2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Zamonaviy xitoy ierogliflarning tarkibi
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sodda ierogliflar
Zamonaviy xitoy ierogliflarning tarkibi
Xitoy tilidagi barcha yozuv belgilari ikkita katta guruhga bo‘linadi: 1. Xitoy ieroglifik yozuvning boshlang‘ich (dastlabki) elementlari – eng sodda yozuv belgilari (xitoy terminologiyasi bo‘yicha 文 wen deb nomlanadi) tarkibiy qismlarga bo‘linmaydi. Prof. I.M. Oshaninning hisoblashicha, bunday elementlarning soni – 458 ta; 2. Murakkab ierogliflar (xitoy terminologiyasi bo‘yicha 字zi deb nomlanadi) birinchi guruhdagi belgilarning turli xil kombinatsiyalari asosida quriladi. Murakkab ierogliflarning soni 60 mingga yaqindir, biroq, hozirgi zamon tilida eng ko‘p ishlatiladigan ierogliflarning soni 6-7 mingtani tashkil qiladi. Sodda ierogliflar Xitoy yozuvining eng qadimgi ierogliflari bo‘lmish boshlang‘ich elementlar o‘z navbatida ikkita kategoriyaga taqsimlanadi: Tasviriy (xitoy terminologiyasi bo‘yicha 象形 xiangxing deb nomlanadi) va ishora qiluvchi (ko‘rsatuvchi) (xitoycha 指示 zhishi nomiga ega). Tasvir toifasidagi ierogliflar piktogramma bo‘lib, aloxida narsa-buyumlarning aniq tasviridir. Piktogrammaning paydo bo‘lishi tasvirli yozuvning bosqichma-bosqich rivojlanishi bilan bog‘liq. Tasvirli yozuv hamda piktogramma o‘rtasida ma’lum farqlar mavjud: tasvirlar va yozuv paydo bo‘lgungacha bo‘lgan davrda muomala vositasi sifatida foydalanilgan belgilarni ieroglif deya olmaymiz. Ierogliflar yozuv belgisi sifatida, yozuvda alohida morfemani ifodalaydi hamda ma’lum ma’no va ohangga ega bo‘ladi. Tasvir toifasidagi ierogliflar nisbatan kamroq uchraydi, chunki faqatgina aniq shakldagi narsa-buyumlarni aynan chizish mumkin. Piktogrammalar inson kundalik hayotida ko‘p foydalanadigan buyumlarni ifodalagani uchun ham nisbatan keng foydalaniladi. Piktogrammalar o‘simlik va hayvonot olamiga oid, insonga oid, koinotga oid, mehnat buyumlariga oid, kundalik hayotga oid predmetlarni ifodalaydi. Ba’zi misollarni keltiramiz: Ieroglif yozuvining birinchi elementlari ko‘rsatkich ishorali ierogliflar toifasi bo‘lib, narsa-buyumning tasvirini ifodalamaydi, balki tasvirini ifodalash qiyin bo‘lgan so‘zlarni ifodalaydi. Bunga raqamlar, ta’qiq belgilari va boshqalarni kiritish mumkin. Uchgacha bo‘lgan raqamlar gorizontal belgilar bilan ifodalanadi: 一 yi – “bir”; 二 er – “ikki”; 三 san – “uch”; 八 ba ieroglifi (“sakkiz”) bir predmetning bo‘laklarga bo‘linishini ifodalaydi; 十 Shi ieroglifi(“o‘n”) dunyo taraflari-sharq, g‘arb, shimol, janubni anglatadi. Hozirgi kundagi ierogliflardan 上 shang “yuqori” va 下 xia ”quyi” kabilar ham shu toifaga mansub bo‘lib, ierogliflarning o‘ng tarafidagi gorizontal chiziqlar mos ravishda yuqori va quyiga ishora qiladi. Ko‘rsatkich ishorali ierogliflar tasvirli ierogliflarga qaraganda anchagina kam. 25000ta ieroglifda ularning ulushi 0.5% xalos. Ko‘p qo‘llanadigan 4000 ta ieroglifda esa ular 3%ni tashkil etadi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling