2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Download 1.31 Mb.
bet52/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

Fe’l
Umumiy tavsifi
Fe’l (动词 dongci) eng qiyin va eng qiziqarli so‘z turkumi. Fe’l predmetning holati yoki harakatini bildiradi. U harakat­ning maqsadiga yoki harakatning amalga oshirilish usuliga isho­ra qilishi mumkin. Ba’zida fe’llar predmetning nisbiy bel­gisini bildiradi.
Predmetning holatini bildirganda fe’l kesim vazifasini bajaradi. Harakat (holat) maqsadini bildirganida gapda to‘ldi­ruvchi vazifasini bajaradi. Predmetga tegishlilikni bildir­gani uchun fe’l aniqlovchi vazifasini bajarishi mumkin. Ayrim hollarda gapda ega vazifasini bajaradi.
Fe’llarning tasniflanishi
Gramatik nuqtai nazaridan olib qaraganda, xitoy tilidagi hamma fe’llarni to‘liq ma’noli va yordamchi fe’llarga ajratish mumkin.
To‘liq ma’noli fe’llarninig o‘zi ham gapda kesim vazifa­sini bajarishi mumkin. Murakkab kesim tarkibida ular asosiy ma’noni bildiradi. Yordamchi fe’llar ko‘p holatlarda sodda ke­sim vazifasini bajara olmaydi, faqat qo‘shimcha ma’no vazifa­sini bajaradi.
To‘liq ma’noli fe’llar quyidagi turlarga taqsimlanadi:

  1. Natijali to‘liq ma’noli fe’llar;

  2. Natijasiz to‘liq ma’noli fe’llar.

Natijasiz to‘liq ma’noli fe’llar harakatni yoki predmet­ning harakatini bildiradi, fe’l natijasiga qo‘shimcha ma’no bermaydi. U o‘zining morfemalik tarkibiga ko‘ra, bir tarkibli va ko‘p tar­kibli bo‘ladi. Masalan: 活 huo yashamoq, 看 kan qaramoq, 坐 zuo o‘tirmoq, 休息 xiuxi dam olmoq, 批piping tanqid qilmoq, 认为 renwei o‘ylamoq, tan olmoq. Ushbu sinfdagi fe’llarga mo­dal shakllar xos emas, faqatgina oz miqdori, asosan bir tarkib­li fe’llar, suffikslarning modal shaklini hosil qiladi.
Natijali to‘liq ma’noli fe’llar predmetning harakatini yoki holatini ifodalagan holda, natijalikning qo‘shimcha ma’no­sini ham o‘z ichiga oladi. O‘zining morfemalik tarkibi bo‘yicha bunday fe’llar doim ko‘p tarkibli leksik birliklar sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, 改良 gailiang yaxshilamoq, 吃包 chibao to‘ymoq, 猜到 caidao topib olmoq, 睡着 shuizhao uxlab qolmoq, 感觉到 ganjuedao xis qilmoq, 跑上 paoshang chopib chiqmoq, 向起来 xiangqilai eslamoq, 劝过来 quanguolai qayta ishon­tirmoq.
Mazkur sinfning fe’llari asl natijali va natijali yo‘nal­tirilgan turlarga bo‘linadi. Natijali yo‘naltirilgan fe’l­lar na­ti­ja ma’nosi bilan bir qatorga yo‘naltirilishni ham ifodalaydi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling