2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Download 1.31 Mb.
bet65/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

Ort ko‘makchilar
Umumiy tavsif
Ort ko‘makchilar (后置词 houzhici) ko‘makchilar bilan ifoda­langan makon va zamon munosabatlarni aniqlayotgan yordamchi so‘zlar. Ort ko‘makchilar ko‘makchilar bilan birga makon va zamon hol iboralari bilan qo‘llaniladi.
Ort ko‘makchilar otlar bilan genetik bog‘lib bo‘lib, ularning hosil shakl (derivat)lari hisoblanadi. Otlarning ba’zi sintak­tik xususiyatlarini ort ko‘makchilar o‘zida saqlab qolgan. Ot kabi ort ko‘makchi o‘z oldida olmosh yoki yordamchi so‘z bilan birikkan ot bilan ifodalangan aniqlovchiga ega bo‘ladi.
Shu bilan birga ort ko‘makchilar makon va zamonni angatuvchi hol iboralari tarkibiga kirib, ko‘pincha ko‘makchilar bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi va makon va zamon munosabatlari ifoda etadi.
Hozirgi zamon xitoy tilida ko‘pgina ort ko‘makchilar va o‘z­lari hosil bo‘lgan otlar bilan yonma-yon keladi. Ort ko‘makchilar­ning bu xususiyati ba’zi ko‘makchilar, bog‘lovchilar va boshqa yuklamalar bilan yaqinlashtiradi.
旁边 pangbian yon taraf, yoni; 旁边 pangbian yonida, yaqinida; 中间 zhongjian o‘rtasi, markaz; 中间 zhongjian orasida, o‘rta­sida; 周围 zhouwei aylanma; 周围 zhouwei atrofida.


Ort ko‘makchilarning turlari
Xitoy tilidagi ort ko‘makchilar 2 ta semantik turga bo‘linadi:
1. Makon munosabatlarini aniqlayotgan ort ko ‘marchilar:上边 shangbian tepasida, 中间 zhongjian o‘rtasida, 地下 dixia yil, 前头 qiantou oldida, 后头 houtou orqasida va boshqalar.
2. Zamon munosabatlarini aniqlayotgan ort ko‘makchilar: 以前 yiqian -gacha, 以后 yihou keyin, 以来 yilai -dan, dan keyin, 以内 yinei davomida, asnosida va boshqalar.
Bog‘lovchilar
Umumiy tavsif
Bog‘lovchilar (连词 lianci) - birlashtiruvchi, zidlovchi, ajra­tuv­chi, taqqoslovchi, maqsad, sabab, shart, to‘siqsi, shuningdek, o‘xsha­tish va farqlanish munosabatlarni ifodalaydigan yordamchi so‘zlar.
Bog‘lovchilar sintaktik aloqalarni bildirib, sodda gap yoki murakkab sintaktik birliklar qismlarida uyushib kelayotgan gap bo‘laklari o‘rtasidagi semantik munosabatlarni ifodalaydi.
Xitoy tilida bog‘lovchilar yordamchi so‘zlarning eng ko‘p son­li sinfini tashkil qilib, sintaktik bog‘lanishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Ayniqsa, bog‘lovchilarning yozma-kito­biy uslubda muhim rol o‘ynaydi.
Bog‘lovchilarning ko‘pchiligi etimologik aniqlik va ravshan­lik bilan ajralib turadi. Deyarli har bir bog‘lovchi o‘zining bosh so‘ziga, ya’ni o‘zi hosil bo‘lgan so‘ziga ega. Xitoy tilida aksa­riyat bog‘lovchilar ham fe’llardan yasalgan. Fe’ldan yasalgan bog‘­lovchilardan tashqari, ravish va olmoshdan hosil bo‘lgan bog‘lov­chilar ham mavjud.
Grammatikalanish darajasi bo‘yicha xitoy tilidagi bog‘lov­chilarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:

  1. O‘zining dastalabki leksik ma’nosini butunlay yo‘qotgan bog‘lovchilar (虽 sui qaramay, qaramasdan);

  2. O‘zining leksik ma’nosini qisman yo‘qotgan bog‘lovchilar (如果 ruguo agar, darhaqiqat);

  3. Zamonaviy tildagi ma’noga ega so‘zlarning omonim-bog‘­lov­chilari (好hao yaxshi, 好hao uchun).

Xitoy tilida bog‘lovchilarning kelib chiqishi jihatidan xud­di predloglar (old qo‘shimchalar)dek yetarlicha muhim ahamiyat­ga ega ekan­ligini ko‘pgina tadqiqotlar isbotlab bergan. Shu bilan birga “Xi­toy tili grammatikasi” kitobida N.Ya. Bichurin “ko‘pgina bog‘lovchi­lar fe’llardan tashkil topgan bo‘lib, gaplar­da joylashishiga qarab o‘z ma’nosini o‘zgartiradi” deb ta’kidlab o‘tgan98. Ayrim bog‘lovchi­lar­ning etimologiyasini ko‘rib fe’llar­dan kelib chiqqanligini bi­lish mumkin. Masalan zamonaviy 但 dàn bog‘lovchisini kelib chiqi­shini Van Li 独 dú、特 tè、徒 tú chegaralab qo‘ymoq fe’llariga borib taqa­ladi, 如rú bog‘lovchi­si­ni mos kelmoq, muvofiq bo‘lmoq fe’lla­ridan, 并 bìng bog‘lovchi­sini esa, yonida turmoq, birga yashamoq, degan fe’llardan kelib chiqqan deb ta’kidlab o‘tgan.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling