2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Hatti-harakatni bajarish qobiliyati
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fe’llarning grammatik xususiyatlari
Hatti-harakatni bajarish qobiliyati: 能[néng],能够[nénggòu],会[huì]
Ruxsat ehtimollik: 可以[kěyǐ],可能[kěnéng] Zaruriyat: 应该[yīnggāi],应当[yīngdāng],该[gāi],要[yào] Shart: 必须[bìxū],得[dei] Xohish istak: 要[yào],想[xiǎng],愿意[yuànyì],敢[gǎn],肯[kěn],打算[dǎsuàn],希望[xīwàng] Suffiksatsiya. So‘z yasashning bu usuli asosan natijali fe’llarda namoyon bo‘ladi. Bu turdagi fe’llarda u asosiy rolni bajaradi. Asl (tub) natijali fe’llar quyidagi suffikslar orqali hosil bo‘ladi: 到 dao, 着 zhao, 住 zhu, 见jian, 好 hao, 成 cheng, 完 wan, 了liao, 掉 diao, 得 de. Masalan, 听见 tingjian eshitib olmoq, 做好 zuohao qilib olmoq, 变成 biancheng aylanib olmoq, 写完 xiewan yozib olmoq, 做了 zuoliao bajarib olmoq, 吃掉 chidiao yeb bo‘lmoq. 得 de suffiksi – dao 到 suffiksining sinonimi. Biroq, zamonaviy xitoy tilida 得 de suffiksi samarali so‘z yasash morfemasi emas, uning yordamida faqat oz miqdordagi fe’llar yasaladi, masalan : 看得 kande ko‘rib olmoq, 听得 tingde eshitib olmoq. Natijali yo‘naltirilgan fe’llar quyidagi suffikslar orqali hosil bo‘ladi: 上 shang, 下xia, 进 jin, 出chu,过 guo, 起 qi, 回 hui, 开 kai. Masalan, 走上 zoushang chiqib olmoq; 躺下tangxia yotib olmoq; 运进 yunjin olib kirmoq; 爬出 pachu emaylab chiqib olmoq; 跑过 paoguo yugurib o‘tmoq; 飞起 feiqi uchib chiqmoq; 退回 tuihui chekinmoq, tisarilmoq. Natijasiz fe’llar faqatgina de 得 suffiksiga egadir. Bunday fe’llarning soni kam: 董得 dongde tushunmoq; 记得 jide xotiralamoq, eslamoq; 认得 rende bilmoq; 晓得 xiaode tushunmoq; 觉得 juede sezmoq, xis qilmoq. Fe’llarning grammatik xususiyatlari Xitoy tilida fe’llar shaxsda va sonda o‘zgarmaydi. Zamonaviy tilda bir nechta zamon turlari va modal shakllar hamda bitta nisbat (daraja) shakli mavjud. Ba’zi shakllar affikslar (suffikslar va infikslar) orqali yasalib, sintetik shakllar, boshqalari esa maxsus yordamchi so‘zlar yordamida hosil bo‘lib, analitik shakllar bo‘lib hisoblanadi. Fe’llar shakllari ko‘p bo‘lmasa ham, xitoycha fe’llarning tuslanishi murakkablik va o‘ziga xoslik bilan ajralib turadi. Zamon turlari shakllari. 了 le suffiksi orqali yasalgan shakl o‘tgan zamonda harakat bir marotaba sodir bo‘lib, yakunlanganiga ishora qiladi. 了 le suffiksi yordamidagi zamon shakli to‘liq ma’noli natijali va natijasiz fe’llar yasalishi mumkin. Bundash tashqari bu shakl harakat yo‘nalishiga ishora qiluvchi yordamchi fe’llardan ham yasalishi mumkin. 了 le suffiksi bilan shakllangan fe’l bu inkor yuklamasi bilan ishlatilmaydi. Ayrim holatlarda ushbu fe’l shaklini 没mei (没有meiyou) inkor yuklamasi bilan qo‘llanilishi uchratish mumkin. Ba’zan fe’lning bu shakli kelajakdagi harakatning tugatilishiga ishora qiladi. Odatda bunday holat bir harakatning bajarilishi ikkinchi harakatning yakunlanishi bilan shartlangan holatda uchraydi. 了 le suffiksli fe’l shakli ba’zan undash maqsadida ham ishlatiladi. Bu holatda u kelajakdagi harakatni amalga oshirishga undaydi (chorlaydi). 过 guo suffiksi yordamida yasalgan shakl o‘tgan zamonda bitta yoki bir necha takrorlangan harakat nomuayyan vaqtda sodir bo‘lgan va hozirgi vaqtgacha yakunlangan. Shunday qilib, bu shakl mazmun jihatidan 了 le suffiksi bilan hosil bo‘lgan shaklga yaqindir, lekin teng emas. 过 guo suffiksi yordamida yasalgan zamon shakli to‘liq ma’noli natijali va natijasiz fe’llardan hosil bo‘lishi mumkin. Harakatni inkor etish uchun guo shakli 没 mei (没有 meiyou) inkor yuklamasi bilan qo‘llaniladi. 着 zhe suffiksi yordamida hosil bo‘lgan shakl harakat nutq vaqtida sodir bo‘layotib, to‘xtovsiz davom etib, uzoq davom etayotgan holatga aylanganini anglatadi. Shuning uchun 着 zhe shakldagi fe’l hozirgi zamon davom etayotgan harakatni ifodalash uchun ishlatiladi. 着 zhe yordamida yasalgan shakl faqat natijasiz fe’llardan yasalishi mumkin. 着 zhe suffiksli shakl nafaqat nutq vaqtidagi harakatni, balki payt holi bilan aniqlangan yoki kontekstdan ma’lum bo‘layotgan har qanday harakatni ifodalashi mumkin. Ushbu shakl nisbiy qo‘llanilishga ega bo‘lib, hozirgi zamonga tegishli deb hisoblanadi. 在 zai yordamchi so‘z bilan hosil bo‘lgan shakl harakat nutq vaqtida sodir bo‘layotib, to‘xtovsiz davom etib, uzoq davom etayotgan holatga aylanganini anglatadi. Demak, fe’lning bu analitik shakli ma’no jihatdan 着 zhe suffiksli sintetik shakl bilan mos keladi. 在 zai yordamchi so‘z bilan hosil bo‘lgan zamon shakli faqat natijasiz fe’llardan yasaladi. 在 zai yordamchi so‘zli shakl kelsa va gap oxirida了 le(la) ibora yuklamasi qo‘yilsa, harakat hozirgi vaqtgacha bo‘lgan. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling