Ilmiy uslub va uning xususiyatlari


Download 1.85 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi1.85 Mb.
#1018803
Bog'liq
tinish belgilari

Tinish belgilari tayyorladi: Rahmanova Gavhar

Reja:

  • fdfdfdfd
  • 2. NUQTA, SO‘ROQ, UNDOV BELGILARINING QO‘LLANILISHI



Tinish belgilari, o‘z vazifasiga ko‘ra, uch guruhga bo‘linadi:

  • 1.Chegaralovchi tinish belgilari. Bular yozma matndagi ayrim qismlarning leksik-semantik farqlanishi va ajralishini, grammatik-uslubiy chegaralanishini ularning boshlanish va tugallanish nuqtasini hamda o‘rinlashuv doirasini ko‘rsatadi. Bunga qo‘shtirnoq, qavs (qo‘sh qavs) kabi tinish belgilari kiradi.

Ayiruvchi tinish belgilari. Bular yozma matnlarni yoki ularning qismlarini bir-biridan ajratish va muayyan qismning tugallanishini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi: bunday ajratish logik-grammatik jihatdan bo‘ladi. Bularga nuqta, so‘roq, undov, nuqtali vergul kiradi.



a) “ajratish + biriktirish” vazifasini bajaruvchilar (ikki nuqta); b) “ajratish + chegaralash + biriktirish” vazifasini bajaruvchilar (vergul, tire); d) fikrning bo‘linishi, qisqarishni va turli emotsiyalarni bildiruvchilar (ko‘p nuqta). “O‘zbek tili va adabiyoti” jumalida tilshunos olimlar prof. N.Mahmudov, katta ilmiy xodimlar A.Madvaliyev, N.Mahkamov tomonidan chiqarilgan “O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari”da tinish belgilari 2 turga ajratilgan holda yoritiladi:

Tinish belgilarining gap oxirida qo‘llanilishi bo‘limida nuqta, so‘roq, undov va ko‘p nuqta belgilarining qo‘llanish holatlari misollar asosida izohlanadi. Tinish belgilarining gap ichida qo‘llanilishi bo‘limida esa vergul, nuqtali vergul, tire, ikki nuqta, qavs, qo‘shtirnoq kabi belgilarning ishlatilish holatlariga to‘xtalinadi.

NUQTA, SO‘ROQ, UNDOV BELGILARINING QO‘LLANILISHI


Nuqta belgisi va qo‘llanish holatlari

Nuqta - eng qadimgi va eng ko‘p qo‘llanuvchi tinish belgilaridan biri. Nuqta yozuv belgisi sifatida arabcha matnlarda Abdul Malik xalifaligi (hijriy I asr) davrlaridan qo‘llana boshlagan. Lekin qadimgi yozuvlardagi nuqta tom ma’nodagi tinish belgisi sifatida emas, umuman, yozuv belgisi sifatida qo‘llangan va turli vazifalarni bajarib, turli xil maqsadlarda ishlatilgan. “Nuqtaning yozuv belgisi sifatida ishlatilishi qadimgi arab manbalariga borib taqaladi. U o‘zbek tilida tinish belgisi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ishlatila boshlangan”

Nuqtaning asosiy vazifasi xabar ma’nosini anglatuvchi muayyan bir fikrning (gapning) tugallanganligini ko‘rsatishdir. Nuqta gap oxirida qo‘llaniluvchi, yakka va qo‘sh qo‘llanuvchi, bir elementli, ayiruvchi tinish belgisidir. Uning qo‘llanishi asosan mantiqiy-grammatik prinsipga asoslanadi.


Ba’zan nuqta shartli qisqartmalardan so‘ng ham ishlatiladi. Bunda uslubiy yoki farqlash tamoyillariga asoslaniladi. Nuqtaning shartli qisqartmalardan so‘ng qo‘llanishi uning qo‘shimcha (yordamchi) vazifasidir. Qiyoslang: Alisher Navoiy - ulug‘ shoir! A.Navoiy - ulug‘ shoir!

Nuqta Abdurauf Fitrat tomonidan quyidagicha tavsiflanadi: “(.) nuqta - to‘qtash belgisidir. Gaplarning oxirlarig‘a qo‘yiladir. To‘qtash belgisi qaysi gapning oxirig‘a kelsa shul gapda o‘yning tamom bo‘lg‘anini, o‘zidan keyingi gap bilan hech baylanishi qolmag‘anini bildiradir. Shuning uchun bunga kelgach o‘quvchining to‘qtashi, undan keyingi gapni yangidan boshlashi lozimdir: Uyqusi o‘chib ketkanligidan endi ko‘ziga uyqu kelmay o‘z boshig‘a, o‘z davriga munosib bo‘lg‘an xayollar ichiga ko‘mildi (Cho‘lpon

Hozirgi o‘zbek tilida nuqta quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

  • Tugallangan darak gaplarning oxiriga nuqta qo‘yiladi: Xuftonda ayollar davra qurib gulxan yoqdi. (T.Murod) Ayollar nag‘malarga hamohang chapak chaldi. (T.Murod)
  • Darak mazmunidagi gaplar tuzilishi jihatidan qanday bo‘lishidan (sodda, qo‘shma, todiqsiz, atov, ilova va sh.k.) qat’i nazar, ularning har qanday tipi oxiriga nuqta qo‘yiladi: Ayol go‘dak isini birinchi farzandi tug‘ilganidayoq his etadi. Oshkoralik shunday daraxtki, uning mevasini eng avval chinqiroq maymunlar yeydi. To‘qqizinchi asr. Muhammad al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi. (O‘.Hoshimov)

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling