2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Ravishning grammatik xususiyatlari


Download 1.31 Mb.
bet62/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

Ravishning grammatik xususiyatlari
Asl ravishlarning sintaktik vazifasi hol vazifasidan iborat. Ba’zida ravishlar aniqlovchi vazifasida kelishi mum­kin. Kesim vazifasini ravishlar kamdan-kam, sanoqli holatlar­da bajaradi: bu vazifada ravishlar ularga xos bo‘lmagan daraja ravishlari bilan birga keladi.
Olmoshli ravishlar
Xitoy tilida olmoshlar va ravishlar o‘rtasida oraliq joyni egallaydigan so‘zlar guruhi mavjud. Ular “olmoshli ravishlar” deb nomlanadi.
Olmoshli ravishlar ravishlardan farqli bo‘lib, holni ifo­dalamaydi. Ular faqat holga ishora qiladi yoki holga tegishli bo‘l­gan savolni ifodalaydi. Bu xususiyat ularni olmoshlar bilan yaqin­lashtiradi. Olmoshli ravishlar olmoshlardan farqlanib, odatda gapda hol vazifasini bajaradi. Bu xususiyat esa ularni ravishlar bilan yaqinlashtiradi. Shunday qilib, mazkur guruh olmosh ma’no­siga ega, lekin sintaktik vazifasiga ko‘ra ravish­larga mos keladi.
Olmoshli ravishlar 6 ta turga bo‘linadi:

  1. Ko‘rsatish olmoshli ravishlar.

  2. Aniqlovchi olmoshli ravishlar.

  3. So‘roq olmoshli ravishlar.

  4. Shaxsi noma’lum olmoshli ravishlar.

  5. Nisbiy olmoshli ravishlar.

  6. Undov olmoshli ravishlar.

这里 zheli, 这儿zher – bu yerda; 这么 zheme, 这样 zheyang – shunday (kilib); 那里 nali -qaerda? 多攒 duozan- qachon? 怎样 zenyang qanday? 怎么 zenme..... 怎么 zenme qanday.... shun­day.......;多么 duome Qanaqa qilib! Va boshqalar.
10-ma’ruza: Yordamchi so‘z turkumlari


Reja:

  1. Yordamchi so‘zlar

  2. Bog‘lovchilar

  3. Ko‘makchilar turlari

  4. Klassifikatorlar

  5. Gap bo‘laklari ko‘rsatkichlari

Yordamchi so‘zlar
Umumiy tavsif
Ular aloqalarni hamda predmetlar va belgilar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Ba’zi yordamchi so‘zlar gap bo‘laklarining alohida hissiyotli-mantiqiy urg‘u berish vo­si­tasi bo‘lib, murakkab sintaktik birlikar qismlarini ko‘rsa­tadi. Bun­dan tashqari ular qo‘shimcha ma’nolarni va ekspressiv tuslarni ifodalashi mumkin. Ayrim holatlarda yordamchi so‘zlar so‘z tur­kumlarining analitik shakllari tarkibiga kirishi ham mumkin.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling