Sifatlarning grammatik xususiyatlari
Xitoy tilidagi sifatlar rus tilidagi sifatlardan farqli ravishda jins, son va kelishiklar bo‘yicha o‘zgarmaydi. Xitoy tilidagi sifatlarning boshqa o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu zamonda o‘zgaruvchan va modal shakllarni xosil qilishdir.
Sifatlarning zamonda o‘zgaruvchan shakllar
(tuslanuvchi sifatlar)
Xitoy tilida asl (tub) sifat o‘zining birlamchi, lug‘aviy shakli bo‘yicha u yoki bu predmetning belgisi (xususiyati)ni ifodalaydi. Ushbu belgi o‘zgaruvchan bo‘lganligi bois, sifatlardan zamonda o‘zgaruvchan shakllar hosil bo‘lishi mumkin.
Sifatlarning zamonda o‘zgaruvchan shakllari 了 le, 过 guo, 着 zhe suffikslari orqali yasaladi.
了 le suffiksi orqali yasalgan shakl asl belgining ro‘y bergan fakt sifatida shakllanishini ko‘rsatib turadi.
过 guo suffiksi bilan yasalgan shakl asl (tub) belgining o‘tmishda bo‘lganligiga ishora qiladi.
着 zhe suffiqsi yordamida hosil bo‘lgan shakl zamonda davom etayotgan jarayon (holat) sifatida namoyon bo‘ladi.
Sifatlarning modal shakllari
Ba’zan xitoy tilida asl (tub) sifatlarning modal shakllarini kuzatish mumkin. 得de infiksi orqali hosil bo‘lgan shakl predmetning u yoki bu belgisini (xususiyati)ning imkoni borligi (imkoni yo‘qligi)ni ko‘rsatib turadi. 她自己也知道好不了ta ziji ye zhidao haobu liao (u o‘zi bilardi, sog‘ayib keta olmasligini).
得 de suffiksi yordamida hosil bo‘lgan shakl predmetning doimiy belgisi sifatida qandaydir xususiyatining imkoni borligini ifodalaydi. 不 bu infiksi orqali yasalgan shakl o‘z navbatida predmetning u yoki bu xususiyatining imkoni yo‘qligini ko‘rsatib turadi.
Sifatlarning reduplikatsiyasi
(takroriy shakl)
Xitoy tilida asl (tub) sifatlarning takrorlanish usuli keng qo‘llaniladi. Takrorlash odatda (har doim emas) sifat ifodalayotgan belgini kuchaytiradi, unga shiddat (intensiv)lik ma’nosini beradi: 短短 duanduan kalta-kalta (kap-kalta); 厚厚 houhou semiz-semiz (sep-semiz); 干干净净 ganganjingjing toza-toza (top-toza).
Takrorlangan shakldagi sifat daraja ravishlari bilan ishlatilmaydi. Inkorlikni ham o‘ziga olmaydi. Shu bilan birga bunday sifat了le,过 guo,着 zhe suffikslari bilan yasalmaydi va yordamchi fe’’lar bilan qo‘llanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |