2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Olmoshlarning tasniflanishi
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Olmoshlarning tasniflanishi
Xitoy tilidagi olmoshlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: Kishilik olmoshlari. Egalik olmoshlari. Ko‘rsatish olmoshlari. Aniqlovchi olmoshlar. Nisbiy olmoshlar. Kishilik olmoshlari: 我 wo men, 你 ni sen, 他 ta u. Kishilik olmoshlarning ko‘pligi 们 men suffiksi orqali hosil bo‘ladi. Bundan tashqari kishilik olmoshlarning boshqa shakllari ham mavjud: a) 1-shaxs ko‘plik women shakli bilan bir qatorda 咱们 zanmen olmoshi qo‘llanilladi. Bu ikkita so‘z o‘rtasida ma’no jihatdan farq bor. 咱们 zanmen olmoshi doim o‘z ichiga ikkinchi shaxsni ham oladi, masalan: sen va men, sen bilan biz, sizlar bilan biz; women esa ba’zilarda ikkinchi shaxsni nazarda tutmaydi: u va men, ular va men, biz u bilan, biz ular bilan. Xitoyshunoslarning ta’kidlashicha, bu qoidaga qat’iy rioya qilinmaydi. b) 2-shaxs birlik 你 ni olmoshi bilan birga iltifotli 您 nin Siz shakli ham mavjud. Birlikdagi va ko‘plikdagi egalik olmoshlari kishilik olmoshlariga 的 de suffiksini qo‘shish yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Egalik olmoshlari qatoriga自己的 zijide o‘zi olmoshi ham kiritiladi. Ko‘rsatish olmoshlari. 这 zhe bu olmoshi yaqin masofada joylangan yoki endigina aytilgan predmetni anglatadi, 那 na ana u uzoqda joylashgan yoki ilgari eslatib o‘tilgan predmetni belgilaydi. 这样 zheyang, 那样 nayang bunday, unday predmetning eslatib o‘tilgan belgisi (sifati)ga ishora qiladi. Sifatlar bilan birga bu olmoshlar belgining eng yuqori darajada namoyon bo‘lganini ifodalaydi. Venyandan olingan 此 ci ko‘rsatish olmoshi zamonaviy tilning kitobiy yozuv shakllarda qo‘llaniladi. Aniqlovchi olmoshlar qatoriga quyidagilar kiritiladi: 每 mei har bir, 凡是 fanshi har bir har qanday, 自己 ziji o‘zi, 别的 biede boshqa, 大家 dajia barcha, hamma, 一切 yiqie hammasi, barchasi, hamma va boshqalar. 任何 rehne har qanday, har bir venyandan olingan bo‘lib, asosan yozma nutqda ishlatiladi. Xitoy tilidagi so‘roq, shaxsi noma’lum, nisbiy olmoshlar genetik bog‘liq. Tovush jihatdan ular omonimlar bo‘lib hisoblanadi. Yozuvda ham bir xil bo‘lgan ierogliflar bilan ifodalanadi. Ularning ma’nosi alohida har bir holatda kontekstdan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Masalan, zamonaviy xitoy tilida uchta so‘z-omonim mavjud: so‘roq olmoshi 谁 shui kim?, shaxsi noma’lum olmosh shui kimdir va nisbiy olmosh 谁 shui-.... 谁 shui kim ...... o‘sha. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling