2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Download 1.31 Mb.
bet74/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

Ideogrammalar 115 会意字 [huìyìzì]
Tilning va fikrning rivojlanishi bilan ularni ifodalashda tasviriy iyerogliflar soni yetishmay qoladi. Piktogrammaning qiyin turlarini o‘ylab topish esa o‘zlari uchun qiyinchilik tug‘dirar edi. Ammo piktogrammalar asosida ideogrammalar shakllana boshladi. Ideogrammalar – bu shunday belgiki, predmetning tasvirlanishi asosiy maqsad bo‘lmagan, ya’ni, ma’lum bir ko‘rinishdagi predmet (misol uchun odam pozalari) uning holati yoki vazifasini ifodlashi kerak bo‘lgan. Ko‘pchilik ideogrammalar mavjudlarini qo‘shish orqali boshqa ma’noni ifodalash uchun hosil qilingan.116
Misol uchun “daraxt” iyeroglifi yoniga yana bitta “daraxt”ni qo‘yish bilan yangi tushuncha – “o‘rmon” hosil qilingan; uchta “daraxt” elementining qo‘shilishidan esa “daraxtzor”, “o‘rmonzor” ma’nosini beradi. Bir turdagi sodda elementlarning sondagi ko‘payishi – ideogrammalarning hosil qilishidagi sodda usuli hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida nafaqat iyerogliflarning o‘zi, balki ularning shakllanishi ham rivojlanib bordi.
Masalan, quyosh, uning daraxt ortidagi tasviri “sharq” ma’nosini, daraxt soyasidagi odam “dam olmoq” ma’nosini, qush dumidan ushlab turgan qo‘l “ushlamoq” ma’nosini ifodalagan. Shunday qilib, ideogrammalar ma’nolari qismlarning bir-biriga munosabatini ifodalaydi.
Vaqt o‘tishi bilan ideogrammalar tasviriy xususiyatlarini yoqotib, shartli xarakter hosil qila boshlagan. Ko‘pgina iyerogliflarning kelib chiqishi shundan iboratki, ularning hozirgi ma’nosi uning tarkibiga kiruvchi elementlarning ma’nolaridan kelib chiqib hosil qilingan.


Fonogrammalar 117 形声字[xíngshēngzì]
Hosil qilib bo‘lingan mavjud iyerogliflardan tilni juda boyitish mumkin edi. Ammo qadimgi xitoyliklar boshqa usulni tanlashdi. Alohida esda saqlab qolarli alifbo sistemasini ishlab chiqishdi. Ana shunda fonogrammalar yuzaga keldi.
Ya’ni biron bir predmetning talaffuzini olib uning nimadan ekaniligining iyeroglifini asosiy iyeroglifning elementi sifatida bitta iyeroglifga qo‘shildi (determinat).
Misol uchun “piyoz” so‘zi, iyeroglifda nima haqida so‘z borayotganini aniq ko‘rsatish uchun yoki piyozning rasmi korsatilgan, yoki o‘simlikni bildiruvchi shartli belgi qo‘yilgan bolar edi. Bunda piyoz tasviri “determinat” vazifasini o‘tagan bo‘ladi. Undan keyingi kelayotgan belgilar esa mavjud iyeroglif ifodalayotgan so‘zning aynan o‘simlikga oid ekanligini bildirib keladi. Bunday analogning kamchiligi shunda ediki, iyeroglif tarkibidagi fonetik to‘liq iyeroglifning talaffuzini berib, yozuvda esa talaffuzni hosil qiluvchilar aks etmas edi. Fonetiklar sifatida eskirib qolgan talaffuzli piktogramma yoki ideogrammalar olinar edi. Fonografik iyerogliflarda ifodalanadigan so‘z fonetik jihatdan uning elementi talaffuzi bilan teng bo‘ladi. Boshqacha aytganda, iyeroglifning, ya’ni so‘zning o‘qilishi undagi biron bir elementning o‘qilishi bilan bir xil. Bundan tashqari, fonetiklar iyeroglif ifodalayotgan ma’no bilan aloqador ham bo‘lishi mumkin. Fonetikning ma’noga aloqadorligi esa iyeroglifning qanday usul bilan yaratilganligiga bog‘liq edi.
Fonografik iyerogliflarning rivojlanishi qadimgi piktografik iyerogliflar funksiyalarining qiyinlashuviga sabab bo‘ldi. Ular yozuvning yangi rivojlanish turida sifat o‘zgarishiga duch keldi. Ilk piktogramma-determinativlar ideografik aniqlovchi vazifasini bajargan. Qadimgi lug‘atlarda so‘zlar mazmun jihatdan guruhlarga bo‘lingan. Misol uchun, qadimgi xitoy tili lug‘atlaridan birida “osmon” determinatidan so‘ng, “quyosh”, “yomg‘ir”, “bulut” va h/k lar joylashtirilgan; “yer” kalitidan so‘ng “suv”, “tog‘”, “qishloq”, “o‘simlik” kabilar joylashtirilgan.
Ushbu guruhga kiruvchi iyerogliflarning ko‘pchiligi bitta determinatlarga ega bo‘lgan. Mana shu jihatidan iyeroglifning lug‘atdagi joylashuv o‘rnini osonlik bilan topish mumkin bo‘lgan.
Shundan qilib determinat qo‘shimcha funksiyaga ega bo‘ldi – iyeroglifning lug‘atdagi o‘rnini belgilash, ya’ni lug‘atdan iyeroglifni qidirib topish funksiyasi.
Vaqt o‘tishi bilan bu funksiya deyarli asosiyga aylanib, ideografik ma’nosi esa ikkinchi darajali bo‘lib qoldi. XVII asrga kelib kalit belgilarining soni 214 taga yetdi. Kalitlar ma’lum darajada iyeroglifning ideografik ma’nosini saqlab qolgan. Misol uchun, “daraxt” kalitiga ega ko‘pgina iyerogliflar daraxtlar ma’nolarini yoki daraxtdan tayyorlangan predmetlar ma’nolarini ifodalaydi.



Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling