2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Sifat darajalari va ularning tahlili
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Sifat darajalari va ularning tahlili
Predmet, holat, hodisa va ish-harakatning turli-tuman o‘ziga xos konkret hamda abstrakt belgilari bo‘ladi. Bunday belgilar me’yor va shu me’yorga nisbatan ortiq yoki kam, past yoki baland bo‘lishi mumkin. Belgining bunday xususiyatlari sifatning daraja formalari yordamida ifodalanadi. Xitoy tilida sifat darajalari uch turga (orttirma, ozaytirma va qiyosiy) bo‘linadi. Xitoy tilida sifat darajarini ifodalashda maxsus so‘zlar (ierogliflar) , so‘z birikmalar va grammatik konstruksiyalar ishlatiladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, xitoy tilida sifat darajasini ifodalash uchun maxsus so‘zlar ishlatiladi. Aynan orttirma darajani ifodalash uchun quyidagi so‘zlar ishlatiladi: 很hěn, 好hǎo, 最zuì, 太tài80. 很hěn va好hǎo (“juda”) ravishlari sifatning intensiv darajasini ifodalab, har doim sifatdan oldin keladi: 张夫人的女儿很好看。 Zhānɡ fū rén de nǚ ér hěn hǎo kàn。 “Chjan xonimning qizi juda chiroyli” 山很高. Shān hěn ɡāo. Juda baland tog‘lar. 里面很幽静,他决定住在这里。 Lǐ miàn hěn yōu jìnɡ , tā jué dìnɡ zhù zài zhè lǐ 。 Atrof juda tinch va qulay ekan u shu yerda yashashga jazm etdi.81 最zuì (“eng”) ravishi ham sifatning orttirma darajasini ifodalab很hěnva好hǎo (“juda”) ravishlari singari doim sifatdan oldin keladi: 这种黄瓜最长。 Zhè zhǒnɡ huánɡ ɡuā zuì chánɡ. “Bu navdagi bodriglar eng uzundir” 我买了最好的大衣。 Wǒ mǎi le zuì hǎo de dà yī 。 “Men eng yaxshi palto sotib oldim” 黑面包最好吃。 Hēi miàn bāo zuì hǎo chī。 “Qora non eng shirindir” 这正是王文最愁的事情,眼泪流下来什么也没回答。 Zhè zhènɡ shì wánɡ wén zuì chóu de shì qínɡ , yǎn lèi liú xià lái shén me yě méi huí dá 。 O‘zi xam shu haqda o‘ylab o‘tirgan Vang Ven yuragi siqilib, ko‘zlaridan jiq jiq yosh oqa boshladi.82 太tài (“o‘ta, juda”) ravishi: 他不爱吃太酸的李子。 Tā bú ài chī tài suān de lǐ zi 。 “U o‘ta (juda) nordon olxo‘rini yomon ko‘radi” 天山太高 Tiān shān tài ɡāo. “Tyanshan tog‘lari juda baland” 这孩子实在太聪明了83! Zhè hái zi shí zɑi tài cōnɡ mínɡ liǎo ! Juda aqlli bola-da! Hozirgi zamon xitoy tilining og‘zaki nutqida 太好了tài hǎo le so‘z birikmasi ko‘p uchraydi. Ammo bu yerda 好hǎo so‘zi “juda” ravishi emas, balki o‘zining birinchi ma’nosida keladi, ya’ni “yaxshi”. Sifatlarning orttirma darajasini yana bir usul bilan ifodalash mumkin, bu aynan I bobimizda to‘xtalib o‘tgan reduplikatsiya usuli orqali. Masalan: 大dà “katta” - 大大 dà dà “juda katta”, 小xiǎo “kichkina” - 小小xiǎo xiǎo “juda kichkina”; 干净 ɡān jìnɡ “toza” - 干干净净ɡān ɡān jìnɡ jìnɡ “juda toza” va shu kabilar. Sifatlarnng ikkilangan shakllari ko‘pincha的de suffiksi bilan birga keladi: 好好的 hǎo hǎo de “juda yaxshi” yoki ikki suffiks bilan birga:儿 ér va 的de - 好好儿的hǎo hǎo ér de (ayni shu ma’no). Xitoy tilida ozaytirma darajani hosil qilish uchun sifatdan oldin quyidagi ikkita birikma ishlatiladi: 有一点儿yǒu yì dián ér va 有一些yǒu yì xiē (“biroz”, “azgina”): 面包有一点儿硬。 Miàn bāo yǒu yì dián ér yìnɡ。 Non biroz qattiq 汉语有一些难学。 Hàn yǔ yǒu yì xiē nán xué。 “Xitoy tili biroz murakkab” 李子有一点儿酸。 Lǐ zi yǒu yì dián ér suān 。 “Olxo‘ri ozgina nordon”. Ko‘rib turganimizdek xitoy tilida sifatning orttirma darajasi kabi ozaytirma darajasi ham juda oson hosil bo‘ladi. Ko‘rib turganimizdek mazkur darajalarni ifodalashda xitoy tilida turli xil usullar hamda vositalar mavjud. Mas., Xitoy tilida sifatlarning orttirma darajasini reduplikatsiya usuli orqali ifodalash mumkin: 大大dà dà – kata-katta (juda kata ma’nosida); ma’noni kuchaytirish uchun maxsus kuchaytiruvchi so‘zlar qo‘llaniladi: juda (很hěn,好hǎo), eng (最 zuì), ozaytirma ma’noni ifodalash uchun – 有一点儿yǒu yì dián ér va 有一些 yǒu yì xiē (ozgina). Sifat belgi ifodalarida qiyoslash darajasi ham katta o‘rinni egallaydi. Bu daraja orqali belgining ortiq yo kamligi, yuqori va pastligi qiyoslash yo‘li orqali aniqlanadi. Ya’ni bunda predmetlarning o‘zi yoxud ularning belgilari bir-biriga chog‘ishtiriladi. Xitoy tilida qiyosiy daraja 一点儿 yì dián ér 一些yì xiē (‘ma’lum miqdorda’, ‘bir nechta’, ‘ozgina’) so‘zlari hamda “... 比 ...” va “... 没有...” konstruksiyalari yordamida ifodalanadi. “... 比 ...” ... bǐ... konstruksiyasi Xitoy tilida sifatlarning qiyosiy darajasini ifodalash uchun “... 比 ...”84 konstruksiyasi keng qo‘llaniladi. Mazkur konstruksiyali gaplar taqqoslanayotgan predmet yoki shaxslarning sifatlari o‘rtasidagi farqlarni anglatadi 85. “比” li to‘ldiruvchi har doim kesimdan oldingi pozitsiyani egallaydi. Mas.: 今天天气比昨天冷 Jīn tiān tiān qì bǐ zuó tiān lěnɡ Bugun havo kechigiga qaraganda sovuqroq. 我的哥哥比弟弟高. Wǒ de ɡē ɡe bǐ dì di ɡāo. “Akam ukamdan balandroq” O‘lchov darajasini ifodalash uchun kesimdan oldin qiyosning miqdorligini belgilaydigan munosib so‘zlar ishlatiladi. Gapda ular o‘lchov holi hisoblanadi. Mas.: 这篇文章比那篇长十页. Zhè piān wén zhānɡ bǐ nà piān chánɡ shí yè. “Bu maqola anavisidan 10 varaqga uzunroq” 字典比课本贵三十块钱. Zì diǎn bǐ kè běn ɡuì sān shí kuài qián. “Lug‘at darslikdan 30 yuanga qimmatroq” Yuqoridagi gaplarni tahlil etish natijasida quyidagi formulalaga ega bo‘ldik:
Yana shuni aytib o‘tish joizki, o‘lchov holli va postpozitiv86 holli gaplar orasida biroz farq mavjud. Birinchisi kesim bilan bevosita o‘zi bog‘lovchisiz biriksa, ikkinchisi esa 得dé yuklamasi yordamida birikadi. Taqqoslang: 他比我重量公斤. Tā bǐ wǒ zhònɡ liànɡ ɡōnɡ jīn. “U mendan 2 kg ga og‘irroq” 他比我重得多. Tā bǐ wǒ zhònɡ dé duō. “U mendan ancha og‘ir” 你的书比我的少十五本. Nǐ de shū bǐ wǒ de shǎo shí wǔ běn. “Seni kitoblaring menikidan 15 taga kam” 你的书比我的少得多. Nǐ de shū bǐ wǒ de shǎo dé duō. “Seni kitoblaring menikidan ancha kam” “比” “ bǐ ” konstruksiyasi orqali tuzilgan vositali to‘ldiruvchili gaplarning inkor shaklida faqatgina 不bú inkor yuklamasi ishlatiladi. U har doim “比” “ bǐ ” dan oldin keladi: 这件衣服不比那个贵. Zhè jiàn yī fu bù bǐ nà ɡè ɡuì. “Bu kiyim anavidan qimmat emas” 东京不比上海大. Dōnɡ jīnɡ bù bǐ shànɡ hǎi dà. “Tokio Shanxaydan katta emas” Xitoy tilida qiyosiy darajani ifodalash uchun “比” bǐ konstruksiyasidan tashqari inkor ma’noni anglatuvchi “... 没有méi yǒu ...” konstruksiyasi ham ishlatiladi. Bunday gaplarda kesimdan oldin 那么nà me (“bunday”) so‘zi kelishi ham mumkin. Mas.: 我这次买的书没有你借给我的那本那么有意思. Wǒ zhè cì mǎi de shū méi yǒu nǐ jiè ɡěi wǒ de nà běn nà me yǒu yì si . Bu safar sotib olgan kitobim menga berib turgan kitobing kabi qiziqarli emas. 城市里的空气没有城外的那么新鲜. Chénɡ shì lǐ de kōnɡ qì méi yǒu chénɡ wài de nà me xīn xiān. “Shahardagi havo shahardan chettigi havodaka toza emas” Bundan tashqari bu tipdagi gaplarda没有méi yǒu o‘rniga 不如 bù rú birikmasini ham ishlatsa bo‘ladi: 红场不如天安门广场宽阔. Hónɡ chǎnɡ bù rú Tiān ān mén ɡuánɡ chǎnɡ kuān kuò. Qizil maydon Tian anmen kabi keng emas. 不如bù rú gapda kesim vazifasida ham kelishi mumkin: 她作的饭不如我作的. Tā zuò de fàn bù rú wǒ zuò de. “U mendan ko‘ra ovqatni yomonroq pishiradi” 听到一百次不如见到一次. Tīnɡ dào yì bǎi cì bù rú jiàn dào yí cì “Yuz marta eshitgandan ko‘ra bir marta ko‘rgan afzal” Qiyosiy daraja yuqorida ko‘rib chiqqan 3ta konstrkuksiya orqali va shu bilan birga 远远yuǎn yuǎn (ancha) ravishi yordamida ham ifodalanadi: 中国人说,馒头远远比面包好吃. Zhōnɡ ɡuó rén shuō , mán tou yuǎn yuǎn bǐ miàn bāo hǎo chī . “Xitoyliklarning aytishicha, pampushkalar nondan ko‘ra ancha mazaliroq” 美国远远没有俄罗斯那么大 Měi ɡuó yuǎn yuǎn méi yǒu é luó sī nà me dà “AQSh Rossiyaga qaraganda ancha kichkina” 我觉得英语远远不如法语好听. Wǒ jué dé yīnɡ yǔ yuǎn yuǎn bù rú fá yǔ hǎo tīnɡ. “Menimcha, ingliz tili fransuz tili kabi yoqimli emas” Xitoy tilida sifatning qiyosiy darajasi ma’lum konstruksiyalar yordamida ifodalanadi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling