2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Download 1.31 Mb.
bet8/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

3-ma’ruza: Xitoy yozuvi


Reja:



  1. Zamonaviy xitoy ierogliflarning tarkibi

  2. Sodda ierogliflar

  3. Murakkab ierogliflar

  4. Kalitlar

  5. Fonetiklar

Xitoy olimlari o‘z yozuviga izoh berar ekan, ular “Bizning xitoy yozuvimiz “biaoyi” (表意 biăo yì)yozuv sistemasiga kiradi”, deydi.5 Bu murakkab so‘zni o‘zbek tiliga tarjima qilganda, “mazmunni ifoda qilmoq” degan ma’noni anglatadi. Agarda, uni tilshunoslik nazariyasidan kelib chiqib, izohlasak, mazkur so‘z “ideografik yozuv” degan atamani bildiradi. Bu atamaga olimlarimiz tomonidan quyidagicha ta’rif berilgan: Ideografik yozuv bu so‘z anglatadigan simvol, ya’ni shartli belgilardir.6 Demak, har bir xitoy iyerogliflari o‘z oldiga butun so‘zni ifoda qilish uchun xizmat qiladigan yozuv tizimidir.7


Xitoy iyerogliflarining rivojlanish tarixi haqida gapirar ekanmiz, albatta bu yozuv husnixatlarining turlari haqida gap yuritmasdan bo‘lmaydi. Chunki Xitoy iyerogliflarining rivojlanishi ana shu husnixatlarda aks etadi. Boshqacha qilib aytganda, uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida vujudga kelgan iyeroglif husnixatlari uning rivojlanish bosqichlarini ifodalaydi.
Xitoy iyerogliflarining rivojlanish tarixida ularning bir nechta husnixat shakllari bo‘lib, ular bilan quyida tanishib chiqamiz8.
古文9 [gŭwén] Qadimgi yozuv. 清qīng sulolasi (1644-1911) ning so‘nggi yillarida Xenan viloyatining Anyang shahri yaqinida arxeologlarning olib borgan qazilma ishlari natijasida bundan uch ming yil ilgari yashab o‘tgan 商shāng sulolasi (e.a. XVI – XI asrlar) ga xos bo‘lgan, toshbaqa kosalari va hayvon suyaklariga o‘yib yozilgan iyerogliflar topilgan. Bular eng qadimgi Xitoy yozuvi (iyerogliflari) husnixati bo‘lib, 甲骨文jiăgŭwén deb nom olgan va bu husnixat ko‘rinishi jihatiga qaraganda ko‘proq rasmni tasvirlash xususiyatiga ega bo‘lganligi ko‘rsatiladi.
Tarixdan ma’lumki, Shang sulolasining ikkinchi yarmi 殷yīn (e.a.XIV – XI asrlar) nomi bilan atalgan. In va undan keyingi西周xī zhōu G‘arbiy Djou (e.a. XI-770-yillar) sulolasi davrida bronza paydo bo‘lib, kishilar orasida keng qo‘llanilgan. Bu paytlarda bronza asboblari ustiga ham ko‘plab iyerogliflar bitilgan. Bizgacha yetib kelgan bronza ustidagi iyerogliflarni 金文jīnwén yoki bo‘lmasa 钟鼎文zhōngdĭngwén (temir asboblar yoki ibodatxona va uch oyoqli qozonlar ustiga yozilgan yozuv) deb atashgan.
金文husnixati garchi shakl jihatdan 甲骨文ga o‘xshab ketsada, lekin uning iyerogliflarining imlo chiziqlari bir oz soddalashtirilgandir. Shuning uchun iyeroglifshunoslar 金文va 甲骨文ni birgalikda 古文 deb atashadi.
大篆10 [dàzhuàn] Katta belgili yozuv. 东周dōngzhōu Sharqiy Djou (e.a. 771-256-yillar) davriga kelib yana bir husnixat shakli 籀文zhòuwén boshqacha atalishi 大篆 vujudga keldi. Bu husnixat shakli, albatta, 古文ga nisbatan bir oz boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lib, iyeroglif imlo chiziqlari biroz silliq tuzilishi bilan umumlashib, to‘rtburchak tus ola boshlagan. Shunga qaramasdan Xitoyda bir davrning o‘zida ishlatilgan 大篆 husnixatining turli yozuv usul va uslublari bo‘lib, ular o‘z navbatida va o‘z davrida iyerogliflardan foydalanishda ancha qiyinchilikalar tug‘dirgan. Chunki bu usul va uslublar yozilishi jihatidan bir-biridan tubdan katta farq qilar edi.
小篆11 [xiăozhuàn] Kichik belgili yozuv. Eramizdan avval 秦qín imperiyasi (221-206-yillar) tashkil topib, imperator 秦始皇qínshĭhuáng Xitoydagi mayda davlatlarni umumiy bir imperiyaga birlashtirgandan keyin uning vaziri 李斯lĭsī rahbarligida iyerogliflar islohoti o‘tkazildi. Bu Xitoyda iyerogliflar ustidan olib borilgan birinchi islohot bo‘lib, natijada navbatdagi yangi islohot shakli 小篆 vujudga keldi. Husnixatning bu xil shakli 大篆ga qaraganda ancha soddalashtirilib, iyerogliflar ma’lum bir tartibga keltirilgan edi. Islohotning eng muhim ahamiyati shundaki, iyerogliflarning ma’lum bir qoida asosida birlashtirilishi katta ahamiyat kasb etib, nihoyat Xitoy iyerogliflari o‘zining rivojlanish tarixiga yangi bir ildam qadam qo‘ydi.
Vaqt o‘tishi bilan husnixatning 小篆 husnixati ham o‘z mavqeini yoqotib, borganligi va davr talabiga javob bermay qolganligi uchun, olimlar husnixatning yangi shaklini ijod qila boshladilar.
隶书12 [lìshū] Rasmiy yozuv. Xitoy rivoyatlariga ko‘ra 程邈chéngmiăo degan iyeroglifshunos 小篆 husnixatini yanada soddalshtirishga kirishadi. Oqibatda iyerogliflar asta-sekin o‘zgarib 汉 sulolasining boshlarida (e.a. 206 - e. 200 - yillari) 隶书 husnixati shakliga kirar ekan, zamonaviy tusga ega bo‘la boshlagan. 隶书 husnixati hozir biz foydalanayotgan iyerogliflardan ko‘p farq qilmay, shu usulda yozilgan manbalarni bemalol o‘qishimiz mumkin.
章草13 [zhāngcăo] Rasmiy yozuv. Jamiyatning taraqqiy etishi va rivojlanishi natijasida 隶书 husnixati ham takomillashgan bo‘lishiga qaramay kishilarni qanoatlantira olmay qoldi. Iyeroglifshunoslar bu husnixatni ayni bir vaqtda yozish tezligi past bo‘lganligi uchun ham shu yozuvda yozish ko‘p vaqt talab qiladi deb hisoblashib, yanada tezroq yozish mumkin bo‘lgan yozuv xatini ixtiro qilishni o‘ylay boshladilar. Bunday intilishlar esa 隶书husnixatining dunyoga kelganidan ko‘p vaqt o‘tmasdan, Xitoy iyerogliflarining yana bir husnixati shakli vujudga kelishiga sababchi bo‘ldi. Bu yangi husnixat shakli dastlab 章草 deb atalgan va 晋jìn sulolasi (265-420-yillar) davriga kelib keng tarqalgan va qo‘llanilgandir. Bu yozuvni yana 今草jīncăo (bugungi tez yozuv xati) deb ham atashgan. 章草 husnixatini ko‘zdan kechirar ekanmiz, unda bari bir 隶书husnixatining butunlay siqib chiqarmasdan ba’zi bir qoldiqlari qolganligini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. 章草 husnixatining ham 隶书 kabi iyeroglif imlo chiziqlarining chegaralari aniq bo‘lib, oqibatda ko‘pgina iyerogliflarning shakllari yoqolib, o‘qilishi jihatidan ancha murakkablashib qolgan.
隶书va 草书 husnixati deyarli bir xil davrga xos bo‘lishiga qaramasdan 草书 o‘zining murakkab shakliga ega bo‘lganligi uchun ziyolilar orasida qo‘llanilib, bosmada asosan 隶书husnixati ishlatilib kelingan.
楷书14 [kăishū] Namunali yozuv. Xan sulolasining ohiriga kelib 隶书husnixati yana o‘zgarib, 楷书 husnixati shakliga aylanib borgan. 楷书husnixatining imlo chiziqlari yanada aniq, shaklan mukammal va ravshan, o‘qish va yozishga juda qulay bo‘lib, 隶书 husnixatiga qaraganda iyerogliflari yana ham ixchamlashib, namuna bosqichiga yetgan. Shuning uchun 楷书 husnixati 隶书 husnixatining o‘rnini egallab, bizgacha yetib kelgan va jamiyatda o‘z o‘rnini yoqotmay kelmoqda. Bu husnixat iyeroglif ko‘lamidan qat’iy nazar 方块字fāngkuàizì (to‘rtburchak shaklidagi iyerogliflar) deb yuritiladi. Lekin ba’zi “odam” kabi iyerogliflar bu qoidadan mustasno bo‘lib, o‘ziga xos shaklga ega ekanligini ko‘rsatadi.
行书15 [xíngshū] Yarim tez yozuv. 北魏běiwèi Shimoliy Vei (386-534-yillar) davriga kelib husnixatlarning yana bir turi 行书 vujudga kelgan bo‘lib, bu husnixat 楷书 va 草书 husnixatlari oralig‘idagi o‘ziga xos iyeroglif shaklidan iborat bo‘lgan husnixatdir. 行书husnixati 楷书ga qaraganda yozilish jihatidan tez, 草书ga nisbatan o‘qilish jihatidan osondir. 行书 husnixati ham o‘zining qoidasi va me’yoriga ega. Bu turdagi husnixatlarni faqat ko‘p mashq qilish natijasidagina o‘zlashtirib olish mumkin. Shu usulda yozishni o‘rganish davomida ma’lum qoidalarga rioya qilinmasa uni o‘zlashtirib bo‘lmaydi.
Xitoyda qadimdan “iyerogliflarning olti turi” degan bir naql bor16. Hozirgi bizgacha yetib kelgan va qo‘llanilayotgan iyerogliflarni Xitoy iyeroglifshunoslari kelib chiqishi jihatidan olti xil turga bo‘lib ko‘rsatadilar. Ular “Xitoy iyerogliflari turkumlari” deb yuritiladi. Quyida ular bilan tanishib chiqamiz:

  1. Tasviriy-rasm turkumi. 象形字[xiàngxíngzì] 17; Bu turkumdagi iyerogliflar hayotimizda borliqni tasvirlab, jismlarning shaklini belgilaydi. Shuning uchun bu turkumdagi iyerogliflar borliqni rasm orqali tasvirlovchi iyerogliflar turkumi deb ham yuritiladi.

  2. Ko‘rsatkich turkum. 指事字[zhīshìzì]18;Bu turkumga kiruvchi iyerogliflarga koz bilan ko‘rib, rasm orqali ifoda etib bo‘lmaydigan voqelikga nisbatan ijod qilingan iyerogliflar kiradi. Shuning uchun bu turkumga kiruvchi iyerogliflar tasviriy turkumdagi iyerogliflarga ko‘rsatish belgisining qo‘shilib kelishi bilan vujudga keladi.

  3. Ma’naviy birlashish turkum. 会意字 [huìyìzì] 19;Bu turkumdagi iyerogliflar bir qancha tasviriy-rasm turkumiga kiruvchi iyerogliflarning birikib kelishi natijasida tuzilib, ular bitta iyeroglifni tashkil qiladi.

  4. Shaklan o‘zgaruvchi turkum. 转注字 [zhuănzhùzì] 20;Jamiyat taraqqiy etar ekan xitoy tilida ham boshqa tillar qatori yangi so‘zlar vujudga kelib, lug‘at boyligi ortib boradi. Natijada paydo bo‘lgan yangi so‘zlarga iyerogliflar qa’bul qilish taqazosi tug‘iladi. Shuning uchun iyeroglifshunoslar asli bor va ma’no jihatdan yaqin bo‘lgan iyerogliflardan foydalanib, ularga ozgina o‘zgartish kiritishlari natijasida yangi so‘zlarga iyerogliflar tuzishgan.

  5. O‘zlashtiruvchi turkum. 假借字[jiăjièzì] 21;Bu turkumga xos bo‘lgan iyerogliflar ham yangi qa’bul qilingan iyerogliflar bo‘lmay, balki ilgari asli bor bo‘lgan iyerogliflardan foydalangan holda, ularning tovushini o‘zlashtirib olish yo‘li bilan yangi mazmun anglatgan.

  6. Rasm-talaffuz turkum. 形声字 [xíngshēngzì] 22;Xitoy jamiyati rivojlanishi bilan birga Xitoy tili ham rivojlanib borgan. Binobarin yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan turkumlarga kiruvchi iyerogliflarning tuzilish usullari qanoatlantira olmagan. Natijada asta-sekinlik bilan “rasm-talaffuz turkum”ga kiruvchi iyerogliflar paydo bo‘la boshlangan. Bu turkumga kiruvchi iyerogliflar bo‘lib, ular yuqorida biz tanishib chiqqan turkumdagi iyerogliflarning qo‘shilishi tufayli tashkil topgan. Bu turkumdagi iyerogliflarning bir bo‘lagi uning ma’nosini, ikkinchi bo‘lagi esa o‘zining asl ma’nosini yoqotib faqat uning tovushini anglatadi.

Xitoy yozuvining belgilari bir yoki bir necha murakkab grafik belgilarning birikishidan hosil qilingan hisoblanadi. Uni xitoy tilida 字 zi “yozuv belgisi” deb nomlanadi. Yevropa tillarida esa character – “belgi”, rus tilida - иероглиф deb ataladi. Xitoy yozuvining nooddiyligi olimlar va havaskorlarning unga bo‘lgan qiziqishini doim orttirib borgan. XVIII asrdan boshlab Yevropada iyeroglif haqida turli izlanishlar olib borilgan.
Zamonaviy xitoy ierogliflar tarkibini quyidagilardan tashkil topgan: a) sodda ierogliflar; b) murakkab ierogliflar; v) kalitlar; g) fonetiklar.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling