2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Piktogrammalar 113 象形字 [xiàngxíngzì]
Xitoy yozuvi bilan birinchi bor duch kelgan odam albatta uni tushunishda avvaliga xuddi yechimi topilmaydigan bir qator qiyinchiliklarga uchraydi. Ammo aynan ilk iyerogliflar ana shu muloqotdagi, tushunishdagi to‘siqni yengish uchun o‘ylab topilgan. Agarda iyerogliflarning to‘rt ming yil avvalgi ko‘rinishiga qaraydigan bo‘lsak, ko‘z oldimizda tabiat hodisalari, o‘simliklar, odam, qurol-aslaha va boshqalarning deyarli aniq manzaralari namoyon bo‘ladi.114 Ana shu birinchi tasviriy rasmlar bilan yaratilgan iyerogliflar piktogrammalar deb ataladi. Hozirgi kunda ular iyerogliflarning unchalik katta bo‘lmagan qismini tashkil qiladi. Undagi muhim jihati shundaki, hodisa, o‘simlik yoki odam aniq holicha tasvirlanadi, ortiqcha detallarga to‘xtalib o‘tilmaydi. Qadimgi “tog‘” piktogrammasi, masalan, tog‘ning umumiy ko‘rinishini, uchta narsalar bilan shartli ravishda tasvirlagan. “Daraxt” piktogrammasi shoxlar, daraxtning tanasi va ildizning ko‘rinishida tasvirlangan. “Odam” iyeroglifi odamning yon tomonlama turgandagi sxematiklashgan tasvirida namoyon bo‘ladi. “Olov” iyeroglifining ilk ko‘rinishi “tog‘” piktogrammasiga o‘xshash bo‘lib, ulardan birida tog‘ning cho‘qqilari ikkinchisida olov uchqunlari tasvirlangan. “Daryo” piktogrammasi tizilib oqayotgan suvni tasvirlagan. Qo‘l tasviri shartli bo‘lib, u barmoqalarning sonini tasvirlamagan. Alohida iyerogliflar guruhi paydo bo‘ldi. Ular ko‘rsatuvchi yoki belgi iyerogliflari deb nomlanib, unda geometrik tuzilish yordamida u yoki bu tushunchalar beriladi. “Past” va “tepa” iyerogliflari predmetning gorizont chizig‘idan tepa yoki pastdagi o‘rnini ifodalaydi. “Oraliq” iyeroglifi kamonning o‘rtasidagi o‘q bilan birgalikdagi tasviriga asoslangan hisoblanadi. Shu tariqa Xitoyda predmet shakli ifodasiga asoslangan yozuvning sodda sistemasi shakllandi. Umumiy hisobda alohida belgilar ajralib chiqdi va ikki yuzga yaqin piktogramma iyerogliflari muomalada qoldi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling