2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Chet tillaridan o‘zlashtirishlar
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Chet tillaridan o‘zlashtirishlar
Xorijiy so‘zlarning Xitoy kirib borishining birinchi sezilarli jarayoni eramiz birinchi asrida mamlakatda buddizmning tarqalishi bilan boshlangan, ayniqsa, IV – IX asrlarda bu jarayon juda ham jadal sur’atlarda amalga oshgan. Hindistonlik buddaviy monax (ruhoniy)lar xitoy tiliga sanskrit tilidan buddaviy adabiyotni tarjima qilishgan, va’z (nasihat)lar qilishgan va shu orqali ko‘pgina sanskrit so‘zlarining xitoy tilida tarqalishiga va saqlanib qolishiga ko‘mak qilishgan. Odatda bu jarayon davomida ko‘p tarkibli so‘zlar xitoy tilida ikki tarkibli so‘zlar ko‘rinishigacha qisqartirilar edi. Ba’zan transkripsiyaga uchragan so‘zning bo‘g‘inlaridan biriga ma’no berilar edi. 婆罗门 poluomen «braxmanizm» so‘zida 门 men shaklida yozilgan oxirgi bo‘g‘in «maktab, sekta, oqim» ma’nosiga ega bo‘ldi. Huddi shu prinsipda 佛经 fojing «buddaviy klassiklar» so‘zida oxiridagi 经 jing bo‘g‘in «kanon, qoida» ma’nosini anglatadi. Mo‘g‘ul va manchjurlar ta’siri xitoy leksikasida uncha katta bo‘lmagan iz qoldirgan; asosan mansabdor shaxslar nomini ifodalovchi bir nechta so‘zlar saqlanib qoldi: 张均科 zhangjunke «lashkarboshi, sarkarda» (mo‘g‘ulcha: Chjasak). Boshqa tilarga qaraganda ingliz tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning soni ko‘proq. Ingliz tilidan yoki shu til orqali xitoy tiliga ko‘pgina ilmiy va texnik atamalar hamda ba’zi maishiy so‘zlar kirib kelgan: 引颈 yinjing «dvigatel» (ingl. engine), 维他命 weitaming «vitamin» (ingl. vitamin), 吉普jipu «djip, villis» (ingl. jeep).Ba’zi so‘zlarda fonetik va ma’noviy prinsiplar bir vaqtning o‘zida namoyon bo‘ladi: 摩托车motuoche «mototsikl» (ingl. motor-cycle). Ushbu so‘zning birinchi qismi (motor) transkripsiyada berilgan, oxirgi qismi (cycle) esa tarjima qilingan, natijada «motoarava» ma’nosini anglatuvchi so‘z hosil bo‘ldi. 冰淇淋 bingqilin«muzqaymoq» (angl. ice cream). Bu so‘zda ingliz so‘zning birinchi qismi (ice) 冰bing «muz» so‘zi bilan tarjima qilingan, ikkinchi qismi (cream) – 淇淋qilin transkripsiya orqali berilgan. 拖拉机 tuolaji «traktor» (ingl. tractor) so‘zida transkripsiya quyidagicha berilgan: «tortuvchi mashina» 拖拉 tuola «tortmoq», 机 ji «mashina». Transkripsiya yo‘li orqali boshqa yevropa tillaridan ham o‘zlashtirilgan so‘zlar uchrab turadi. XX asrning boshiga qadar rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar maishiy turmushga oid, asosan Xitoyning shimolida ierogriflar bilan ifodalanmagan, lekin og‘zaki nutqda ishlatiladigan so‘zlar bo‘lgan, masalan: 和列巴 helieba «non», 伏特加 futejia «vodka, aroq» va boshqalar. Oktabr to‘ntarishidan keyin ham xitoy tili rus tilidan so‘pgina so‘zlarni o‘zlashtirib borgan. 1925-1927 yillarda Xitoyda tashkil topgan partiya apparati va sovet hokimiyatining tarkibotlariga oid barcha atamalar o‘zlashtirilgan edi. Biroq rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning aksariyati kalka orqali kirib kelgan. Faqatgina oz miqdordagi so‘zlar xitoy tiliga transkripsiya yoramida kirib kelgan: 苏维埃 suwei`ai «sovetlar», 习明纳尔 ximingnaer «seminar» Kalka (so‘zning bo‘laklari bevosita tarjimasi) yo‘li orqali o‘zlashtirilgan so‘zlarning soni anchagina: 马克斯主义 makesizhuyi «marksizm», 列宁主义 lieningzhuyi «leninizm», 政治部zhengzhibu «siyosiy bo‘lim»,自我评ziwoping «o‘zini tanqid qilish». Kalka yo‘li bilan bir qatorda xitoy tilida xorijiy so‘zlarni tarjima qilish keng tarqalgan. Ushbu usul xorijiy chet tilidagi so‘z anglatayotgan ma’noni to‘liq va aniq ifodalash uchun qo‘llaniladi, masalan: «proletariat» - 无产阶级 wuchangjieji so‘zma-so‘zma: «阶级jieji mulkchilikka ega bo‘lmagan sinf». Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling