2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Download 1.31 Mb.
bet48/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

... jiā shànɡ tā liǎn shànɡ de ní , shēn shànɡ de hàn.
“... Boz ustiga uning yuzi iflos va badani terlagan”
村外的聊树... (小说选。放飞心灵)
Cūn wài de liáo shù...
“Qishloq orqasidagi majnuntollar...”
国内ɡuó nèi otning aniqlovchisi vazifasida的 de siz keladi.
...它国内的经济生活...
... tā ɡuó nèi de jīnɡ jì shēnɡ huó...
“...Uning ichki iqtisodiy hayoti...”
Ohirgi misolda “ichki” tushunchasi alohida qayd etilib, “tashqi” tushunchasiga qarshi qo‘yilgan, shuning uchun bu yerda的 de ishlatilgan 69.
3) Aniqlovchili国内ɡuó nèi ni odatdagi birikma sifatida tavsiflab, 的 de ning yo‘qligini tushuntirish mumkin emas, chunki国内ɡuó nèi har qanday otning aniqlovchisi bo‘lishi mumkin, agar ular ma’no jihatidan mos kelsa.
Masalan:
国内战争
Guó nèi zhàn zhēnɡ
“Fuqarolar urushi”
国内状况
Guó nèi zhuànɡ kuànɡ
“Mamlakatdagi vaziyat”
Aniqlovchili国内ɡuó nèi dan erkin so‘z birikmasi yasalishidan, aniqlovchi va aniqlanuvchi的 de suffiksi bilan uzilishi mumkin bo‘lgan hollardan tashqari, 国内ɡuó nèi aniqlanuvchidan boshqa aniqlovchilar vositasida ajratilishi mumkinligi ham dalolat beradi 70. Masalan:
... 就目前国内政治局势发表了声明
... jiù mù qián ɡuó nèi zhènɡ zhì jú shì fā biǎo le shēnɡ mínɡ
“...Mamlakatda hozirgi siyosiy vaziyat haqidagi masala bo‘yicha bayonot berildi”
国内总局势
Guó nèi zǒnɡ jú shì
“Mamlakatdagi umumiy vaziyat”
Shunday qilib, 国内 guo nei va shunday tuzilishiga ega bo‘lgan boshqa ayrim birikmalar kabi oddiy ko‘makchili birikmalarga mos kelmaydigan xususiyatlarni namoyon etadi, ya’ni so‘z birikmasi hisoblanmaydi va ayni vaqtda grammatik jihatdan mustaqil bo‘lib, aniqlanuvchilar bilan murakkab (qo‘shma) so‘zga aylanmaydi. Binobarin, 国内ɡuó nèi bilan tuzilish va xususiyatlari jihatidan unga o‘xshash bo‘lgan ayrim birikmalar – hozirgi zamon xitoy tilining mustaqil so‘zlaridir.
II. Hozirgi vaqtda texnikaga oid terminologiyada birinchi komponenti son bo‘lgan aniqlovchili birikmalar ko‘payib bormoqda. Masalan: 二管èr ɡuǎn “ikki lampali” (二管收音机 èr ɡuǎn shōu yīn jī “ikki lampali priyomnik”), 三相sān xiānɡ “uch fazali” (三相电流sān xiānɡ diàn liú “uch fazali tok”).
Bunday birikmalarda birinchi sonli komponent zarur bo‘lganda boshqa sonli komponentlar bilan almashtirilishi mumkin. 二元èr yuán “ikki o‘zakli” deb aytish mumkin bo‘lsa, boshqa har qanday son bilan tuzilish jihatidan shunday so‘z yasash mumkin (三元sān yuán “uch o‘zakli”, 四元sì yuán “to‘rt o‘zakli” va h.k.)
III. Ikkinchi komponent mustaqil fe’l sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan birikmalarni ko‘rib chiqamiz. Masalan: 新任xīn rèn “qayta tayinlangan”, 直属zhí shǔ “bevosita” (bo‘ysunish haqida) , 外来wài lái “kelgindi”, 现行xiàn xínɡ “hozir amalda bo‘lgan”.
1) Bu yerda birinchi komponentlar mustaqil so‘zlar sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lsa-da, lekin ko‘rsatilgan birikmalardagi ma’noni anglatuvchi fe’l aniqlovchisi sifatida har doim ham kelavermaydi, masalan, 前qián “ilgari, oldin” ma’nosida, 现 xiàn “hozir” ma’nosida. 前知道 qián zhī dào “Ilgari bilmoq” yoki 我先知道wǒ xiān zhī dào “Men hozir bilaman” deb aytish mumkin emas. 前qián va现xiàn ot aniqlovchisidagina ko‘rsatilgan ma’noli mustaqil so‘zlar sifatida kelishi mumkin: 前总统qián zónɡ tǒnɡ “sobiq prezident”, 现内阁xiàn nèi ɡé “hozirgi vazirlar mahkamasi”.
2) Ayrim birinchi komponentlar, masalan, 高ɡāo “baland”, odatda, hozirgi zamon xitoy tilida kesim aniqlovchisi vazifasida kelishi mumkin emas. Taqqoslang: 高产ɡāo chǎn “yuksak darajada, samarali”, ammo 高看 ɡāo kàn (“baland” – “qaramoq”), 高走 ɡāo zǒu (“baland” – “yurmoq”) 71.
3) Erkin so‘z birikmalarida sifatlar kesim aniqlovchisi vazifasida kelib, ikkilanish qobiliyatini saqlaydi, ko‘rib chiqilayotgan birikmalarda esa birinchi asliy komponentlari bunday qobiliyatga ega emas. Taqqoslang: 细看xì kàn “e’tibor (diqqat) bilan qaramoq” – 细细看xì xì kàn “katta e’tibor bilan qaramoq”, ammo高高产ɡāo ɡāo chǎn , 直直属zhí zhí shǔ , 单单干dān dān ɡàn .
4) Ko‘pincha bunday birikmalarda ikkinchi komponentlar, mustaqil so‘zlar sifatida, o‘tish fe’llari yoki o‘zidan keyin bevosita qo‘shimchalarni qabul qilishi mumkin bo‘lgan fe’llar hisoblanadi. Masalan, 产chǎn 高产 ɡāo chǎn dan, 任 rèn “tayinlamoq” 前任qián rèn dan, 来lái “...ga kelmoq” 外来wài lái dan, 干 ɡàn “qilmoq” 单干dān ɡàn dan va h.k. Ammo ko‘rsatilgan birikmalarning barchasi qo‘shimchalarga ega bo‘lishi mumkin emas. 产什么chǎn shén me “biror narsa ishlab chiqarmoq” deb aytish mumkin, lekin 高产什么ɡāo chǎn shén me deb aytish mumkin emas: 任谁 rèn shuí “kimnidir tayinlamoq” deb aytish mumkin, lekin 前任谁qián rèn shuí deb aytish mumkin emas.
5) Ko‘rib chiqilayotgan birikmalar so‘z birikmalari emasligidan ularning ot aniqlovchisi sifatida的 de siz kelish qobiliyati dalolat beradi. Ikkinchi komponent mustaqil fe’l bo‘lganda, xitoy sintaksisi qoidalariga ko‘ra, 的 de ni qo‘yish talab etilgan bo‘lar edi. Taqqoslang: 前任大使qián rèn dà shǐ “sobiq elchi”, ammo 轻摆的树叶qīnɡ bǎi de shù yè “ozgina silkinayotgan daraxt barglari”.
IV. Komponentlari fe’lob’ektli bog‘lanishda bo‘lgan birikmalarga, masalan 反身fǎn shēn “qaytuvchi” (fe’llar haqida), 防病fánɡ bìnɡ “epidemiologik”, 联席lián xí “qo‘shma” (majlis haqida), 向心xiànɡ xīn “endotsentrik”, 对外duì wài “tashqi” va shu kabilarga kelsak, bu yerda quyidagilarni aytish mumkin:
Birinchidan, bunday birikmalarning barchasi, haqiqiy fe’lli-ob’ektli birikmalardan farqli o‘laroq, ajralishga qodir emas. 吃了这个菜chī le zhè ɡe cài “Bu taomni yedim” deb aytish mumkin, lekin 联了我们的席lián le wǒ men de xí “joylarimizni birlashtirdilar” deb aytish mumkin emas. Birinchi fe’lli komponent o‘zining mustaqil emasligini fe’l shakllarini yasashga mutlaqo qodir emasligi bilan, ikkinchi komponent-aniqlovchilarni qabul qilishga qodir emasligi bilan tasdiqlaydi.
Ikkinchidan, fe’llar va nomsiz so‘z birikmalaridan farqli o‘laroq, ularning barchasi的 de siz ot aniqlovchilari sifatida kelishi mumkin.
Shunday qilib, komponentlari fe’lli-ob’ektli bog‘lanishda bo‘lgan o‘zgarmas aniqlovchili birikmalarga kiruvchi komponentlar alohida olinganda mustaqil yoki muayyan shartlar bilan bog‘langan so‘zlar vazifasida ishlatilishga qodir bo‘lgan hollarda ham so‘z bo‘lishlari mumkin 72.
Hozirgi zamon xitoy tilida tuzilishi jihatidan xilmag‘xil bo‘lgan o‘zgarmas aniqlovchili birikmalar ayrim hollarda ularning komponentlari mustaqil so‘zlar vazifasida amal qila olmaganda ham, ularning komponentlari moddiy jihatdan mustaqil so‘zlar bilan mos kelganda ham so‘z xususiyatlarini namoyon etadi.73
Bu so‘zlar ikki xususiyatga ega:
Birinchidan, ular, odatda, o‘ta ochiq etimologiyasi bilan ajralib turadi. Taqqoslang: 前任qián rèn “sobiq” 前qián “sobiq, ilgari”dan va 任 rèn “tayinlamoq”dan; 国务ɡuó wù “davlatga tegishli” 国ɡuó “davlat”dan va 务 wù “ish”dan; 联席lián xí “birlashgan, qo‘shma” 联lián “birlashtirmoq” va 席 xí “joy”dan.
Ikkinchidan, bunday so‘zlar odatda murakkab differensiyalangan semantikaga ega bo‘ladi. Taqqoslang:
国家ɡuó jiā “davlat”, aniqlovchida “davlatga tegishli” (qo‘shimcha ma’nolari yo‘q);
国有ɡuó yǒu “davlatga qarashli, davlat tasarrufidagi”;
国营ɡuó yínɡ “davlatga qarashli, davlat tomonidan ishlatilayotgan”;
国立 ɡuó lì “davlatniki, davlat tomonidan tasdiqlangan”;
国务ɡuó wù “davlatga tegishli, davlat miqyosidagi ishlar bilan shug‘ullanuvchi, davlat miqyosidagi ishlar bo‘yicha”.
Bunday birikmalarda komponentlar ma’nolarining ochiqligi va ularning bog‘lanishlari, shuningdek birikmalar semantikasining murakkabligi ularga so‘zlar sifatida yondashilishiga sabab bo‘lmagan, tadqiqotchilarning e’tiborini ularga tortmagan bo‘lsa kerak.
Ammo biz ko‘rib chiqqan birikmalarni nisbiy sifatlar guruhiga kiritib, ularning yasalishini esa sintaktik va sintaktik-morfologik usulda yasalishga tegishli deb hisoblasak, adashmagan bo‘lamiz.
Xitoy tilidagi sodda (bir bo‘g‘inli) sifatlar ham, murakkab sifatlar ham alohida ikkilanish qobiyati (reduplikatsiya74)ga ega. Masalan: 大dà“katta” - 大大dà dà “juda katta”,小xiǎo “kichkina” - 小小xiǎo xiǎo “kichkinagina, jajji” va shu kabilar. Hozirgi zamon xitoy tilida sifatlarning bir necha reduplikativ modellari mavjud.
Sifatlarning ma’lum qismi reduplikatsiyaning “AA” modeli asosida takrorlanadi. Og‘zaki nutqda reduplikativ sifatning ikkinchi bo‘g‘inga 儿ér qo‘shilib kelishi mumkin, bunda reduplikativ sifatning bu bo‘g‘ini birinchi ohangga aylanadi va u urg‘u ostida keladi. Masalan, 早早儿záo zǎo ér “ertaroq”, 慢慢儿màn màn ér “asta-sekin”, 远远儿yuǎn yuǎn ér “uzoqroq”. Mazkur model so‘zning intensiv formasini yasash uchun xizmat qiladi 75.
Rasmiy nutq yoki adabiy asarlarda reduplikativ sifatlarning bo‘g‘ini o‘zgarmaydi va儿ér ham qo‘shilmaydi 76.
“AA” modelidagi reduplikativ sifatlar hol, to‘ldiruvchi vazifasida kelib, gapning ohangini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi:
你行行好,再重重地给我一卷.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling