2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Nazorat uchun savollar:
Xitoy tili lahjalarini tasniflashda qanday xususiyatlar belgilanadi? Lahjalarning shimoliy guruhi haqida aytib bering. Lahjalarning janubiy guruhi haqida aytib bering. Venyan eski yozuv tili, uning paydo bo‘lish sabablari va uzoq yillik mavjud bo‘lganligi haqida bayon qiling. Tillarning xitoy-tibet oilasi haqida aytib bering. Xitoy tilini davrlashtirish haqida bayon qiling. Xitoy hududida ko‘plab lahjalarning paydo bo‘lishiga nima sabablar bo‘lgan? Goyuy davlat tili uchun bo‘lgan harakat haqida aytib bering. Putunxua hozirgi zamon umummilliy til haqida nimalarni aytib bera olasiz? Putunxua umummilliy tilning kamchiliklari nimadan iborat? Xitoyda grammatik fikrning rivojlanishi tarixi nechta davrga bo‘linadi? Xitoy tili grammatikasiga oid asarlar (ishlar) haqida gapirib bering. Ilmiy grammatik atamashunoslik to‘g‘risida aytib bering. Adabiyotlar: 卢福波 著 对外汉语教学实用语法。2012年 Mavlyanova У. Xitoy filologiyasiga kirish. U –Toshkent:ToshDSHI,2009 Пособие по иероглифике к учебнику Практический курс китайского языка (в двух частях). Кондрашевский А.Ф. – Москва: Издательство Муравей, 2000. Введение в китайский язык. Софронов М. В. – Москва: Издательство Муравей, 1996. seminar mashg‘uloti: Iyerogliflar, ularning kalitlari hamda hozirgi iyerogliflarning turlari va tarkibi Iyerogliflar – bir so‘z, bo‘g‘in yoki tovushni ifodalashga xizmat qiluvchi grafik ifoda. Xitoy iyerogliflari – xitoy tilining yozuv belgisi hamda aloqa vositasidir.112 Iyerogliflar hozirgi kunda abstrakt grafik tuzilishga ega bo‘lib, ko‘rinishidan ifodalaydigan ma’nosi bilan yozilishida bir-biri bilan aloqadorligi yo‘qdek ko‘rinadi. Iyerogliflar shakli uning fonetik talaffuzini ifodalamaydi. Shu sababli xitoy tili uchun bir vaqtning o‘zida o‘qish, yozuv va til metodikasini qo‘llab bo‘lmaydi. Og‘zaki tilni o‘rganish uchun bir vaqtning o‘zida iyeroglifning yozilishini eslab qolish kerak, bu esa o‘z navbatida fonetika va iyeroglifning yozilishi og‘zaki tilni o‘rganish uchun muhim vosita ekanligini ifodalaydi. Iyerogliflarning qadim zamonlardan kelib chiqishi bilan bog‘liq turlari ham mavjud. Ularning qatoriga piktogrammalar, ideogrammalar hamda fonogrammalarni kiritamiz. Ularning o‘zaro farqlari nimada, nima sababdan ular bunday turlarga bo‘lingan? Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling