2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Download 1.31 Mb.
bet53/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

Yordamchi fe’llar
Yordamchi fe’llar modal va undash (kauzativ; harakatga maj­burlash ma’nosiga ega) fe’llariga, harakatning bosqichlarini ifodalovchi va harakatni yo‘naltirilganiga ishora qiluvchi fe’l­larga bo‘linadi.
Modal fe’llar modallikni bildiruvchi leksik-gramatik birlik hisoblanadi. Shu fe’llar orqali modallikning imko­niyat, zarurat, xohish-istak kabi turlari o‘z ifodasini topadi. Modal fe’llarning inkor shakli odatda bu inkor yuklamasi yordamida hosil bo‘ladi. Ularning ba’zilari ayrim kamchilik bo‘l­gan holatlarda 没 mei inkor shakli bilan yasaladi.
Modallik turlariga ko‘ra bu fe’llarni uchta guruhga ajra­tish mumkin.
1. Imkoniyat (qobiliyat)ni ifodalovchi modal fe’llar: 能够 nenggou qila omoq, qodir bo‘lmoq; 可以 keyi mumkin, imkoni bor; 会 hui mumkin, bo‘lish ehtimli bor.
2. Zaruratni ifodalovchi modal fe’llar: 应该 yinggai lozim, joiz; 需要xuyao kerak, zarur; 得 dei shart, lozim.
3. Istak (xohishni) ifodalovchi fe’llar: 愿意 yuanyi xohla­moq, istamoq; 想要 xianggyao shaylanmoq, qilishga niyat qilmoq; 肯 ken xohlamoq, moyil bo‘lmoq.
4. Undash (kauzativ) fe’llar qandaydir harakatni baja­rish­ga yo‘naltirilgan xohish-istakni ifodalovchi leksik-grammatik vosita hisoblanadi. Undashning umumiy ma’nosini使shi fe’li ifodalaydi, qolgan fe’llar undashni ifodalab, qo‘shimcha ma’no­larga ega: 叫 jiao buyurmoq, majburlamoq; 让 rang izn bermoq, majburlamoq; 请 qing so‘ramoq, iltimos qilmoq; 促使cushi unda­moq; 颇使poshi majburlamoq, majbur qilmoq. Undash (kauzativ) fe’llarning inkor shakli bu inkor yuklamasi yordamida yasaladi. Ta’qiqlash shakli 不要 buyao (别 bie) yordamida hosil bo‘ladi.
5. Harakat bosqichlariga ishora qiluvchi fe’llar. Fe’l­lar­ning bu kichik guruhi harakatning boshlanishi, davo etishi va yakunlanishini ifodalaydi. Ularning asosiy sintaktik-ma’no­viy vazifasi murakkab fe’l tarkibida asosiy fe’lga qo‘shimcha ma’nolarni berib turishdan iborat.
Quyidagi fe’llar harakatning boshlanishini – 开始 kaishi , 入手 rushou, 动手 dongshou; harakatning davom etishini – 继续 jixu, 接续 jiexu; harakatning yakunlanishi, to‘xtashini – 停止 tingzhi, 停顿 tingdun ifodalaydi.
Harakatning yo‘naltirilganligini ifodalovchi fe’llar. Bu turdagi fe’llar gapirayotgan shaxsga nisbatan harakatning yo‘na­lishini bildiradi. Ular sodda va murakkab fe’llarga bo‘linadi.
Sodda fe’llar (来 lai i 去qu) gapirayotgan shaxsga yoki gapi­rayotgan shaxsdan umumiy yo‘nalishni bildiradi; murakkab fe’llar umumiy yo‘nalishni ifodalashi bilan birga harakat mako­nining turli taraflarga yo‘naltirilganini ham ifoda­laydi (masalan, 上来 shanglai bu yerga tepaga yurish, surilish; 上去 shangqu u yerga, tepaga yurish, surilish).
Bu turdagi yordamchi fe’llar harakat ma’nosini ifoda­la­yotgan to‘liq ma’noli fe’llar bilan birga kelganda harakatning yo‘nal­tirilishi hamda natijasiga ishora qiladi: najinqu 拿进去 u yerga olib qirmoq, zou jinqu 走进去 u yerga kirmoq. Modal fe’llar ha­ra­­kat ma’nosini ifodalamaydigan to‘liq ma’noli fe’llar bilan kelganda faqat natijani ifodalaydi: 想出来 xiang chulai o‘ylab topmoq; 清醒过来 qingxing guolai hushga, o‘ziga kelib olmoq.
Natijali va natijasiz fe’llarning yasalishi so‘z qo‘shish (o‘zak qo‘shish) yordamida hosil bo‘ladi.
Natijasiz fe’llar: 学习 xuexi qaytarmoq, takrorlamoq, ta’lim olmoq; 讨论 taolun sinchiklab izlamoq, muhokama qil­moq; 代替 daiti o‘rnini bosmoq, almashtirmoq (soxtalashtirmoq).
Natijali fe’llar: 改良 gailiang yaxshilamoq; 说明 shuoming gapirmoq, izohlamoq; 加快 jiakuai qo‘shmoq , tezlashtirmoq.


    1. Download 1.31 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling