Olmoshlarning yasalishi
So‘z qo‘shilish (o‘zak qo‘shilish). Ushbu usul orqali xitoy tilida bir nechta olmosh yasaladi: 多少 duoshao ko‘p- kam>qancha?; 任何renhe farqi yo‘q - qaysi> har qanday; 这样 zheyang bu - tur > shunday ; 自己 ziji o‘zi -o‘zi > o‘zi.
Suffiks yordamida yasalish. Suffikslar yordamida birlik va ko‘plikdagi barcha egalik olmoshlari hosil bo‘ladi.
Olmoshning grammatik xususiyatlari
Xitoy tilidagi olmoshlar jins bo‘yicha farqlanmaydi va kelishiklar bo‘yicha o‘zgarmaydi. Faqatgina kishilik va egalik olmoshlari son bo‘yicha o‘zgaradi. Demak, xitoy tilida olmoshlar turlanmaydi.
Ko‘rsatish olmoshlari aniqlovchi va to‘ldiruvchi vazifasini bajarganda, klassifikatorlar bilan ishlatiladi. Biroq yozma nutqda ba’zan klassifikatorlarsiz qo‘llanilish holatlari uchraydi.
Ayrim holatlarda egalik olmoshlari de suffiksisiz ishatiladi, shunda shakl bo‘yicha egalik olmoshi kishilik olmoshidan farq qilmaydi.
Ba’zan ot jamoa ma’nosini anglatsa va u men suffiksi bilan kelishi mumkin bo‘lmasa, unda ko‘plikdagi olmosh ishlatilishi mumkin. Masalan, 人民 renmin xalq so‘ziga nisbatan ko‘plikdagi kishilik olmoshi 他们 tamen ular qo‘llanilishi mumkin.
Olmoshlarning sintaktik xususiyatlaridan biri shundaki, olmoshlar aksariyat holatlarda o‘z aniqlovchisiga ega bo‘lmaydi. Faqat juda kam olmoshlar, asosan我 wo men, 他 ta u, 那 na ana u (odatda ge klassifikatori bilan), aniqlovchi bilan kelishi mumkin.
Ravish
Umumiy tavsif
Ravish (副词 fuci) – harakatning belgisini yoki belgining sifatini hamda belgining darasini ifodalaydigan so‘z turkumidir. Bundan tashqari ravish harakatning amalga oshirilish joyi, vaqti va sifati darajasini ifodalashi mumkin. Xitoy tilida ravish predmetning nisbiy belgisiga ishora qilishi mumkin.
Ravish harakatning belgisi yoki sifatini, belgisi darajasini hamda joyni va vaqtni ifodalab, odatda gapda hol vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |