2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Amaliy mashg’ulotlar mavzusi
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ta’lim ………………………………………………………………..185 Glossariy……………………………………………………………………….187 Ma’ruza mashg’ulotlari mavzusi.
- 1-ma’ruza: O‘zbek xitoyshunosligining yuzaga kelishi va taraqqiyoti tarixidan Reja
Amaliy mashg’ulotlar mavzusi
1-seminar mashg‘uloti: O‘zbekistonda o’zbek xitoyshunoslik maktabning shakillanishi va rivojlanish bosqichlari………………………………………...158 2-seminar mashg‘uloti: Xitoyda grammatik fikrning rivojlanishi…..159 3-seminar mashg‘uloti: Iyerogliflar, ularning kalitlari hamda hozirgi iyerogliflarning turlari va tarkibi……………………………………………….161 4-seminar mashg‘uloti: Ieroglifik klub…………..……………………….164 5-seminar mashg‘uloti: Qo‘shma (birikma) undoshlar (affrikat)..................167 6-seminar mashg‘uloti: Xitoy tilida undosh fonemalar……………………169 7-seminar mashg‘uloti: Konversiya orqali hosil bo‘lgan yasalishlar……...171 8-seminar mashg‘uloti: Aniqlovchi tur………………………………………174 9-seminar mashg‘uloti: SIFAT………………………………………………………..179 Mustaqil ta’lim ………………………………………………………………..185 Glossariy……………………………………………………………………….187 Ma’ruza mashg’ulotlari mavzusi. 1-ma’ruza: O‘zbek xitoyshunosligining yuzaga kelishi va taraqqiyoti tarixidan Reja: Xitoy filologiyasi kafedrasining tashkil topishi Kafedrada o‘qitiladigan fanlar Kafedra professor-zo‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan ishlar Xitoy filologiyasi kafedrasi 1918 yili Turkiston Sharqshunoslik institutining avlodi hisoblanadi. Bu davrda XX asrning unutilmas siymolari orasida shu dargohga asos solgan ustozlarimiz I.A.Kissen va U.M.Mamatoxunovalar xissalari nafaqat xitoyshunoslik, balki jahon tilshunosligi va adabiyotshunosligi rivojlanishida salmoqli iz qoldirganini alohida tilga olish darkor. Keyinchalik kafedraning yuksalishida katta o‘qituvchilar O.A.Vagin, N.Xoxlov, I.Ro‘zboqiev, M.I.Muldakulova, G.I.Larionov, N.O.Zevushkina, M.I.Molojatovalar o‘zlarining munosib hissasini qo‘shdilar. Fakultetning ilk tashkil etilgan damlarida B.A.Pestovskiy tomonidan xitoy tili va adabiyoti fanlaridan ma’ruzalar o‘qilar edi. 1924 yili Turkiston sharqshunoslik instituti ToshDUga (hozirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet) sharqshunoslik fakulteti sifatida qo‘shiladi. Bu davrga kelib xitoy tili o‘qituvchilari safiga ushbu til bo‘yicha 304 betlik “Zamonaviy xitoy tili grammatikasi” kitobini yaratgan yirik tilshunos professor Ye.D.Polivanov qo‘shiladi. 1930 yili sentyabr oyiga kelib Milliy universitetning sharq fakulteti o‘z faoliyatini to‘xtatadi. 1944 yilda esa u o‘z faoliyatini qayta tiklaydi. 1951 yili bu fakultetda katta o‘qituvchi M.I.Molojatovaning yetakchiligida fakultet kafedralarining biri bo‘lgan uyg‘ur filologiyasi kafedrasining qoshida talabalarga xitoy tilini o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi. 1957 yili uyg‘ur filologiyasi o‘rniga O‘zbekiston maorif tarixida birinchi marotaba xitoy filologiyasi kafedrasi tashkil etildi. O‘sha davrda O‘zbekistonda tashkil etilgan kafedra nafaqat mamlakatimizda, balki, butun O‘rta Osiyoda xitoyshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha Sobiq Ittifoqda xitoyshunos mutaxassislarni tayyorlab beruvchi yagona markaz edi. Kafedraning bosib o‘tgan ilmiy yo‘llarini sarxisob qiladigan bo‘lsak, kafedra 1980 yilga kelib, nafaqat Markaziy Osiyo (Qozog‘iston, Qirg‘iziston respublikalari), balki Bolgariya, Mo‘g‘uliston, Polsha hamda Laos kabi mamlakatlarga xitoyshunos olimlarni yetkazib bera boshladi. Demak, bu o‘tgan asrning 70-80 yillariga kelib xitoy filologiyasi kafedrasi xalqaro kafedra sifatida faoliyat olib borganligidan dalolat beradi. Kafedra tarixida erishilgan yutuqlarda mohir tarjimon, iste’dodli olim t.f.n., dotsent M.X.Mahmudxo‘jaevning xizmatlari beqiyos. Aynan M.X.Mahmudxo‘jaevning uzoq yillik betinim va samarali faoliyati, rahbarligi davrida Markaziy Osiyo va Sobiq sotsialistik davlatlarga xitoyshunoslik bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlab berildi hamda bugungi o‘zbek xitoyshunoslik maktabining rivojida tarixiy ahamiyat kasb etdi. 1991 yil O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi bilan sharqshunos kadrlarga bo‘lgan extiyoj yanada oshdi. Ana shu maqsadda 1992 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tashkil etildi. 1999 – 2000 yillar davomida kafedrani katta o‘qituvchi M.Kaunbaev boshqardi. Uning boshchiligida kafedrani zamonaviy o‘quv qurollar bilan jihozlash masalasi yo‘lga qo‘yildi. 2000 – 2005 yillar mobaynida filologiya fanlari nomzodi, dotsent A.A.Karimovning xitoy filologiyasi kafedrasi mudiri etib tayinlanishi kafedraning ilmiy faoliyati va salohiyatini oshirishda yangi davr boshlandi. Uning rahbarligida S.A.Nosirova va S.A.Xashimovalar nomzodlik dissertatsiyalarini birin - ketin himoya qildilar. 2005 – 2007 yillarda esa kafedra s.f.n., dots. I.N.Bekmuratov tomonidan, 2007 – 2010 yillarda katta o‘qituvchi L.A. Sultanova, 2010-2011 filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi S.A.Nosirova, 2012 yildan hozirgi kunga qadar katta o‘qituvchi L.A.Sultanova kafedrani boshqarib kelmoqda. Kafedraning tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘tgan yillar davomida kafedrada xitoy tili va adabiyoti, falsafasi, siyosati, iqtisodiyoti va tarixini o‘rganish bilan bog‘liq qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilganligi kuzatiladi. Bular ichida: 2002 yilda Sh.I.Shazamanov “Siyosiy barqarorlik va taraqqiyot (Xitoy misolida)” mavzusida; 2005 yilda J.T.Ziyamuhamedov “Pu Sunglingning sehrli novellalari (syujetning kelib chiqishi va rivojlanishi)”; 2006 yilda I.N.Bekmuratov “Deyatelnost Shanxayskoy organizasii sotrudnichestva i protsess yeyo institusionalizasii”; 2008 yilda S.A.Nosirova “Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminlarining leksik – semantik va struktur tahlili”; 2009 yilda S.A.Xashimova “Hozirgi xitoy tilida reduplikatsiya” mavzularida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Bundan tashqari kafedra davlatimiz uchun yetuk mutaxassis – diplomat kadrlarni tayyorlashda ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Ular: O‘zbekistondagi XXR elchixonasida faoliyat olib borayotgan falsafa fanlari nomzodi B.E. Tursunov, hozirda O‘zbekistondagi Malayziya Respublikasi muxtor elchisi, siyosiy fanlar nomzodi Sabitov Shukur va b. o‘tgan yillar davomida V.V.Kim (1995 yil), N.E.Karimovalar (2008 y.) doktorlik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalarini himoya qildilar. Ushbu dalillar kafedraning qisqa davr, ya’ni mustaqillik yillarida zafarli yo‘llarni bosib o‘tganligidan dalolat beradi. 1999 yilda xitoy filologiyasi kafedrasida magistratura yo‘nalishi ochildi va hozirgi kunga qadar 40 dan ortiq magistrantlar magistr darajasini olishga muvafffaq bo‘ldi. 2000-2001 yillarga kelib xitoy filologiyasi kafedrasi qoshida vetnam, malay va indonez tillarining ham o‘qitilishi hisobiga yanada kengaydi. 2004-2005 o‘quv yillarida xitoy filologiyasi kafedrasi 200 dan ortiq talabalar bakalavr darajasini olishga muvofiq bo‘ldi. 2006-2010 o‘quv yilida kafedrada 26 nafar, 2010-2012 o‘quv yilida esa 30 nafar professor–o‘qituvchi ish olib bordi. Bulardan 19 nafari asosiy, 8 o‘rindosh va 3 soatbay asosida ishlovchi o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Bular ichida: fan doktorri 1 nafar, fan nomzodlari 7 nafar, dotsentlar 5 nafar, katta o‘qituvchi 4 nafar. Kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2004 yildan boshlab har yili “Xitoyshunoslikning dolzarb masalalari (falsafa, tarix, madaniyat, iqtisod va siyosat)” ruknida an’anaviy tarzda ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazilib kelinmoqda. Har yilgi anjuman ma’ruzalari to‘plam ko‘rinishida chop etiladi. Ushbu anjumanning asoschisi hozirgi kunda ToshDShI qoshidagi Konfusiy nomidagi institut rahbari f.f.n, dotsent A.A.Karimov hisoblanadi. Institut bo‘yicha tayyorlanayotgan “Filologiya va tillarni o‘qitish” va “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” ta’lim yo‘nalishlarida xitoy tili bo‘yicha saboq beriladi, magistratura bosqichida “Lingvistika (xitoy tili)”, “Adabiyotshunoslik (Xitoy adabiyoti)” ixtisosligi bo‘yicha ta’lim beriladi. Ushbu sohalarda quyidagi fanlar o‘qitiladi: Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling