2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-seminar mashg‘uloti: Ieroglifik klub
Nazorat uchun savollar:
Xitoy tilining yozuv belgilari qanday guruhlarga taqsimlanadi? Boshlang‘ich (dastlabki) elementlarning tasviriy toifasi (kategoriyasi) haqida aytib bering. Boshlang‘ich (dastlabki) elementlarning ishora qiluvchi toifasi (kategoriyasi) haqida bayon qiling. Kakie ieroglifi nazivayutsya ideogrammami? Fonografik yozuv (xat) nima degani? Ieroglifik yozuv (xat)ini ierogliflarning qaysi turi tashkil qiladi? Ierogriflar kalitlari haqida aytib bering. Fonetiklar haqida bayon qiling. Adabiyotlar 卢福波 著 对外汉语教学实用语法。2012年 Mavlyanova У. Xitoy filologiyasiga kirish. U –Toshkent:ToshDSHI,2009 Пособие по иероглифике к учебнику Практический курс китайского языка (в двух частях). Кондрашевский А.Ф. – Москва: Издательство Муравей, 2000. Введение в китайский язык. Софронов М. В. – Москва: Издательство Муравей, 1996. 4-seminar mashg‘uloti: Ieroglifik klub O‘tmishning mashhur xattotlari orasida imperatorlar bo‘lgan. Xitoy revolyusionerlari boshchisi va XXR yaratuvchisi Mao Szedun aytganki, yozuv “ma’lum bir sharoitlarda isloh qilinishi lozimdir”. Imperatorlar kabi u klassik she’rlar yaratgan va avlodlariga ko‘plab husnixatli yozuvlarni qoldirgan edi. Mao Szedun husnixatlarining namunalari hozirgi kungacha "Jenmin jibao" va Xitoyning boshqa markaziy ro‘znomalarining sarlavhalarida o‘z aksini topadi. Islohotchi Den Syaopin mo‘yqalamiga "Szinszi sankao bao" yangi iqtisodiy nashrning sarlavhasi mansubdir. 90-yillar oxiridagi muhim voqea – Xitoyga Gonkongni qaytarilishi munosabati bilan XXRning hozirgi raisi Szyan Szeminning tabrigi ham husnixat bilan yozilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin zamonaviy dizayn unsuri bo‘lmish husnixat va xitoycha ierogliflar modasi G‘arbga Yaponiya orqali kirib keldi. Hozirda esa bu moda Rossiyaga ham kirib keldi: ierogliflar – ba’zan oyog‘i osmonda bo‘lsa ham – mahalliy rasmli jurnallar muqovalarida paydo bo‘lmoqda. Xitoy ierogliflari bu nafaqat qadimiy madaniyat ramzidir. Asrlar davomida ular zamonda va makonda millatning birdamligini ta’minlab keldi. Hattoki XX asrning boshlarida ham ieroglifik yozu barcha o‘qimishli odamlarga Konfusiyning qadimgi fikrlarini o‘qish va o‘rta asr namunalari bo‘yicha she’rlarni yaratish imkoniyatini berar edi. Ushbu yozuv doimo ko‘plab xitoy lahjalarini bir-biri bilan bog‘lab turardi. Lahjalardagi farq shunchalik katta ediki, turli xil tumna aholisi og‘zaki nutqda “tarjimonlar” yoki qo‘llarida ierogliflar “yozib”, o‘zini lahjasida shu ieroglifni talaffuz qilib, o‘zaro muloqot qilgan. Shu kabi lahjadagi talaffuz qilishga misol qilib Gonkong shahrining nomini keltirish mumkin. Ikkita ieroglif bilan yozilgan “Xushbo‘y bandargoh” nomi janubiy o‘qilishda bizga ma’lum. Bunday talaffuz Gonkongni o‘zida va qo‘shni bo‘lgan xitoy provinsiyasi Guandunda tarqalgan. Pekincha talaffuzda esa Gonkong Syangan deb o‘qiladi. Ieroglifik dunyo Syangan va Tayvandan tashqari millionlab xitoyliklar yashab kelayotgan Singapur va Janubiy-Sharqiy Osiyoning boshqa mamlakatlarini qamrab oladi. Uzoq bahslar va ikkilanishlardan keyin Osiyoning “ieroglifik klubi”dan Yaponiya va uni ketidan Janubiy Koreya chiqib ketishni istamadi. Ming yil oldin xitoy ierogliflari Koreya orqali Yaponiyaga kirib kelgan va keyinchalik yaratilgan ikki turdagi alifbo bilan bir qatorda hozirgi vaqtgacha zamonaviy yapon yozuvning asosi bo‘lib xizmat kilmoqda. Hozirda Janubiy Koreyada Yaponiyaga qaraganda ierogliflar qamroq ishlatiladi, lekin ular bekor qilinmagan va milliy koreyscha alifbo bilan birga ishlatiladi. “Ieroglifik klub” dan Shimoliy Koreya chiqib ketgan, barcha bosma matnlardan ierogliflar olib tashlangan, biroq juda kam hajmda maktab dasturidan saqlanib kelmoqda. Yuz yil oldin Vetnamda ham xitoycha ham xitoy namunalari bo‘yicha yaratilgan mahalliy ierogliflar qo‘llanilgan edi. Keyinchalik yevropa missionerlari tomonidan kiritilgan lotin yozuvchi ierogliflarni siqib chiqargan, hozirda ular vetnamliklar uchun ko‘p asrlik adabiy merosga kirib borish vositasi sifatida xizmat qiladi. Xitoyning o‘zida ierogliflar ikki marta hujumga uchragan - chet ellik bosqinchilar oldida va jamiyat modernizatsiyasiga to‘siq deb hisoblagan xitoy islohotchilari oldida. XIII asrning oxirida Xitoyni bosib olib, mo‘g‘ullar buyuk davlatning tushunarsiz va yovuz bo‘lgan madaniyatini yo‘q qilishga harakat qildilar. Ierogliflar va mo‘g‘ul sulolasi Yuan ta’siri ostida bo‘lgan hududlardagi boshqa yozuvlar o‘rniga mo‘g‘ullar Tibetdagi buddaviy olim-lama tomonidan yaratilgan maxsus, to‘rtburchakli alifboli yozuvni tatbiq etishga urindilar. An’naviy madaniyatga tayanmagan to‘rtburchakli yozuv mo‘g‘ullar boshqaruvi nihoyasiga hali yetmasdan yo‘q bo‘ldi. Bizning asrimizda liberal yo‘nalishidagi filolog-islohotchilar murakkab ierogliflarni soddalashtirishga da’vat qildilar. Revolyusion demokratlar esa an’anaviy yozuvni butunlay yo‘q qilib tashlashni orzu qilgan edilar. Ierogliflar o‘rniga sobiq Sovet Ittifoqida xitoy emigrantlari uchun yaratilgan “yangi lotinlashtirigan yozuv”ni kiritishni istaganlar. Ierogliflar yo‘q qilinishi bilan yagona yozuv tili va Xitoyning mingyilllik madaniy merosi o‘tmishda qolib ketishi ularni uncha havotirga solmas edi. Turli lahjalarda gaplashayotgan “omma” barcha narsani lotin harflari bilan yozib imkoniga ega bo‘ladi deb taxmin qilishgan. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling