2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Sifatlarning sintaktik va sintaktik-morfologik usullarda yasalishi


Download 1.31 Mb.
bet47/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

Sifatlarning sintaktik va sintaktik-morfologik usullarda yasalishi
Xitoy tilida sifatlar morfologik (affikslar vositasida) yasalishdan tashqari yana sintaktik (so‘zlarning birikuvi) va sintaktik-morfologik (ya’ni so‘zlarning birikuvi-affikslar) usuli bilan yasaladi.
Ayrim xitoylik olimlar qayd etishicha, xitoy tilida odatdagi xususiyatlarga ega bo‘lgan bir bo‘g‘inli sifatlar – “mutlaq sifatlar” (absolyut sifatlar)ning 66 kichik bir guruhi mavjud bo‘lib, ular, avvalo, o‘lchov va daraja ravishlarini aniqlovchi sifatida qabul qila olmasligi bilan tavsiflanadi. Bular quyidagi so‘zlar:
横hénɡ – “gorizontal”
竖 shù – “vertikal”
总zǒnɡ – “umumiy”
正zhènɡ – “bosh” (o‘rinbosar emas)
副fù – “ikkinchi, bir pog‘ona pastda turuvchi, o‘rinbosar”
左zuǒ – “chap”
右yòu – “o‘ng”
假 jiǎ – “sohta”
真 zhēn – “haqiqiy”
Bu sifatlar o‘z grammatik xususiyatlariga ko‘ra o‘lchov va daraja ravishlari bilan birikmasligi bilangina emas, balki ularning aksariyati uchun otlarni aniqlash funksiyasi - me’yoriy xususiyat kasb etishi bilan ham ajralib turadi. Bog‘lovchisiz (ayrim sifatlar uchun esa - bog‘lovchili) kesim funksiyasi umuman kuzatilmaydi. Masalan:
我一到上海,变买定一条辫子。
(鲁迅小说集)
Wǒ yí dào shànɡ hǎi , biàn mǎi dìnɡ yì tiáo jiǎ biàn zi.
“Shanxayga kelishim bilan sohta ulama sochni sotib oldim”.
“Mutlaq sifatlar” o‘zidan keyin keladigan otlar bilan uzviy bog‘lanadi. Ammo ularni otlarning prefikslari qatoriga kiritish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Birinchidan, “mutlaq sifatlar” ayrim hollarda aniqlanuvchidan boshqa aniqlovchilar yoki 的 de suffiksi bilan ajratilishi mumkin. Masalan:
可是在这后面,必是在这“后面”才有真的他。
Kě shì zài zhè hòu miɑn , bì shì zài zhè “ hòu miɑn ” cái yǒu zhēn de tā .
(老舍短篇小说选)
“Ammo uning haqiqiy yuzi shuning, aynan shuning ortida yashiringan edi” (aynan: “va haqiqiy u edi”)
这不可能!不会是真的
Zhè bù kě nénɡ ! bú huì shì zhēn de !
“Bu bo‘lishi mumkin emas! Bu haqiqat bo‘lishi mumkin emas!”
Yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, xitoy tilida o‘z tuzilishiga ko‘ra turli xil o‘zgarmas aniqlovchilar mavjud bo‘lib, ular odatda faqat otlarning aniqlovchisi bo‘lib keladi.
Masalan:
前任qián rèn – “sobiq” (mansabdor shaxs haqida)
首席shǒu xí – “bosh” (vakil haqida)
对外duì wài – “tashqi”
人为rén wéi – “sun’iy”
Bunday birikmalarning grammatik tabiatini tavsiflash uchun avvalo ular qanday (morfologik yoki sintaktik) birikmalar ekanligini aniqlash, boshqacha qilib aytganda, birinchi navbatda bunday birikmalar ularning grammatik mustaqilligi nuqtai nazaridan so‘z yoki so‘z birikmasi ekanligini aniqlash lozim.
Bu birikmalarni ularning tarkibiga kiruvchi komponentlarning grammatik mustaqilligi prinsipiga ko‘ra taqsimlaydigan bo‘lsak, quyidagi guruhlarni ajratishimiz mumkin:
1. Tilda qo‘shma so‘zlarning tarkibiy qismlari sifatidagina mavjud bo‘lib, alohida so‘z vazifasida mustaqil ishlatilishi mumkin bo‘lmagan komponentlardan iborat birikmalar. Masalan: 业余yè yú “havaskorlik” (lyubitelskiy), 医务yī wù “tibbiy” (masalan, 医务人员yī wù rén yuán “tibbiy xodimlar”);
2. Komponentlardan biri mustaqil ishlatilmaydigan, ikkinchisi esa so‘z sifatida erkin ishlatilishi mumkin bo‘lmagan, lekin muayyan kontekstlar, iboralar va birikmalarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan birikmalar. Masalan: 特命tè mìnɡ “favqulotda”, 特tè “alohida” mustaqil ishlatilmaydi, 命tè mìnɡ bog‘langan birikmalarda so‘z bo‘lib kelishi mumkin (要我的命yào wǒ de mìnɡ “Meni hayotdan ayiryaptilar”); 卫国wèi ɡuó “vatan” (urushi), 卫wèi “himoya qilmoq” mustaqil ishlatilmaydi, 国 ɡuó “davlat” ko‘p sonli o‘zgarmas iboralarda so‘z bo‘lib amal qiladi, masalan: 我国wǒ ɡuó “mamlakatimiz”; 无形 wú xínɡ “ko‘rinmas”, 无wú “ega bo‘lmaslik” ayrim kontekstlarda so‘z sifatida ishlatiladi, 形xínɡ “shakl” esa mustaqil ishlatilmaydi;
3. Komponentlardan biri so‘z vazifasida mustaqil ishlatilishi mumkin bo‘lgan, ikkinchisi esa ishlatilishi mumkin bo‘lmagan birikmalar. Masalan: 常务chánɡ wù “doimiy” (saylov organi haqida) (常chánɡ “doimiy” - so‘z), 唯一wéi yī “yagona, bitta” (一yī “bir” - so‘z), 有机yǒu jī “uyg‘un” (有yǒu “ega bo‘lmoq” - so‘z);
4. Komponentlardan biri mustaqil so‘z sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan, ikkinchisi esa so‘z sifatida muayyan sharoitlardagina ishlatiladigan birikmalar. Masalan: 日用rì yònɡ “kundalik” (日rì “kun” sonlarning nomlaridagina alohida ishlatiladi: 二十五日èr shí wǔ rì “25 chi sana”), 法定fǎ dìnɡ “qonun bilan belgilangan” (法fǎ “qonun” ma’nosida muayyan birikmalardagina saqlangan: 国际法 ɡuó jì fǎ “xalqaro huquq”);
5. Komponentlari mustaqil so‘zlar sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan birikmalar. Masalan: 现行xiàn xínɡ “hozirda amalda bo‘lgan, haqiqiy”, 原任yuán rèn “sobiq” (mansabdor shaxs haqida), 外来wài lái “kelgindi”67.
Bunday birikmalar to‘liq yoki qisman hozirgi zamon xitoy tilida mustaqil so‘zlar sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lmagan komponentlardan yasalgan hollarda, ular, hech shubhasiz, so‘z birikmalari emas, balki so‘zlar hisoblanadi. Aks holda biz mustaqil so‘zlarning o‘zaklar yoki o‘zaklar birikmasi bilan qo‘shilishidan yasalgan so‘z birikmalariga ega bo‘lar edik. Birinchi, ikkinchi va uchinchi guruhlarning birikmalari shunday xususiyatga ega.
Ammo ohirgi ikki guruhda bunday birikmalarga kiruvchi komponentlar xususiyatini tahlil qilishning o‘zi ularni so‘z birikmalar qatoriga kiritish uchun asos bo‘la olmaydi. Bu birikmalar tuzilish jihatidan har xil bo‘lgani bois, ularga nisbatan yondashuv ham turlicha bo‘lishi lozim.
Quyida har xil tuzilishga ega bo‘lgan ayrim birikmalarni ko‘rib chiqamiz.
I. Alohida olingan ikkinchi komponent hozirgi zamon xitoy tilida ko‘makchi sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan birikmalar68(内nei “ichida”, 外wài “tashqarida”, 前qián “oldida”, 下xià “ostida” va shu kabilar). Bunday birikmalardan ayrimlarining xususiyatlarini 国内ɡuó nèi “davlatdagi” so‘zining misolida ko‘rib chiqamiz:
1) Birinchi komponent 国ɡuó “davlat” ikki bo‘g‘inli so‘z 国家ɡuó jiā “davlat”dan farqli o‘laroq funksional bog‘langan so‘z hisoblanadi. Ammo xitoy tilida ko‘makchilar ishlatilganda ayrim hollarda so‘zning elementlaridan biri tushib qoladi (taqqoslang: 屋子wū zi “xona”, 屋里wū lǐ “xonada”; 村子cūn zi “qishloq”, 村上cūn shànɡ “qishloqda”; 城市chénɡ shì “shahar”, 成里chénɡ lǐ “shaharda”). Shunday qilib, o‘z ichki tuzilishiga ko‘ra国内ɡuó nèi ot va ko‘makchi birikmasi sifatida talqin qilinishi mumkin.
2) Ot aniqlovchisi vazifasida 的 de ni talab qiluvchi oddiy ko‘makchili birikmalardan farqli o‘laroq, 国内ɡuó nèi, aksincha, aniqlovchi vazifasida kelganda的 de ni odatda talab qilmaydi; 的 de aniqlovchini ajratib ko‘rsatish, unga urg‘u berish lozim bo‘lgan alohida hollardagina paydo bo‘lishi mumkin.
Taqqoslang:
...加上他脸上的泥,身上的汗。
(老舍骆驼祥子)

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling