2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Goyuy uchun harakatning xatoligini rasmiy tan olib, 1930 yildagi hukumat qaroriga muvofiq o‘sha davrda chjuin fuxao nomi bilan yuritila boshlangan chjuin szimu alifbosini Pekin lahjasining tovush tizimi bilan to‘liq moslikka keltirish lozim edi. 1932 yilda Maorif vazirligi tomonidan nashr etilgan «Goin chan’yun szi-xun» eng ko‘p qo‘llaniladigan ierogliflar ro‘yxatida ierogliflar o‘qilishi goyuy asosida emas, balki Pekin lahjasi asosida berilgan edi.
1949 yilda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganidan so‘ng lingvistik fanining haqiqiy rivojlanishiga ta’rifsiz imkoniyatlar ochilgan edi. XXR hukumatining da’vati – til qurilishidagi amaliy vazifalari bilan nazariyani bog‘lash, savodsizlikka barham berishda ko‘maklashish va savodlik darajasini ko‘tarish, ommalar uchun qulay bo‘lgan xitoy yozuvidagi islohotlar masalalarini chuqur o‘rganish, yozuvisiz tillar uchun alifbolarni yaratish va boshqa vazifalarga xitoy tilshunoslari tayyor ekanliklari bilan javob berdilar. «Chjungo yuyven» («Xitoy tili») va «Yuyven syuesi» («Tilni o‘rganish») lingvistik jurnallarning sahifalarida grammatika, leksika, fonetika, yozuv va til tarixi masalalari bo‘yicha keng lingvistik bahslar avj olib ketdi. Ushbu munosabat bilan xitoy yozuvini isloh qilish bo‘yicha 1955 yilning 15 oktyabrdan 23 oktyabrgacha bo‘lib o‘tgan Umumxitoy anjumani hamda shu yilning 25-31 oktabr kunlarida o‘tgan xitoy adabiy tilini me’yorlarga keltirish masalalariga oid Umumxitoy anjumanlari katta ahamiyatga ega edi. Bahslar davomida ikkita qarama-qarshi nuqtai nazarlar yuzaga keldi: tilshunoslarning birlari milliy xitoy tilini Pekin shevasi bilan tenglashtirganlar va Pekin shevasidagi til faktlarini umummilliy adabiy xitoy tilining me’yorlari sifatida hisoblanishida turib olgan edilar. Ularga qarshi bo‘lib, boshqa lingvistlar Pekin lahjasi umummilliy tilning asosi bo‘lishini inkor etardilar. Ushbu nuqtai nazarga Xuan Dyan-chenning Pekin lahjasi xitoy tilining boshqa lahjalaridan ustun kelishi mumkin emasligi haqidagi fikri mos keladi1. Oxiri oqibatda xitoy yozuvini isloh qilish bo‘yicha anjumanda milliy xitoy tili va uning lahjaviy negizi tushunchalari quyidagicha ifodalangan edi: xitoy milliy adabiy tili Pekin talaffuzi qo‘llanilgan shimoliy lahja negizida rivojlanadi. Ushbu ifodaga ko‘ra, yagona milliy adabiy til negizi sifatida keng tarqalgan, yagona grammatik tuzilishi va yagona lug‘aviy fondi bilan ta’riflanadigan shimoliy lahja bo‘lib hisoblanadi. Shimoliy Xitoyning katta hududlarida hamda Pekin shahrining o‘zida ham Pekin talaffuzining keng tarqalganini e’tiborga olib, adabiyotda o‘rnatilgan an’anaga muvofiq, «Pekin lahjasi» atamasini ishlatishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Ushbu nuqtai nazarda asosan xitoyliklar yashaydigan va mamlakatning deyarli yarmini tashkil qilgan katta hududlarda keng tarqalgan shimoliy lahjalarning orasida Pekin lahjasi markaziy yadro bo‘lib hisoblanayapti. 700 yillik tarixga ega Pekin lahjasi qadimdan madaniyat, adabiyot, mamlakatning bosh ma’muriy va tijorat markazlarida qo‘llanilar edi. Pekin lahjasida barcha markaziy radioeshittirishlar, ko‘pgina tumanlarda filmlar va spektakllar namoyish qilinadi. Pekin talaffuzi umummilliy xitoy tilining adabiy me’yori sifatida rasmiy tan olinishi Pekin lahjasining yetakchi rolini ta’kidlab turadi. Biroq aytish o‘tish joizki, umummilliy til va hududiy lahja-negiz o‘rtasida to‘liq moslik bo‘lmasligi mumkin: lahja-negizning o‘ziga xos xususiyatlari milliy til doirasida chetda qoladi. Xitoy milliy adabiy tili Pekin yoki boshqa bir lahjadagi narsalarni to‘liq o‘ziga ololmaydi. Shu bilan birga, milliy til rivojlanib borishi jarayonida doimiy ravishda boshqa lahjalar hisobiga boyib boradi, tadrijiy ravishda o‘z vazifasini bajarish – insonlar o‘rtasida to‘laqon muloqot vositasi sifatida xizmat ko‘rsatish – uchun barcha zarur narsalarni o‘z ichiga oladi. Milliy tilning mustahkamlanib borishi sari lahjalarning roli asa-sekin pasayib boradi, lekin ular uzoq vaqt mobaynida umummilliy adabiy til bilan barovar qo‘llaniladi. Putunxua umummilliy xitoy tili hamma taraflama tan olingan bo‘lsa ham, Xitoyga kirgan mustamlakachilik tufayli xitoy milliy rivojlanishi kechiktirilgani uchun hali keng tarqalmagan. Haligacha ko‘p xitoyliklar putunxuada emas, mahalliy lahjalarda so‘zlashadilar. Ko‘p maktablarda turli umumta’lim fanlardan mashg‘ulotlar milliy lahjalarda olib boriladi, faqat adabiy matnlarni o‘qish darslarida o‘qituvchi va o‘quvchilar Pekin talaffuzi me’yorlariga rioya qilishga harakat qiladilar. Mahalliy radioeshittirishlar putunxuada va mahalliy lahjalarda olib boriladi, shuning uchun bir xil eshittrishlar qaytariladi. Teatrlarning gastrollari ancha qiyinlashadi. Xitoydagi avj olgan sotsialistik qurilish davrida barcha xitoy xalqi uchun yagona adabiy tilga bo‘lgan ehtiyoj juda sezilar edi. Biroq ma’lum vaqtgacha adabiy tilning me’yorlari aniq belgilanmagan va qonunlashtirilmagan edi. 1956 yilning fevralida Pekin talaffuziga tayangan putunxua milliy tilning qabul qilinishi va ommaviy tarqatilishi haqida hukumat qarori qabul qilindi2. Biroq, aniqlash kerak ediki, Pekin shevasining qaysi talaffuz xususiyatlari umummilliy xitoy tilining adabiy me’yorlari bo‘lib hisoblanishi kerak. Pekin shevasining o‘zida so‘zlar va morfemalar talaffuzida farqlanish (tafovut)lar mavjud edi. Masalan, «ta’minlamoq» so‘zi bir gunszi, bir gungey deb o‘qiladi, «yetilmoq, pishmoq» so‘zi gohida yunnyan, gohida venjan deb talaffuz qilinadi, «xavf-xatar» (veysyan’) so‘zida birinchi morfema ba’zida birinchi, ba’zida ikkinchi Pekin toni bilan talaffuz qilinadi va h.k. Aniq belgilangan me’yorlarning yo‘qligi mazmun va stilistik jihatlardan farqlanmaydigan sinonimlar ko‘pligida yaqqol ko‘rinib turadi. Masalan, «sement» xitoychasiga yanxuy, va shuyni deyilishi mumkin, biroq bu ikkita so‘z mazmunda ham, qo‘llanilishda ham qandaydir farqlarga ega emas. Bir birini qaytaradigan (dubl qiladigan) shu kabi sinonimlarning ko‘pgina holatlari lug‘atlarni qalashtirib yuboradi va o‘rganishni ancha qiyinlashtirdi. O‘zboshimchalik (erkin tarzda) so‘z yasash va abbreviatura (qisqartirish)larni suiste’mol qilish natijasida faqatgina tor doiradagi odamlarga tushunarli bo‘lgan so‘zlar paydo bo‘ladi. Masalan, szyan’li syuanchuan’van gunszo – «targ‘ibot tarmog‘ini yaratish bo‘yicha ish» o‘rniga szyan’van gunszo xalqqa tushunarsiz bo‘lgan qisqartirma ishlatiladi. Meygo digochjui «amerika imperializmi» iborasi meydi gacha qisqartirilib yuborilishi asossiz bo‘lmoqda. Qator masalalarda grammatika tartibga keltirilishi lozim edi. Masalan, ham predloglar sifatida qo‘llaniladigan biriktiruvchi bog‘lovchilar xe, duy, gen, yuy, szi o‘rtasida aniq chegara o‘tkazilmagan. Chufey, «agar faqat hozir bo‘lmasa» bog‘lovchisining qo‘llanilishi anchagina zid bo‘ladi. Ilgari u faqat fe’lning tasdiq shakli bilan ishlatilgan bo‘lsa, hozirda inkor shakli bilan ham kelishi mumkin, biroq, gapning mazmuni o‘zgarmas bo‘lib qolaveradi. Ma’lum vaqtgacha tinish belgilarini qo‘yish to‘liq qoidalari yetarli darajada ishlanmagan edi. Xitoy millati uchun tilni me’yorlashtirish va uni butun mamlakatda tarqalib borishi nafaqat kelajakda alifbolik yozuvga o‘tishi uchun, balki xitoy xalqining siyosiy, iqtisodiy va madaniy birlashishi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling