2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Sifatlarning grammatik xususiyatlari


Download 1.31 Mb.
bet50/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

Sifatlarning grammatik xususiyatlari
Xitoy tilidagi sifatlar rus tilidagi sifatlardan farqli ravishda jins, son va kelishiklar bo‘yicha o‘zgarmaydi. Xitoy tili­dagi sifatlarning boshqa o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu zamonda o‘zgaruvchan va modal shakllarni xosil qilishdir.
Sifatlarning zamonda o‘zgaruvchan shakllar
(tuslanuvchi sifatlar)

Xitoy tilida asl (tub) sifat o‘zining birlamchi, lug‘aviy shak­li bo‘yicha u yoki bu predmetning belgisi (xususiyati)ni ifo­da­laydi. Ushbu belgi o‘zgaruvchan bo‘lganligi bois, sifatlardan zamonda o‘zgaruvchan shakllar hosil bo‘lishi mumkin.
Sifatlarning zamonda o‘zgaruvchan shakllari 了 le, 过 guo, 着 zhe suffikslari orqali yasaladi.
le suffiksi orqali yasalgan shakl asl belgining ro‘y ber­gan fakt sifatida shakllanishini ko‘rsatib turadi.
guo suffiksi bilan yasalgan shakl asl (tub) belgining o‘tmishda bo‘lganligiga ishora qiladi.
zhe suffiqsi yordamida hosil bo‘lgan shakl zamonda davom etayotgan jarayon (holat) sifatida namoyon bo‘ladi.
Sifatlarning modal shakllari
Ba’zan xitoy tilida asl (tub) sifatlarning modal shakl­la­rini kuzatish mumkin. 得de infiksi orqali hosil bo‘lgan shakl predmet­ning u yoki bu belgisini (xususiyati)ning imkoni borli­gi (imkoni yo‘qligi)ni ko‘rsatib turadi. 她自己也知道好不了ta ziji ye zhidao haobu liao (u o‘zi bilardi, sog‘ayib keta olmas­ligini).
得 de suffiksi yordamida hosil bo‘lgan shakl predmetning doimiy belgisi sifatida qandaydir xususiyatining imkoni bor­ligini ifodalaydi. 不 bu infiksi orqali yasalgan shakl o‘z nav­batida predmetning u yoki bu xususiyatining imkoni yo‘qli­gini ko‘rsatib turadi.
Sifatlarning reduplikatsiyasi
(takroriy shakl)

Xitoy tilida asl (tub) sifatlarning takrorlanish usuli keng qo‘llaniladi. Takrorlash odatda (har doim emas) sifat ifo­dalayotgan belgini kuchaytiradi, unga shiddat (intensiv)lik ma’­nosini beradi: 短短 duanduan kalta-kalta (kap-kalta); 厚厚 houhou semiz-semiz (sep-semiz); 干干净净 ganganjingjing toza-toza (top-toza).
Takrorlangan shakldagi sifat daraja ravishlari bilan ish­la­tilmaydi. Inkorlikni ham o‘ziga olmaydi. Shu bilan birga bunday sifat了le,过 guo,着 zhe suffikslari bilan yasalmayd­i va yordamchi fe’’lar bilan qo‘llanilmaydi.



Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling