2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Hatti-harakatni bajarish qobiliyati


Download 1.31 Mb.
bet56/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

Hatti-harakatni bajarish qobiliyati: 能[néng],能够[nénggòu],会[huì]
Ruxsat ehtimollik: 可以[kěyǐ],可能[kěnéng]
Zaruriyat: 应该[yīnggāi],应当[yīngdāng],该[gāi],要[yào]
Shart: 必须[bìxū],得[dei]
Xohish istak: 要[yào],想[xiǎng],愿意[yuànyì],敢[gǎn],肯[kěn],打算[dǎsuàn],希望[xīwàng]
Suffiksatsiya. So‘z yasashning bu usuli asosan natijali fe’l­larda namoyon bo‘ladi. Bu turdagi fe’llarda u asosiy rolni bajaradi.
Asl (tub) natijali fe’llar quyidagi suffikslar orqali ho­sil bo‘ladi: 到 dao, 着 zhao, 住 zhu, 见jian, 好 hao, 成 cheng, 完 wan, 了liao, 掉 diao, 得 de. Masalan, 听tingjian eshitib olmoq, 做好 zuohao qilib olmoq, 变成 biancheng aylanib olmoq, 写完 xiewan yozib olmoq, 做了 zuoliao bajarib olmoq, 吃掉 chidiao yeb bo‘lmoq.
de suffiksi – dao 到 suffiksining sinonimi. Biroq, za­mo­­naviy xitoy tilida 得 de suffiksi samarali so‘z yasash mor­fe­masi emas, uning yordamida faqat oz miqdordagi fe’llar yasaladi, masalan : 看得 kande ko‘rib olmoq, 听得 tingde eshitib olmoq.
Natijali yo‘naltirilgan fe’llar quyidagi suffikslar orqali hosil bo‘ladi: 上 shang, 下xia, 进 jin, 出chu,过 guo, 起 qi, 回 hui, 开 kai. Masalan, 走上 zoushang chiqib olmoq; 躺下tangxia yotib olmoq; 运进 yunjin olib kirmoq; 爬出 pachu emaylab chiqib olmoq; 跑过 paoguo yugurib o‘tmoq; 飞起 feiqi uchib chiqmoq; 退回 tuihui chekinmoq, tisarilmoq.
Natijasiz fe’llar faqatgina de 得 suffiksiga egadir. Bun­day fe’llarning soni kam: 董得 dongde tushunmoq; 记得 jide xotiralamoq, eslamoq; 认得 rende bilmoq; 晓得 xiaode tushun­moq; 觉得 juede sezmoq, xis qilmoq.
Fe’llarning grammatik xususiyatlari
Xitoy tilida fe’llar shaxsda va sonda o‘zgarmaydi. Zamo­naviy tilda bir nechta zamon turlari va modal shakllar hamda bitta nisbat (daraja) shakli mavjud.
Ba’zi shakllar affikslar (suffikslar va infikslar) orqali yasalib, sintetik shakllar, boshqalari esa maxsus yordamchi so‘zlar yordamida hosil bo‘lib, analitik shakllar bo‘lib hisoblanadi. Fe’l­lar shakllari ko‘p bo‘lmasa ham, xitoycha fe’llarning tusla­nishi murakkablik va o‘ziga xoslik bilan ajralib turadi.
Zamon turlari shakllari.
了 le suffiksi orqali yasalgan shakl o‘tgan zamonda harakat bir marotaba sodir bo‘lib, yakunlanganiga ishora qiladi.
了 le suffiksi yordamidagi zamon shakli to‘liq ma’noli nati­jali va natijasiz fe’llar yasalishi mumkin. Bundash tash­qari bu shakl harakat yo‘nalishiga ishora qiluvchi yordamchi fe’llardan ham yasalishi mumkin.
了 le suffiksi bilan shakllangan fe’l bu inkor yuklamasi bilan ishlatilmaydi. Ayrim holatlarda ushbu fe’l shaklini 没mei (没有meiyou) inkor yuklamasi bilan qo‘llanilishi uchra­tish mumkin. Ba’zan fe’lning bu shakli kelajakdagi harakat­ning tugatilishiga ishora qiladi. Odatda bunday holat bir hara­katning bajarilishi ikkinchi harakatning yakunlanishi bilan shartlangan holatda uchraydi.
了 le suffiksli fe’l shakli ba’zan undash maqsadida ham ishlatiladi. Bu holatda u kelajakdagi harakatni amalga oshi­rishga undaydi (chorlaydi).
过 guo suffiksi yordamida yasalgan shakl o‘tgan zamonda bitta yoki bir necha takrorlangan harakat nomuayyan vaqtda sodir bo‘lgan va hozirgi vaqtgacha yakunlangan. Shunday qilib, bu shakl mazmun jihatidan 了 le suffiksi bilan hosil bo‘lgan shaklga yaqindir, lekin teng emas.
过 guo suffiksi yordamida yasalgan zamon shakli to‘liq ma’­no­li natijali va natijasiz fe’llardan hosil bo‘lishi mumkin.
Harakatni inkor etish uchun guo shakli 没 mei (没有 meiyou) inkor yuklamasi bilan qo‘llaniladi.
着 zhe suffiksi yordamida hosil bo‘lgan shakl harakat nutq vaqtida sodir bo‘layotib, to‘xtovsiz davom etib, uzoq davom eta­yotgan holatga aylanganini anglatadi. Shuning uchun 着 zhe shakl­dagi fe’l hozirgi zamon davom etayotgan harakatni ifodalash uchun ishlatiladi.
着 zhe yordamida yasalgan shakl faqat natijasiz fe’llardan yasalishi mumkin.
着 zhe suffiksli shakl nafaqat nutq vaqtidagi harakatni, balki payt holi bilan aniqlangan yoki kontekstdan ma’lum bo‘layotgan har qanday harakatni ifodalashi mumkin. Ushbu shakl nisbiy qo‘llanilishga ega bo‘lib, hozirgi zamonga tegishli deb hisoblanadi.
在 zai yordamchi so‘z bilan hosil bo‘lgan shakl harakat nutq vaq­tida sodir bo‘layotib, to‘xtovsiz davom etib, uzoq davom etayot­gan holatga aylanganini anglatadi. Demak, fe’lning bu analitik shakli ma’no jihatdan 着 zhe suffiksli sintetik shakl bilan mos keladi.
在 zai yordamchi so‘z bilan hosil bo‘lgan zamon shakli faqat natijasiz fe’llardan yasaladi.
在 zai yordamchi so‘zli shakl kelsa va gap oxirida了 le(la) ibora yuklamasi qo‘yilsa, harakat hozirgi vaqtgacha bo‘lgan.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling