2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Download 1.31 Mb.
bet49/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

Nǐ hánɡ hánɡ hǎo , zài chónɡ chónɡ dì ɡěi wǒ yì juàn
“Bir savob ish qilgin, menga qattiqroq bir saboq bergin”
Aniqlovchi vazifasida esa ohangni emas, balki gapning ma’nosini kuchaytiradi (bu esa sifat ma’no darajasini kuchaytirishga olib keladi). Masalan:
弯弯的眉毛,大大的眼,红红的嘴唇像樱桃.
Wān wān de méi mɑo , dà dà de yǎn , hónɡ hónɡ de zuǐ chún xiànɡ yīnɡ táo.
“Qoshlari qayrilmaqosh, ko‘zlari katta-katta, lablari esa olchadek qip-qizil”.
Sifatlarning ma’lum qismi o‘ziga xos ikki xil reduplikat shaklida qo‘llaniladi. Birinchisi – to‘liq holda reduplikat shakliga aylanuvchi sifatlar. Bular reduplikatsiyaning “AAVV” modeli asosida takrorlanadi. Masalan, 清清楚楚 qīnɡ qīnɡ chu chǔ “aniq”, “ravshan”, 干干净净
ɡān ɡān jìnɡ jìnɡ “top-toza”. Ushbu model asosida yasalgan sifatlar so‘zning yangi shaklini hosil qilish uchun xizmat qiladi.
在节日的时候,他们的队伍最好看了,花花溜溜的。
zài jié rì de shí hou , tā men de duì wu zuì hǎo kàn le , huā huā liū liū de 。
“Bayramda ularning jamoasi turli-tuman libosda eng chiroylisi edi”;
请,别这么婆婆妈妈的.
qǐnɡ , bié zhè me pó pó mā mɑ de.
“Iltimos, bunday maydagap, mayda-chuydaga ahamiyat beradigan odam bo‘lmang”.
Og‘zaki nutqda ushbu sifatlarning ikkinchi bo‘g‘ini yengil ohangda, uchinchi bo‘g‘ini birinchi ohangda o‘qiladi, to‘rtinchi bo‘g‘in ham birinchi ohangda o‘qilib 儿ér qo‘shilib kelishi mumkin77. Masalan, 漂漂亮亮piāo piào liɑnɡ liànɡ “go‘zal”, 明明白白mínɡ mínɡ bɑi bái “aniq”.
Bunday sifatlar hol, to‘ldiruvchi vazifasida kelib, gapning ohangini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi:
你看这是白纸黑字写得清清楚楚地
nǐ kàn zhè shì bái zhǐ hēi zì xiě dé qīnɡ qīnɡ chu chǔ dì。

“Mana bu qog‘ozga qarang-a, husnixat naqadar aniq”.


Aniqlovchi vazifasida kelib, gapning ohangini emas, balki ta’rif mazmunini kuchaytiradi:
他家来了一个斯斯文文的姑娘。
tā jiā lái le yí ɡè sī sī wén wén de ɡū niɑnɡ 。
“Uning uyiga bir odobli, xushmuomalali qiz keldi”.
Kesim vazifasida qo‘llanilganida ham ta’rif mazmunini yanada ravshanlantiradi:
这个姑娘大大方方,一点也不扭捏78
Zhè ɡe ɡū niɑnɡ dà dà fānɡ fānɡ , yì diǎn yě bù niǔ niē.
“Bu qiz juda samimiy, ochiqqina, ko‘nglida kiri yo‘q”.
Shu bilan birga shunday sifatlar ham borki, ularning asl tuzilishi “AAVV” modeliga ega va tub so‘z hisoblanadi: 病病歪歪 bìnɡ bìnɡ wāi wāi “kasalmand”, 大大咧咧 dà dà liě liě “qattiq kulmoq”.
Sifatlarning yana bir reduplikativ shakli “A 里lǐ V” modeliga ega bo‘lib, bu tipdagi reduplikatsiya “to‘liqsiz” deb nomlanadi. Bunda so‘z bo‘g‘inlarining ohangi o‘zgarmaydi, birinchi bo‘g‘in urg‘u ostida, ikkinchi bo‘g‘inning o‘rnida yengil ohangda o‘qiladigan 里lǐ keladi, uchinchi va to‘rtinchi bo‘g‘inlar o‘z ohanglarida o‘qiladi. Ba’zi hollarda to‘rtinchi bo‘g‘in ham urg‘u ostida kelishi mumkin, bu holda gapning ohangi yanada kuchayadi 79. Bularga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin:糊里糊涂 hú lǐ hú tu “bema’ni”, “aqlsiz”, 傻里傻气shǎ lǐ shǎ qì “ongsiz”, 拉里拉杂lā lǐ lā zá “sergap” va boshqalar. Ushbu model so‘zning yangi shaklini hosil qilish uchun xizmat qiladi:
你不应该说这样的糊里糊涂的话。
Nǐ bù yīnɡ ɡāi shuō zhè yànɡ de hú lǐ hú tu de huà。
“Siz bunday bema’ni gaplarni gapirmasligingiz kerak”.
To‘liqsiz reduplikativ shakldagi sifatlar mazmun-mohiyatiga ko‘ra “beparvolik”, “pisand qilmaslik”, shuningdek, “jirkanish” ma’nolariga ham ega bo‘lib, salbiy xarakter-xususiyat yoki holatni anglatadi.
Ba’zi sifatlar “AVAV” modeli asosida takrorlanadi. Masalan, 滚圆滚圆ɡǔn yuán ɡǔn yuán “yum-yumaloq”, 雪白雪白xuě bái xuě bái “oppoq”, 冰冷冰冷 bīnɡ lěnɡ bīnɡ lěnɡ “muzdek sovuq”. Bu modeldagi sifatlar konnotativ ma’noga ega bo‘lib, odatda, gapning ma’nosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Ushbu model ham so‘zning yangi formasini hosil qilish uchun xizmat qiladi:
天上互蓝互蓝的。
Tiān shànɡ hù lán hù lán de
“Osmon to‘q ko‘m-ko‘k rangda”
Xitoy tilidagi sifatlarning AAVV, AVAV reduplikativ shakli kup kuzatiladi.
Xitoy tilida qo‘shma so‘zlar (sifatlar)ning tarkibiy qismlari sifatidagina mavjud bo‘lib, alohida so‘z vazifasida mustaqil ishlatilishi mumkin bo‘lmagan komponentlardan iborat bo‘lgan sifatlar xam mavjud. Mas., 医务yī wù – tibbiy. Xitoy tilida sifatlarning AA reduplikativ modeli mavjud. Mas., 干干净净ɡān ɡān jìnɡ jìnɡ – top-toza. Xitoy tilida sifat komponentlaridan biri mustaqil so‘z sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan, ikkinchisi esa ishlatilishi mumkin bo‘lmagan so‘zlar mavjud. Mas., 常务chánɡ wù – doimiy.



Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling