2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Fe’lning modal shakllari
得 de suffiksi bilan yasalgan shakl harakatning bajarilish imkoniyati (ehtimoli) borligi bildiradi. 得 de suffiksi orqali asosan bir tarkibli natijasiz fe’llarning modal shakli hosil bo‘ladi. O‘z navbatida bu shakldan 不 bu infiksi yordamida harakatni amalga oshirish imkoniyati yo‘qligini anglatuvchi shakl hosil bo‘ladi. 得 de infiksi yordamida yasalgan shakl harakat aniq bir natijagacha yetkazilishini ifodalaydi. Bu shaklni asl natijali va natijali-yo‘naltirilgan fe’llar hosil qiladi. Ushbu shakl asosan so‘roq gaplarda uchraydi. Ba’zan darak gaplarda ta’kidlovchi fikrni tasdiqlash uchun bu shakl modal fe’llar bilan kelishi mumkin. 不 bu infiksi yordamidagi shakl harakat ma’lum bir natijagacha yetkazilishi mumkin emasligini ifodalaydi. Ushbu shakl 得de infiksi hosil qilgan shakl kabi faqat asl natijali va natijali-yo‘naltirilgan fe’llardan yasaladi. Xitoy tilidagi modal fe’llar o‘rtasida muayyan farqlar bor. Ikki tarkibli natijali fe’llar de va bu infikslari orqali modal shakllarni hosil qiladi. Natijaga erishishda imkon borligi (yo‘qligi)ni ifodalovchi bunday fe’llar rus tiliga modal fe’l bilan ma’nosi to‘liq tugallangan fe’l yordamida tarjima qilinadi. Bir tarkibli natijasiz fe’llardan de va bu infikslari orqali haraktni amalga oshishiga imkon borligi (yo‘qligini) ifodalovchi modal shakllar yasaladi. Bunday fe’llar rus tiliga modal fe’l bilan ma’nosi to‘liq tugallanmagan fe’l yordamida tarjima qilinadi. 被 bei (给 gei) yordamchi so‘z orqali yasalgan va kesim vazifasida kelgan fe’lning nisbat shakli ega bilan ifodalangan predmetga yo‘naltirilgan. Demak, predmet harakatni o‘zi emas, tashqaridan unga nisbatan bo‘layotgan harakatni ko‘rsatib turadi. 被 bei (给 gei) yordamchi so‘z orqali nisbat shakli to‘liq ma’noli natijali va natijasiz fe’llardan yasalishi mumkin. Son Umumiy tavsifi Son (数词 shuci) – umumiy raqamlar, predmetlar miqdorini yoki sanalayotgan predmetlarning tartibini ifodalovchi so‘z turkumi. Predmetlarning miqdorini aniqlayotganda son ot bilan birikib keladi. Sonning ot bilan birikmasi ko‘pgina vazifalarni bajaradi. Gapda bu birikma ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi va hol vazifasini bajarishi mumkin. Predmetlarning sanalish tartibini aniqlayotganda son aniqlovchi vazifasini bajaradi. Ba’zan u hol ham bo‘lishi mumkin. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling