaliy anjumanlarda ishtirok etib kelmoqdalar. Hozirgi kunga qadar filologiya fanlari nomzodi, dotsent A.A.Karimovning 48ta filologiya fanlari nomzodi, dotsent J.T.Ziyamuhamedovning 30ta, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent I.N.Bekmuratovning 40ta, s.f.fsiyosiy fanlar nomzodi Sh.I.Shozamonovning 40ta, filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi S.A.Nosirovaning 25ta, filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi S.A.Xashimovaning 20ta, kat o‘qituvchi L.A.Sultanovaning 10ta, o‘qituvchi U.X.Mavlyanovaning 7ta, o‘qituvchi D.M.Qodirovaning 5 ta,o‘qituvchi F.Xasanovaning 4ta, N.A.Zaitovaning 3 ta ilmiy maqolalari turli ilmiy to‘plamlarda nashr etilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Yozuvchilar uyushmasi” bilna hamkorlikda yuqori malakali tarjimonlardan tashkil topgan “Tarjimonlar to‘garagi” shakllantirildi, ushbu yo‘nalishda reja asosida o‘zbek adiblarining adabiyotlari tarjima qilinmoqda, ToshDShIning 20 yilligiga Cho‘lponning “Xalq” she’ri turli tillarga, jumladan, xitoy, vetnam, malay va indonez tillariga o‘girildi va nashrga topshirildi. Xitoy filologiyasi kafedrasi XXRning Pekin Universiteti, Lanchjou universiteti, Pekin pedagogik universiteti, Shanxay pedagogik universiteti, Pekin chet tillar instituti, Pekin kam sonli millatlar universiteti, Yunnan va Sinjon pedagogik universitetlari kabi oliygohlari bilan aloqalar o‘rnatgan. O‘zbekiston Respublikasi va XXRning Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari o‘rtasida imzolangan talaba va o‘qituvchilar bilan almashinuv sohasiga oid shartnomasiga binoan har yili xitoy filologiyasida tahsil olayotgan 7-10 talabalari va 1 yoki 2 nafar o‘qituvchilari XXRning ilg‘or oliygohlariga o‘qishga yuboriladi. Xususan, 2000-2007 yillar ichida ularning soni 50 nafar, 2007-2009 yillarda 30 nafarni tashkil etdi. ToshDShI qoshidagi Konfusiy Instituti bilan hamkorlikda ham qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etilgan, ushbu kurslar pedagog kadrlarning salohiyati va kasbiy mahoratini shakllantirib rivojlantirishga qaratilgandir. Kafedraning 90% o‘qituvchisi almashinuv shartnomasiga binoan XXRda o‘qib qaytgan o‘qituvchilardir. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling