Juft bog‘lovchilar: 因...故 yīn...gù - chunki.....u xolda; 虽...但 suī...dàn - bo‘lsa ham.....biroq; 不仅...并且 bùjĭn...bìngqi - nafaqat.....va shunga ko‘ra; 不是...而是 bùshì...érshì -yo‘q.....bo‘lsa ham; 如果...则 rúguŏ...zé - agar.....u holda; 既然...那么 jìrán...nàme - agar.....u holda; 虽然...但是 suīrán...dànshì, 尽管...但是 jĭnguăn... dànshì - bo‘lsa ham..... biroq, garchi.....biroq va boshqalar. Juft bog‘lovchilar o‘zida turli hil bog‘lovchilarni qo‘shib ko‘rsatadi. M: 好成绩不是从天上掉下来的、而是努力学习得到的。
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, boshqa tillar kabi Xitoy tilida ham bog‘lovchilarning o‘ziga xos o‘rni bor. Uyushiq bo‘lakli gaplarni hamda qo‘shma gap qismlarini ma’noli va mazmunli tarzda bir-biriga bog‘lashda bog‘lovchilarning vazifasini ahamiyati katta.
Bog‘lovchi vazifasidagi gap orti birikmalari. Ba’zan xitoy tilida ko‘makchilar bilan ort ko‘makchilar birikmasi bog‘lovchilar vazifasini bajarishi mumkin. Bog‘lovchilar vazifasida kelgan bunday birikmalar zamon (payt) munosabatlarini bildiruvchi ergashli qo‘shma gaplarda keladi (ya’ni payt ergash gapli qo‘shma gaplarda).
Klassifikatorlar
Umumiy tavsif
Klassifikatorlar (类别词 leibieci) – xitoy tilida yordamchi so‘zlarning maxsus sinfi.
Klassifikatorlarning asosiy vazifasi – otning qaysi ma’noviy toifaga tegishliligini aniqlashdir. Ma’noviy toifasi esa predmetga xos bo‘lgan u yoki bu belgiga qarab aniqlanadi.
Agar ot sonlar va olmoshlar bilan kelsa, ya’ni predmetlar sanalganda yoki aniq bir predmetlarga ishora qilinsa, unda klassifikatorlar qo‘llanilishi chegaralanadi.
Semantik-funksional jihatdan klassifikatorlar otlar-o‘lchov birliklariga mos keladi. Ushbu moslik genetik yaqinlik bilan izohlanadi. Klassifikatorlar otlar-o‘lchov birliklaridan kelib chiqqan.
Bir xil ieroglif bilan ifodalangan 2 ta so‘z o‘lchov birligi vazifasida ham, klassifikator vazifasida yordamchi so‘z bo‘lib ham ishlatishi mumkin: san zhan zhi uchta varoq qog‘oz, san zhang zhouz uchta stol. Birinchi misolda zhang varoq – o‘lchov birligini ifodalaydigan ot. Ikkinchi misolda zhang – usti ochiq tekkis bo‘lgan predmetlar turiga ishora qiluvchi klassifikator.
Do'stlaringiz bilan baham: |