2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Xitoy tili bogʻlovchilarining tizimi haqida olimlar qarashlari
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Xitoy tili bogʻlovchilarining tizimi haqida olimlar qarashlari
Bogʻlovchilar (连词) yordamchi soʻzlar boʻlib, bogʻlash, zidlash, ayirish, maqsad, sabab, shart munosabatlarini, shuningdek, oʻxshashlik va farqlilik munosabatlarini bildiradi. Bogʻlovchilar sintaktik aloqani bildiradi va gapning uyushiq boʻlaklari orasidagi semantik munosabatni ifodalaydi. Xitoy tilida boʻglovchilar eng koʻp sonli sinfni tashkil qiladi. Sintaktik bogʻlanishda ularning tutgan oʻrni katta. Ayniqsa, badiiy uslubda bogʻlovchilarning roli beqiyos.99 Demak, bogʻlovchi – yordamchi soʻz turkumiga kiradi, soʻz, soʻz birikma va gap boʻlaklarini bogʻlaydi. Uning asosiy vazifasi ikki yoki undan ortiq soʻzlar, soʻz birikmalari yoki gap boʻlaklari oʻrtasidagi munosabatni koʻrsatishdir. Masalan: “丁力和我” (Dīnglì hé wǒ Dingli va men) dagi “va” “丁力” va “我” oʻrtasidagi teng bogʻlangan munosabatni bildiradi. “丁力或者我” (Dīnglì huòzhě wǒ Dingli yoki men)dagi “或者” “丁力” va “我” oʻrtasidagi teng tanlov munosabatini bildiradi. Yana bir misol: “因为丁力学得好,所以大家都选他当班长” (Yīnwèi dīng lìxué dé hǎo, suǒyǐ dàjiā dōu xuǎn tā dāng bānzhǎng Dingli yaxshi oʻqigani sababli, barcha uni sinf sardori etib tanladi), bu yerdagi “因为...所以...” Yīnwèi... Suǒyǐ.. gapning ikki qismidagi sabab- oqibat munosabatini bildirib, ularni bogʻlayapti.100 Deyarli barcha bogʻlovchilar etimologik ravshanligi va aniqligi bilan ajralib turadi. Xitoy tilida koʻp bogʻlovchilar fe’ldan kelib chiqgan. Fe’ldan kelib chiqgan bogʻlovchilardan tashqari, ba’zi ravish va olmoshdan kelib chiqgan bogʻlovchilar ham mavjud. Grammatizatsiyalash darajasi boʻyicha xitoy tilidagi boʻglovchilarni dastlabki leksik ma’nosini yoʻqotgan (虽Suī garchi); leksik ma’nosini saqlab qolgan (如果Rúguǒ agar); omonim bogʻlovchilar (好Hǎo yaxshi, 好 haˋo uchun) larga ajratish mumkin.101 Xitoy tilida zidlov bogʻlovchilarning grammatik xususiyatlarini oʻrganish jarayonida bir qancha tillarda yozilgan kitoblarga murojat qilindi. Masalan: oʻzbek xitoyshunoslaridan filologiya fanlar nomzodi, dotsent Karimov A. ning maqolalari va filologiya fanlari nomzodi Nosirova S. hamda filologiya fanlar nomzodi, dotsent Xoshimova S. larning “Xitoy tili grammatikasi”, xitoy tilidagi “何世达现代汉语 , 语法点速记速练”, Горелов В.И. “Теоретическая грамматика китайского языка”, Горелов В.И. “Союзы в сложном предложении современного китайского литературного языка” kabi bir qancha kitoblardan kerakli ma’lumotlarni olib, ularni kengroq yoritib berishga harakat qilindi. Ma Szyanzhun Xitoyda ilk bog’lovchilar va old ko’makchilarni ilmiy darajada o’rganishni boshlagan inson hisoblanadi. U avvalgi Xitoy tilshunoslari tomonidan qoldirilgan ma’lumotlarni boyitgan va xitoy tiliga mumtoz xitoy filologiyasida o’xshashi yo’q bo’lgan tushunchalarni olib kirgan, bular: 介子old ko’makchi va 连子 bog’lovchi, Ma Szyanzhun ularni so’zlarning alohida sinfi sifatida ko’rib chiqgan. U ilk bog’lovchi sifatida夫, 今, 且, 盖 larni keltirgan. Aynan u bog'lovchi va old ko'makchilarning keyingi o'rganilishi uchun nazariy asos yaratgan. 102 Ba’zi olimlar old ko’makchilar va bog’lovchilar bir sinfni tashkil etadi va ularni ajratish mumkin emas deydilar. Li szinsi old ko’makchilar va bog’lovchilarning birinchi zamonaviy klassifikatsiyasini taklif qilgan. U old ko’makchilar va bog’lovchilar bir “munosabatni bildiruvchi so’zlar” 关系词 sinfini tashkil etadi degan. 103 Ko'p bog'lovchi so’zlar Van Lining ishlarida keltirilgan, bular: bog’lovchilar; old ko’makchilarni alohida sinfga kiritmay, ularni fe’llarga mansub deydi. O'zining “Asos”kitobining XIV bobida bog'lovchilar murakkab gapni tashkil qiluvchi sodda gaplarni bog’lashini aytgan. U yozadiki: “Avvalgi grammatik qoidalarga ko’ra shart ma’nosidagi konstruksiyalar bog’lovchilarsiz bo’lgan. Agar bog’lovchi element ishlatish kerak bo’lsa, unda若‘agar’, 要‘agarda’, 倘或‘agar’ lar ushbu vazifani bajargan.104 N.Y.Bichurin 1835-yil oʻzining “Xitoy tili grammatikasi”da “koʻpgina bogʻlovchilar fe’llardan tashkil topgan boʻlib, gaplarda joylashishiga qarab oʻz ma’nosini oʻzgartiradi” deb ta’kidlab oʻtgan. 105 Fe’llik funksiyasini oʻzida saqlab qolgan bogʻlovchilar zamonaviy xitoy tilida kam uchraydi. Masalan: 象xiàng (feʻl→ old koʻmakchi→ bogʻlovchi) shunga oʻxshash→ oʻxshab...,xuddi va...→ oʻshanga oʻxshab, xuddi...; 使shĭ (toʻla maʻnoli feʻl→ undovchi feʻl→ bogʻlovchi) Shunga olib kelmoq, nima...; 要yào (toʻla maʻnoli feʻl→ modal feʻl→ undovchi feʻl→ bogʻlovchi) xohlamoq, xohlamoq, uchun...→ agar va boshqalar. Ayrim bogʻlovchilarning etimologiyasini koʻrib fe’llardan kelib chiqqanligini bilish mumkin. 106Masalan zamonaviy 但dàn bogʻlovchisini kelib chiqishini Van Li 独 dú,特 tè,徒 tú “chegaralab qoʻymoq” feʻllariga borib taqaladi, 如rú bogʻlovchisini mos kelmoq, muvofiq boʻlmoq feʻllaridan, 并 bìng bogʻlovchisini esa, yonida turmoq, birga yashamoq, degan feʻllardan kelib chiqqan deb taʻkidlab oʻtgan. Strukturasi turlicha boʻlgan 为了Wèile ishtirokidagi gaplarni koʻrib chiqsak.107 这是为了适应国家日益增长的需要。(书) Zhè shì wèile shìyìng guójiā rìyì zēngzhǎng de xūyào.(Shū) Bu aynan tinmay oʻsib borayotgan davlatning ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladi. 他为了国家牺牲自己。 Tā wèile guójiā xīshēng zìjǐ. U oʻz mamlakati uchun oʻz jonini qurbonlikka keltiryapti. 为了使大家了解,让我们在举出两个例子。 Wèile shǐ dàjiā liǎojiě, ràng wǒmen zài jǔ chū liǎng gè lìzi. Barcha tushunib olishi uchun biz yana ikkita misol keltirsak. Birinchi gapda 为了Wèile – feʻl xizmat qilmoq ma’nosida kelyapti. Bu – mustaqil soʻz turkumidagi soʻz oddiy gapda kesim oʻrnida kelyapti. Ikkinchi gapda为了 – old koʻmakchi uchun ma’nosida kelyapti. Bu – yordamchi soʻz gapda maqsad holi vazifasini bajaryapti. Va nihoyat, uchunchi gapda为了 – uchun bogʻlovchisi, u maqsad munosabatni bildirgan murakkab ergash gaplarni boʻglashga xizmat qilyapti. Bogʻlovchi bilan ravish va old koʻmakchi oʻrtasidagi ba’zi farqlarni koʻrib chiqsak. Bogʻlovchi va ravish oʻrtasidagi chegara. 108 Yuqorida aytilganidek, ba’zi bogʻlovchilar ma’lum bir ravishlar bilan bir vaqtda ishlatilishi mumkin, oʻzaro mutanosiblikda boʻladi va turli munosabatlarni bildiradi. Shu kabi ravishlar gapda ham ma’lum bogʻlashni amalga oshiradi. Masalan: “如果你去,我就去。” Rúguǒ nǐ qù, wǒ jiù qù “Agar sen borsang, men ham boraman” ushbu gapdagi bogʻlovchi - “如果” Rúguǒ va ravish - “就” Jiù. Ushbu ikki soʻz gapning ikki qismida oʻzaro mutanosiblik, taxmin munosabatini bildiryapti. Agar biz “如果” Rúguǒ bogʻlovchisini tushirib qoldirsak, gap “你去,我就去。” Nǐ qù, wǒ jiù qù “Sen borsang, men ham boraman” ga oʻzgarsada, gapning ma’nosi avvalgi gap ma’nosi bilan oʻxshash, oʻzgarish yoʻq. Ammo, agar “就” jiù ravishini tushirib qoldirsak, gap “如果你去,我去” Rúguǒ nǐ qù, wǒ qù “Agarda sen borsang, men boraman” ga oʻzgaradi, yoxud “如果” Rúguǒ va “就” jiù ikkovini tushirib qoldirsak, “你去,我去” Nǐ qù, wǒ qù “Sen borasan, men boraman” dek boʻlib qoladi, ushbu ikki gapning ma’nosi tamomila gʻaliz. Shunday qilib, “就” jiù ravishi gapda ma’lum munosabatni ifodalash uchun ishlatilinadi. Yana bir misol: “无论谁听到这个消息都会很高兴。Wúlùn shuí tīng dào zhège xiāoxī dūhuì hěn gāoxìng” Ushbu gapda “无论” - bogʻlovchi va “都” – ravish. “无论” bogʻlovchisini tushirib qoldirsak, gap semantikasi oʻzgarmaydi. Agar “都” ni ham tushirib qoldirsak, “谁听到这个消息会很高兴。” (Shuí tīng dào zhège xiāoxī huì hěn gāoxìng) ga oʻzgaradi. Ushbu gapning ma’nosi avvalgi ma’no bilan umuman nooʻxshash, grammatik bogʻlanish ham oʻzgardi. Ravish amalga oshiradigan munosabatlarning barchasi yorqin namoyon. Ma’lum shart-sharoit ostidagi aloqalarni ifodalashda qoʻllaniladigan ravish bogʻlovchiga kirishi mumkinmi? Javob inkoriy. Chunki bogʻlovchi va boshqa soʻz turlarining farqli tomonining eng muhim xususiyati shundaki, u egadan oldin ham egadan keyin ham qoʻllanishi mumkin, ammo munosabatni ifodalashda qoʻllanuvchi “就” Jiù,“都” dōu,“也” yě,“又” yòu,“再” zài,“还” hái,“却” què,“更” gèng va h.k. barchasi faqat egadan keyin qoʻllanilishi mumkin, fe’l-kesim yoki ot-kesimdan avval. Ularning bunday joylashuvi qadimga borib taqaladi. Shuning uchun shu kabi ravishlar gapda maʻlum bogʻlanishlar uchun xizmat qilsada, ravishlar qatoriga kiradi.109 Bogʻlovchi va old koʻmakchi “跟” Gēn,“和” hé,“同” tóng,“与” yǔ kabi bir qancha soʻzlar ham predlog ham bogʻlovchi vazifasini oʻtaydi. Unday boʻlsa ular qaysi vaqt predlog boʻlib keladi, qaysi vaqt bogʻlovchi boʻlib keladi? Ma’no ifodalashda qanday farqlari mavjud? Avval quyidagi misollarni koʻrsak: Wǒ gēn fāng qiáng dūhuì yīngyǔ Cháng jiǔ yǐl ái, hǎi yuán hé yúmín men duōmexīwàngnéngzàijiāodǐngshàng méiyīzuò bānbiāodēngya! II Xiǎo yàn zuótiān zhǐ gēn xiǎo qīng shuōle zhè jiàn shì. Kàn, pangpang pǎo dé sùdù hé zǒu (de sùdù) chàbùduō. gapdagi “我” va “方强” oʻrin almashsa, “方强跟我都会英语” (Fāng qiáng gēn wǒ dūhuì yīngyǔ) boʻlib qoladi, ma’no oʻzgarmayapti. 2-gapdagi holat ham shunga oʻxshash. Ammo agarda IIholder 3-misoldagi “小燕” va “小青” oʻzaro oʻrin almashishsa, gap “小青昨天只跟小燕说了这件事” Xiǎo qīng zuótiān zhǐ gēn xiǎo yān shuōle zhè jiàn shì tarzida boʻladi, semantika avvalgi maʻno bilan oʻxshash emas, Xiaoqing nutq soʻzlayotgan shaxs boʻlib qoldi, Xiaoyan esa tinglovchi shaxsga aylandi. Xuddi shunday agar 4-gapdagi “和” dan oldingi va keying ikki boʻlak oʻzaro oʻrin almashsa, gap “胖胖走的速度和跑(的速度)差不多” (Pàng hold zǒu de sùdù hé pǎo (de sùdù) chàbùduō) holiga keladi, ma’no avvalgi ma’no bilan qarama-qarshi boʻlib qoldi. Shunday qilib, I sektordagi “和”,“跟” va II sektordagi “和”,“跟”bilan oʻxshash emas. I sektordagi “和”,“跟” bogʻlovchi, ikki boʻlakni teng munosabatda bogʻlayapti, oʻzaro bogʻlangan soʻz birikmalari gapda bir grammatik boʻlak boʻlib kelyapti. Masalan: 1- va 2-gapda gapning egasi vazifasida kelyapti. “和”,“跟”ning bunday qoʻllanilishida adabiyotlarda ular oʻrniga vergul qoʻyilsa ham boʻladi va maʻno ham oʻzgarmaydi. Ammo II sektordagi “和” ,“跟”dan oldingi va holder ikki boʻlak oʻzaro teng munosabatda emas. II sektordagi gaplarda sintaktik strukturasida “和” ,“跟”lar oʻzidan oldingi soʻz bilan munosabatga kirishmayapti, balki oʻzidan keying “小青” , “走(的速度)” Xiǎo qīng”, “zǒu (de sùdù) bilan oʻzaro birlashgan, predlogli soʻz birikmasini hosil qilgan, gapda hol boʻlib kelyapti. Bu yerdagi “和” ,“跟”lar oʻrniga vergul ishlatib boʻlmaydi. Bogʻlovchidan oldin boshqa aniqlovchi qoʻyib boʻlmaydi, masalan 1-gapni “我从前跟方强都会说英语” (Wǒ cóngqián gēn hold qiáng dūhuì shuō yīngyǔ) deb boʻlmaydi. Agarda “和” Hé,“跟” gēn,“与” yǔ,“同” tóng lar old koʻmakchi sifatida ishlatilsa, ularning oldiga boshqa aniqlovchi boʻlaklarni qoʻysa boʻladi. Masalan 3-gapdagi “昨天” Zuótiān,“只” zhǐ 4-gapdagi “和” Hé dan oldin “确实” quèshí,“简直” jiǎnzhí kabi hol boʻlib keluvchi soʻzlarni qoʻysa boʻladi. Buning sababi predlogning eng muhim vazifasi oʻzidan keying soʻz bilan birikib, predlogli birikma hosil qilish va gapda aniqlovchi boʻlak boʻlish, predlogli birikma yakka holda boshqa soʻzlar bn aniqlashtirilishni qabul qila oladi, masalan 3-gapdagi “只” Zhǐ “跟小青” gēn xiǎo qīng ni aniqlab kelayotgan holdir.110 Bogʻlovchilarning grammatik xususiyatlari.111 Bogʻlovchi yordamchi soʻz turkumi boʻlsa-da, yordamchi soʻz turkumining faqat yarim xususiyatiga ega. Leksik ma’no anglatmaydi, faqat ma’lum grammatik ma’no bildiradi. Gap boʻlagi sifatida kela olmaydi. Faqat shu tarafi bilan ravish va old koʻmakchidan farq qiladi. Ravish va old koʻmakchi yordamchi soʻz turkumi tarkibida boʻlsada, ammo ravish oʻzi gapda gap boʻlagi sifatida kela oladi.Old koʻmakchi undan keyingi ot yoki olmosh bilan old koʻmakchili birikmani hosil qilgandan soʻnggina gap boʻlagi boʻla oladi. Bogʻlovchilar faqatgina soʻzlarni, soʻz birikmalarini yoki gaplarni bogʻlay oladi, oʻzaro boʻglanayotgan ikkita grammatik boʻlak orasidagi turli munosabatlarni bildiradi, ammo oʻzgartira yoki oʻzaro toʻldira olmaydi. Yakka holda savolga javob boʻla olmaydi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling