2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘ldiruvchi tur
Kapulyativ tur
Bu model orqali ot, sifat, fe’l kabi so‘z turkumlariga oid so‘zlar yasaladi, bunda so‘zlar teng munosabatda bo‘ladi. 父母 fumu «ota-ona» (父 fu «ota», 母 mu «ona») 土地 tudi «yer» (土 tu «tuproq», 地 di «yer») Bu turdagi aksariyat so‘zlar sinonim morfemalarning birlashtirilishi orqali yasaladi: 朋友 pengyou«do‘stlar» 妇女 funü «ayollar» Qator so‘zlar antonim morfemalarning birlashtirishi bilan hosil bo‘ladi: 多少 duoshao «qancha?» (多 duo «ko‘p», 少 shao «kam») 天地 tiandi «olam, koinot» (天 tian «osmon», 地 di «yer») Ba’zan bu turdagi so‘zlar bitta morfemani takrorlash yo‘li bilan yasaladi: 爸爸 baba «ota», 哥哥 gege «aka», 弟弟 didi «uka» Murakkab so‘zlarning bog‘lash yo‘li bilan yasalashi xitoy tili tarixining ilk davrlarida keng tarqalgan edi. Oxirgi yuz yilliklar davomida bu usul o‘z samaradorligini ancha yo‘qotdi. Hozirgi zamon xitoy tilida ot (ismiy) o‘zaklarining takrorlanishi ko‘plikni ifodalash uchun qo‘llaniladi: 人人 renren «har bir, barcha odamlar», 件件 jianjian «har ish, hamma ishlar». Fe’liy o‘zaklarning takrorlanishi harakatning qisqa muddatligiga ishora qiladi: 看 kan «qaramoq», 看看 kankan «bir boqmoq», 说 shuo «gapirmoq», 说说 shuoshuo «suhbatlashmoq». Sifatlarning takrorlanishi ravish so‘z turkumi yasab hosil bo‘lgan so‘zlar o‘zidan keyin 地de suffiksini talab qiladi. 快 kuai «tez», 快快地 kuaikuaide «tez» (ravish) 好 hao «yaxshi», 好好地 haohaode «yaxshi» (ravish) To‘ldiruvchi tur Bu tur orqali yasalgan so‘zlar odatda fe’l so‘z turkumiga oid bo‘ladi. Bu so‘zlarning ba’zilari ot so‘z turkumiga oid bo‘ladi. Bu tur fe’l-ob’ektli bo‘lib, birinchi komponent harakatga, ikkinchi komponent otga yo‘nalgan bo‘ladi. 努力 nuli «harakat qilmoq» (努 nu «kuchanmoq», 力 li «kuch»), 吃饭 chifan «yemoq» (吃 chi «yemoq», 饭 fan «ovqat») 看书 kan shu«o‘qimoq» (看 kan «qaramoq», 书 shu «kitob») Birinchi (fe’liy) morfemaning ob’ekt o‘rtasidagi ma’no mutanosibligi turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, 投 tou «otmoq, tashlamoq» fe’li 漂 piao «bilet, chipta», 河 he «daryo», 诚 cheng «sadoqat, vafo» kabi so‘zlari bilan murakkab ma’nolarni anglatadi: 投漂 tou piao «ovoz bermoq», so‘zma-so‘z: «bilet, chiptani otmoq» 投河 tou he «daryoga tashlanmoq», bu yerda harakatning yo‘naltirilishiga ishora qilinadi. 投诚 tou cheng «sotqinlik qilmoq, hiyonat qilmoq», so‘zma-so‘z: «sadoqatni qoldirmoq (otmoq, tashlamoq)». Ushbu model bo‘yicha nafaqat fe’llar, balki otlar ham yasaladi, masalan: 革命 geming «inqilob (revolyusiya)» (革 ge «o‘zgartirmoq», 命 ming «hayot») Xitoy tilining umumiy leksikasida fe’l-ob’ekt turdagi so‘zlar uzoq bo‘lmagan o‘tmishda taxminan 16 foizni tashkil qilgan, biroq oxirgi ikki yuz yil davomida bu foiz ancha kamaydi. Fe’l-ob’ekt turdagi so‘z yasalishning past samaradorligi hozirgi zamon xitoy tilida shu yo‘l orqali yasaladigan so‘zlarning mustahkam bo‘lmagan konstruksiyasi bilan bog‘liq. Shuning natijasida bunday so‘zlar yangi so‘zlar – atama (termin)lar sifatida xizmat qilishga qo‘lay bo‘lmaydi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling