Sonlar tasniflanishi
Sonlar xitoy tilida 2 ta sinfga bo‘linadi: sanoq va tartib sonlar.
Sanoq sonlar raqamlarni yoki predmetlarning miqdorini ifodalaydi: 五 wu besh, 十五 shi wu o‘n besh, 五十 wushi ellik, 一个人 yi ge ren bitta odam.
Sodda (bir morfemalik) sonlar 1 dan 10 gacha bo‘lgan raqamlarni ifodalaydi. Murakkab sonlar (11 dan 19 gacha) sodda sonlarni qo‘shish yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Ular tarkibga kiruvchi morfemalar sonlari summasi bilan ifodalanadi va additiv sonlar deb nomlanadi. Murakab sonlar (20 dan 90 gacha)sodda sonlarni qo‘shish orqali yasaladi, biroq ularning ma’nosi qo‘shishda emas, balki tarkibga kiruvchi morfemalarni ko‘paytirishda asoslanadi. Bunday sonlar multiplikativ deb nomlanadi.
Tartib sonlar predmetlarning sanalish tartibini belgilaydi. Tartib sonlarning ko‘rsatkichi sifatida 第di prefiksi ishlatiladi, masalan, 第二 dier ikkinchi, 第五 diwu beshinchi, 第十 dishi o‘ninchi.
Sonlarning yasalishi
Sonlar quyidagi usullarda yasaladi:
So‘z qo‘shilishi. Bu usulda sanoq sonlar yasaladi: 十三 shisan o‘n-uch> o‘n uch; 十八 shiba o‘n- sakkiz>o‘n sakkiz; 五十 wushi besh-o‘n>ellik.
Prefikslar yordamida. Ushbu usul orqali tartib sonlar hosil bo‘ladi: 第一 diyi birinchi , 第二 di er ikkinchi. 第十一 di-shi-yi o‘n bir sonidan boshlab tartib sonlari murakkab so‘zlar bo‘lib, takroriy so‘z yasalishdan o‘tadi (murakkab so‘z+ prefiks).
Sonning grammatik xususiyatlari
Sonlar jinsga ajratilmaydi, son va kelishiklar bo‘yicha o‘zgarmaydi, demak, xitoy tilida sonlar turlanmaydi.
Sanoq sonlar bilan birga klassifikatorni ishlatilishi son umuman olganda qandaydir raqamni yoki predmetlarning miqdori (soni)ni ifodalashga bog‘liq bo‘ladi. Birinchi holatda klassifikator ishlatilmaydi, ikkinchisida esa ishlatiladi.
Olmosh
Umumiy tavsif
Olmosh 代词 daici - aniq predmetlar va belgilarni aytmay turib, bu predmet va belgilarga ishora qiladigan, ular haqida so‘raydigan va umumlashtiradigan so‘z turkumidir.
Odatda olmosh gapda ega, to‘ldiruvchi va aniqlovchi vazifasini bajaradi. Olmon murakkab (ko‘p tarkibli) fe’lning ismiy qismi sifatida kelishi mumkin. Olmoshlarning ayrim sinf (tur)lari mazmuniga ko‘ra olmoshli ravishlar deb nomlanadigan so‘zlarga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |