Barchin — «Alpomish» dostonidagi yetakchi obrazlardan. Boysarining qizi. Alpomishning sevgilisi. Barchin mard va dovyurak qiz. U xalq ogʻzaki ijodidagi qahramonlik eposiga xos botir (alp) qiz haqidagi anʼanaviy obraz hisoblanadi


Download 13.82 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi13.82 Kb.
#1326855
Bog'liq
ALPOMISH VA BARCHIN


BARCHIN — «Alpomish» dostonidagi yetakchi obrazlardan. Boysarining qizi. Alpomishning sevgilisi. Barchin mard va dovyurak qiz. U xalq ogʻzaki ijodidagi qahramonlik eposiga xos botir (alp) qiz haqidagi anʼanaviy obraz hisoblanadi. Turkiy xalqlar Barchin obrazi orqali xotin-qizlarga oʻz samimiy munosabatlari, katta eʼzoz va hurmatlarini bildirganlar, yuksak insoniy qudrat va shon-sharafga ega ekanligini kuylaganlar.
Alpomish – asl ismi Hakimbek, U еtti yoshida bobosi Alpinbiydan qolgan o’n to’rt botmonlik sari yoydan otib, Asqar tog’ining cho’qqisini uchirib yuborganligi uchun ham alp ataladi. «Alpomish» dostoni qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik, turli elatlar va xalqlarning birodarligi, sеvgi va sadoqat, oila mustahkamligi va urug’ birligini kuylovchi ulkan eposdir.
«ALPOMISH» — oʻzbek xalq qahramonlik dostoni. Turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. «Alpomish»ning qoraqalpoq, qozoq, oltoy versiyalari doston shaklida, tatar va boshqird versiyalari ertak va rivoyat shaklida bizgacha yetib kelgan. Oʻzbek dostonchiligi taʼsirida 20-asir. boshlarida ertak va rivoyatlar shaklidagi tojik variantlari ham yuzaga kelgan.
«Alpomish» — dunyo estetik tafakkuri tarixida kamdan-kam uchraydigan favqulodda va noyob badiiy hodisalardan biridir. Uning favqulodda va noyobligi shundaki, qadimiyatda yaratilgan bu ulkan epos baxshilar tomonidan asrlar davomida kuylanib, jonli epik anʼanalarda ogʻzaki ravishda bizgacha yetib keldi. 1999-yil «Alpomish» dostonining 1000-yilligi keng nishonlandi
Download 13.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling